Moliya-kredit tizimi - xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun turli investitsiya fondlari, tijorat banklari tarmog’i - qimmatbaxo kog’ozlarning muomala bozorini kengaytirish, ularni qayta taqsimlash va ishlab chiqarishni investirlash uchun yo’naltirishga imkon beradi, ixtisoslashgan tijorat banklarining keng tarmog’i erkin moliyaviy resursdarni investitsiya jarayoniga jalb qilish imkonini beradi, qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o’rtasida bevosita munosabatlarni yo’lga qo’yadi, kreditda vositachilar tizimi va uni tartibga solish mexaiizmini yuzaga keltiradi.
Kichik va xususiy ulgurji - vositachilik tarkiblari tarmog’i - maxsus bozorlar, konsignatsiya omborlari, omborxonalar, ulgurji magazinlar va bazalar - keng darajadagi bevosita, uzoq davom etuvchi xo’jalik aloqalari, ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida amalga oshiriladi gan maxsulot stkazib berish tugrisidagi respublikalararo bitimlar ko’pdan ko’p ishlab chiqaruvchilardan sotib olish xisobiga yig’ib, to’lash yo’li bilan markazlashgan asosda chetga maxsulot yetkazib berishta xizmat qilishni tahminlaydi.
Moliyaviy infratuzilmaga quyidagilar kiradi:
1. Kredit-bank tizimi
2. Birjalar
Kredit-bank tizimi. Bank tizimining faoliyati:
* davlat va banklarning o’zaro munosabatlari;
* yakka xukmronlik siyosati va bank soxasida raqobatning rivoj- lanishi;
* qarz beruvchi bilan oluvchi o’rtasida bevosita munosabatlarni tash- kil etish, kreditda vositachilar tizimi va uni tartibga solish xanizmini yaratish;
* tijorat banklari bilan O’zbekistan Respublikasi Markaziy banki- ning o’zaro xamkorligi;
* bank siyosatining yo’nalishlari;
* kadr imkoniyaglari kabi asosli muammolarning xal etilishiga taya- nishi kerak.
Mamlakatda siyosiy xokimiyat barqaror bo’lganida, bardoshli pul muomalasi vujudga keltirilganida, banklar va korxonalarning manfaatlariga ziyon yetkazilmaganidagina banklar samarali ish olib bora oladilar. Ham davlat, ham Markaziy bank tomonidan biror darajada cheklab qo’yilmay, akchincha faol ravishda qo’llab-quvvatlanishiga extiyojmand tijorat banklarita aloxida ehtibor berilinsh kerak. Bundan tashqari ular xizmat ko’rsatadigan mijozlar orasida moliyaviy jixatdan barkdror korxonalar va firmalar bilan bir qatorda kredit qobiliyati past darajada bo’lgan obhektlar ko’pchilikni tashkil etadi. Bunday mijozlar bilan kredit munosabatlari xiyla tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lib, banklar uchun qiziqarli jixatlari kam.
SHu bilan birga mazkur korxonalar qatorida shundaylari xam borki, ularning ish olib borishi umumiqtisodiy va xalk xo’jalish nuktai nazaridan g’oyatda zarurdir. Mazkur xolatlarda muammo tijorat banklari xisobiga emas, balki davlatning qo’llab-quvvatlashi xisobiga xal etilishi kerak.
Birjalar. Birja muntazam ish olib boruvchi ulgurji bozorniig eng rivojlangan shakli bo’lib, unda standartlar va namunalar bo’yicha tovarlar almashtiriladi, kimmatbaxo kog’ozlar va valyuta sotiladi. Yarmarkalardan farkli ravishda tovarlarni sotish chogida bitishuvlar mavjud tovarlar yuzasidan amalga oshirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |