Biznes - inkubatorlar birinchi bo’lib XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan. Ammo Amerika Qo’shma SHtatlarida, xususan, 1983-yildan keyin tez rivojlanib, hozir 575 tadan, butun dun- yoda esa 2000 tadan oshib ketgan. Biznes - inkubatorlarning bunday tez rivojlanishiga quyidagi uch omil olib keldi:
o’sha paytda inqirozga yuz tutgan shahar markazlarini qayta jonlantirish;
investitsiyalarda innovatsiya faoliyati va tadbirkorlik faolligini rag’batlantirish;
xususiy investorlar uchun jozibador shart-sharoitlar yaratib beradigan inkubatorlar ochish bo’yicha tashabbuskorlik.
Biznes-inkubator - bu kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish va ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ixtisoslashgan tashkilotdir. Ularning asosiy vazifasi yangi tuzilgan korxonalar rivojlanishining boshlang’ich bosqichlarini osonlashtirish. tadbirkorlarni o’qitish, tadbirkorlik subektlarini tezroq rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ayrim resurslar taqdim etish hisoblanadi.
Biznes-inkubatorlarning asosiy maqsadi - biznes-inkubatorga kirgan va ikki yoki uch yildan so’ng undan chiqib, mustaqil yashay oladigan barqaror tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishdir. Yangi korxonalar, ayniqsa, kichik korxonalar tuzilgandan so’ng anchagina muammolar va qiyinchiliklarga duch keladilar, ularni qo’llab-quvvatlamasa, ko’pchiligi sinib ketishi mumkin. Ana shunday muammolar va qiyinchiliklarni osonroq yengib chiqishlari uchun biznes-inkubatorlar turli yo’nalishlarda qo’llab-quvvatlaydilar: ularga maqbul shartlarda binolar, inshootlar va boshqa ishlab chiqarish vositalari berish, tadbirkorlarni o’qitish, ularga turli xizmatlar ko’rsatish, moliyaviy va psixologik qo’llab-quvvatlash va boshqalar.
Biznes-inkubatorlar mijozlari ikki guruhga - ichki va tashqi mijozlarga ajratiladi. Biznes-inkubatorlar hududida o’z ishlab chiqarishlari va offislarini joylashtirgan kichik tadbirkorlik korxonalari ichki mijozlar (subektlar) hisoblanadilar.. Biznes-inkubatorlar hududidan tashqarida joylashgan, ammo biznes-inkubator xizmatlaridan foydalanishda ichki mijozlar bilan teng huquqlarga ega bo’lgan kichik tadbirkorlik korxonalari tashqi mijozlar (subektlar) hisoblanadilar. Tashqi mijozlar doimiy va bir martalik bo’lishi mumkin. Bir martalik mijozlar inkubatsiya dasturiga kirmasdan, biznes-inkubator xizmatlaridan foydalanishlari mumkin, lekin bozor narxlarida haq to’laydilar.
O’zbekistonda biznes-inkubatorlar tuzish respublika Davlat mulki qo’mitasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda 1996-yildan boshlab "O’zbekistonda biznes-inkubatorlar tizimini tashkil qilish va rivojlantirish" qo’shma loyihasi asosida amalga oshirilgan. O’zbekistonda hozirgi kunda 36 ta biznes-inkubator faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning rivojlanishi va faoliyatini talablar darajasiga ko’tarish, qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida respublikada 2000-yilda nodavlat notijorat tashkiloti "Biznes-inkubatorlar va texnoparklar uyushmasi" tuzilgan.
Tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan shaxslar ishni nimadan boshlashni bilmay, qiynaladi. SHunday paytda biznes-inkubatorlar yordamga kelib, ularga yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Kichik tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida, ularni ikki yilgacha bo’lgan muddatda biznes-inkubatsiya jarayoniga jalb etish. tadbirkorlik subektlariga tashkiliy yordam ko’rsatish, ularning iqtisodiy savodxonligini oshirish, ular uchun kadrlarni qayta tayyorlash va kasb-hunarga o’rgatish yo’nalishida qisqa muddatli o’quv kurslarini tashkil etish biznes-inkubatorlarning asosiy vazifalari hisoblanadi. Ular o’zlariga tegishli tushuncha va maMumotlarni egallab olgach, ushbu yo’nalish bo’yicha mahlum bir ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. Aslida maqsad ham shu - tadbirkorlik subektlarini bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin faoliyat yurita oladigan yetuk xo’jalik yurituvchi subekt sifatida shakllantirishdan iborat. Mazkur sohada erishilgan bir qator ijobiy natijalar buning yorqin dalilidir. O’tgan davr mobaynida biznes-inkubatorlar tarmog’idan 167 ta subekt chiqarilgan bo’lsa, ulardan 146 tasi mustaqil faoliyat yuritish uchun chiqib ketgan. SHu tufayli biznes-inkubatorlarda inkubatsiya davrini o’tashni xohlovchi subektlar soni ortib borgan. Biznes-inkubatorlarda rahbarlarining malakasini oshirish uchun maxsus o’quv seminarlarini tashkil etib turiladi. Tadbirkorlar kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash xalqaro dasturlari va aloqalarda ishtirok etib, o’z malakalarini oshirib bormoqdalar.
Biznes-inkubatorlar o’z faoliyatlarini ikki yo’nalishda olib boradilar:
ichki faoliyat bo’lib. biznes-inkubatorlarda joylashadigan ichki subektlarga tayyorlangan binolar va xonalar, komputer va aloqa vosi- talaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va inkubatsiya davrini o’tishni xohlovchilar sonini aniqlash;
tashqi subektlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun amaliy texnik yordam va maslahatlar majmuasini taklif etish va amalga oshirish.
O’zbekistonda bugungi kunda biznes-inkubatorlar subektlarining 24 foizi (140 tasi) ichki va 76 foizi (394 tasi) tashqi subektlar hisoblanadi.
Biznes-inkubatorlar konsalting xizmatlaridan foydalangan tadbirkorlarning 105 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 894 mln so’m va 213 ming AQSH dollari miqdorida kredit va grant mablag’lari jalb qilingan. Masalan, "Registon" biznes-inkubatori subekti "Karvon" xususiy firmasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash investitsiya loyihasini moliyalash uchun Buyuk ipak yo’li bankining 20 mln so’mlik imtiyozli krediti jalb qilindi. "Angor" biznes - inkubatori subekti "Biznesga ko’maklashish" markaziga Yevropaning "Qishloqlarni rivojlantirish" dasturidan 10000 yevro miqdorida grant ajratilgan. "Jizzax" biznes-inkubatori subekti "Munira-SHerzod" xususiy firmasiga kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 10 mln so’mlik imtiyozli kredit olishga yordam berildi.
Umuman olganda, 1500 dan ortiq tadbirkorlar, dehqon va fermer xo’jaliklari, kichik tadbirkorlik subektlariga katta miqdorda konsalting xizmatlari ko’rsatilgan. Inkubatsiya davrining jozibadorligini va bu jarayonga tadbirkorlarning qiziqishini oshirish maqsadida subektlar umumiy sonining kamida 50 foizini qamrab olish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada biznes-inkubatorlar va ularning hududiy bo’linmasiga bino ajratish, uni tahmirlash bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Buning uchun kerakli mablag’lar O’zbekiston Davlat mulki qo’mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, mahalliy hokimiyatlar tomonidan ajratib berilgan. Tadbirkorlik subektlariga xizmat ko’rsatishning yangi turlarini tashkil etish maqsadida xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Osiyo Taraqqiyot banki "Kichik korxonalarni rivojlantirish bilan yangi ish o’rinlari yaratish" loyihasining "lizing" komponenti Qoraqalpog’iston Respublikasi biznes-inkubatorida yaxshi yo’lga qo’yilgan. Lizing jamg’armasi 200 mln AQSH dollarini tashkil etib, tadbirkorlarning 197 mln so’mlik 13 ta loyihasini moliyalash hisobidan 152 ta asbob-uskuna xarid qilindi. qisloq hududlarida 208 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. "Pragma" korporatsiyasi bilan "Tadbirkor" biznes-inkubatori hamkorligida "Mintaqaviy savdo-sotiqni rivojlantirish" loyihasiga ko’ra Xorazm viloyatida ishlab chiarilgan mahsulotlarni elektron savdo orqali oksportini kengaytirishga mo’ljallangan. ishlab chiqariladigan eksportbop mahsulotlar to’g’risidagi mahlumotlar internetdagi maxsus saytga joylashtirilgan. "Muborak" biznes-inkubatori qoshidagi "Yangiliklarga ko’maklashuvchi markaz" tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining grant mablag’lari evaziga Muborak tumanida yangi ish o’rinlari yaratish, mahalliy xomashyo - jundan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sexi, "Angor" biznes-inkubatorida mikrolizing xizmati tashkil etildi. Qishloq xo’jaligi korxonalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida "Boyovut" biznes-inkubatori tuman dehqon-fermer uyushmasi va bir necha fermer xo’jaliklari bilan hamkorlikda kichik mashina-traktor parki (MTP) tuzildi. Biznes-inkubator mijozlari ishtirokida biznes-inkubatorlarda kredit uyushmalari va savdo maydonchalari tashkil etish bo’yicha o’quv seminarlari o’tkazildi.