Menejment kafedrasi


Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi



Download 0,61 Mb.
bet132/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

Quyidagilarga soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi:
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladanaktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, oddiy shirkat shartnomasi bo’yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag’lar;
2) muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqarilayotganda), shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o’rtasida taqsimlanayotganda ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar doirasida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
3) shartnoma muassislari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi hissasi qaytarib berilgan yoki bunday mol-mulk bo’lingan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasi sherigi (ishtirokchisi) tomonidan hissasi miqdorida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
4) realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun oldindan haq to’lash (bo’nak) tariqasida boshqa shaxslardan olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
5) mulk huquqi ularga o’tgan paytga qadar majburiyatlarni qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
6) byudjetdan berilgan subsidiyalar;
7) agar mablag’larni (mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni) o’tkazish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilsa, tekin olingan mablag’lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
8) olingan grantlar;
9) aktsiyador – yuridik shaxsning o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirishga yo’naltirilganda qo’shimcha aktsiyalarning qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko’paytirish tariqasida olingan daromadlari;
10) sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi) tariqasida olingan mablag’lar;
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik va topshiriq shartnomalari yoki vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud o’zga ishonchli shaxs uchun amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash hisobiga tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno);
12) obyekt qiymatining ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to’lovining bir qismi tarzida qoplanishi;
13) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko’rsatishga doir xizmatlar;
14) ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektining muassislaridan (ishtirokchilaridan) ularning majburiyatlarini bajarish uchun olingan mablag’lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu mablag’lar soliq solish obyektiga kiritiladi va ularga soliq solinishi lozim;
15) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
Balansning valyuta moddalarini qayta baholash chog’ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o’rtasidagi salьdo soliq solish obyekti hisoblanadi. Salbiy kurs farqi summasi ijobiy kurs farqi summasidan ortiq bo’lgan taqdirda oshib ketgan summa yagona soliq to’lovini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish