Birlamchi axborot — bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig’iladigan axborotdir. Birlamchi axborot yig’ishning uchta uslubi bor:
Kuzatish.
Tajriba.
So’rov.
Kuzatish — birlamchi axborot yig’ishning eng asosiy uslublaridan biri bo’lib, unda tadqiqotchi odamlar va vaziyatlar ustidan bevosita kuzatish olib boradi. Kuzatish foydali g’oyalarga, raqiblar tajribasini o’rganishga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot yig’ishning boshqa uslubi - tajriba. Tajriba tadqiqotlari o’zaro taqqoslanayotgan suboektlar guruhini tanlash, bu guruhlar uchun turli xil holatlarni yaratish, taqqoslanayotganlar ustidan nazoratni va kuzatilayotgan farqlarning darajasi va ahamiyatini belgilashni talab qiladi.
Bunday tadqiqotning maqsadi — kuzatish natijalarini ziddiyatli izohlashlarni saralash yo’li bilan sabab-natija munosabatlarini ochib tashlamoqdan iborat bo’ladi.
So’rov — tajriba-sabab-natija aloqalarini aniqlashda tadqiqot o’tkazishning eng qulay usulidir. Biznes tadqiqotchisi ishga kirishishdan oldin ish rejasini ishlab chiqishi kerak.
Rejada kimdan so’rash kerakligi, so’rovga qancha miqdordagi odamlarni jalb qilish zarurligi, so’raluvchilarni qanday tartibda tanlab olish, ishni bajarish muddati va hokazolar belgilangan bo’lishi kerak.
3. Kichik biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish
Biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashning asosiy vazifasi barcha martabadagi ishbilarmonlarga o’zlarini qiziqtiradigan barcha masalalarga doir ma’lumotlarni o’z vaqtida yetkazib berishdan iboratdir.
Axborotlarga ehtiyoj kichik va xususiy biznesni axborotlar bilan ta’minlanishining asosiy sharti hisoblanadi. Ehtiyoj esa ishbilarmonlarning bajarayotgan ishlarini hisobga olgan holda kichik va xususiy tadbirkorlikning maqsadi hamda vazifalaridan kelib chiqib aniqlanadi. Axborotlar hajmi, ularning turlari, ularda qayd qilingan kerakli ma’lumotlarning miqdori, ko’rsatkichlarni aniqlash, axborotlar bilan ta’minlash tizimi tashkilotchilarining birinchi navbatdagi ishi bo’lib hisoblanadi. Ishbilarmonlar samarali ishlashi uchun yetarli miqdordagi axborotlar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak. Axborot to’g’ri, ishonchli va aniq bo’lishi, o’z vaqtida kelib tushishi lozim.
Har bir kichik korxonada xujjatlarni o’rganish jarayonida doimiy, o’zgaruvchan va hosila axborotlarni, ularning davriyligini, qaror qabul qilishda ishlatilishini aniklash kerak.
Xujjatlarni bajarilayotgan biznesning u yoki bu xizmatlariga tegishli ekanligini aniqlash uchun texnik, rejaviy, moliyaviy, me’yoriy, dasturiy va hokazo yo’nalishlar bo’yicha guruhlarga ajratish mumkin.
Xujjatlarni bunday turkumlash xujjatlar xarakatining umumiy qonuniyatini aniqlashga, xujjatlarning tuzilishini, ma’lumotlarni qayta ishlash ketma-ketligini, xodimlarni ish bilan band qilish darajasini hamda hisoblash texnikasini belgilashga imkon beradi.
SHunday turkumlash asosida xujjatlar aylanuvi taxlil qilinadi. Bu esa ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining umumiy ko’rsatkichlarini aniqlashga va uni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi. Xujjatlarning shakllanishi va xarakati qonuniyatini hisobga olgan holda xujjatlar aylanuvi tasvirini ko’rish mumkin. Tasvirlar xujjatlarning tarkibi va qayta ishlanishini batafsil tadqiqot qilish natijalarini umumlashtirish bo’ladi. Ular yordamida bajarilayotgan ish turlari, xujjat shakllari va xodimlar vazifalari orasida mavjud bo’lgan aloqalarni va o’zaro bir-birlarini almashtirishni grafik shaklida ko’rgazmali tasvirlash mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |