Menejment kafedrasi



Download 0,61 Mb.
bet16/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

Avstraliyada kichik biznes masalalari bo’yicha komissarlar, ya’ni ombudsmanlar instituti federal darajada hamda to’rtta shtat (Viktoriya, G’arbiy Avstraliya, Yangi Janubiy Uels, Janubiy Avstraliya) darajasida faoliyat ko’rsatadi. Komissarlarning huquqiy maqomi tahlili shundan dalolat beradiki, ularning faoliyatiga ombudsmanlarning aralash sxemasi xos. Ya’ni ularda ommaviy sektordagi ombudsmanlarga xos belgilar ko’proq ustun keladi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ular faoliyatining asosiy mezonidir.
Komissarlar ikkita asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Bir tomondan kichik biznes boshqa tomondan tijorat tashkilotlari va ommaviy hukumat organlari o’rtasidagi tijoratga oid munozaralarning alьternativ hal etilishini ta’minlash;
2. Kichik biznes vakillariga maslahatlar berish hamda har ikki tomon bilan telefonda muzokaralar olib borish yo’li orqali munozarali holatlarni hal etish.
Komissarlar ijro etuvchi hokimiyat bilan chambarchas aloqada faoliyat olib boradi:
1. Komissar lavozimi va maqomi parlament hujjatlari asosida ta’sis etiladi;
2. Federal darajada komissarlarni vazifaga tayinlash va ozod etish ishlari Avstraliyaning general-gubernatori, shtatlar darajasida esa shtatlarning bevosita gubernatorlari zimmasidadir;
3. Komissarlarning alohida shtati mavjud bo’lib, ular odatda byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xizmatchilaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, ular xizmati uchun har ikki tomondan to’lov undiradi;
4. Komissarlar tegishli vazirlardan ko’rsatmalar oladi va ularni bajarishga majbur. O’z faoliyati haqida ma’ruzani vazirga taqdim etadi.
Rossiyada – federal biznes-ombudsman etib, 30 yoshdan oshgan, oliy ma’lumotga ega Rossiya fuqarosi tayinlanishi mumkin. Unga Federatsiya kengashi a’zosi, deputat bo’lish, tadbirkorlik bilan shug’ullanish taqiqlanadi.
Komissar jamoasi bilan birgalikda Ijtimoiy palata maydonida faoliyat yuritadi. Markaziy apparat shtatida davlat xizmatchilari bo’lgan 35 kishi ishlaydi.
Rossiyaning biznes-ombudsmani maxsus vakolatlarga ega. Ularning asosiylari esa quyidagilar:
- davlar organlari (prokuratura, Tergov qo’mitasi va sud organlari bundan mustasno) va munitsipalitetlarning qarorlarini bekor qilishni so’rab sudga murojaat etish;
- tadbirkorlar va yuridik shaxslar guruhlari huquqlarini himoya qilishni so’rab, sudga davo arizalari bilan murojaat etish;
- kuchga kirgan sud hujjatlari hukmidan norozi bo’lib, arbitraj sudlariga murojaat etish;
- davlat organlari va munitsipalitetlardan zarur ma’lumotlarni olish;
- maxsus ruxsat olmasdan “tadbirkorlik moddalari” bo’yicha ayblanuvchilar va sudlanganlar bilan qamoqda ushlab turilgan joylar va jinoiy jazolarni o’tayotgan muassasalarga borib uchrashish;
- tashkilotlarda davlat organlari tomonidan uyushtiriladigan tekshiruvlarda qatnashish;
- tadbirkorlik faoliyatini nazorat qiluvchi huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki ularga o’zgartirishlar kiritishni so’rab, RF Prezidenti yoki Hukumatiga takliflar kiritish.
Qonunchilikka muvofiq vakil shaxs tadbirkorlarning barcha murojaatlarini ko’rib chiqishi, 13 kun ichida qaror qabul qilishi hamda arizaning ishga tushgani haqida tadbirkorni ogohlantirishi yoki asoslangan rad javobini berishi shart. Ishga tushgan arizalar bo’yicha vakil ariza beruvchiga 2 oyda 1 martadan kam bo’lmagan muddatda hisobotlar berishi kerak.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish