Menejment fanining maqsad va vazifalari. Menejment fanining tahlil usullari. Menejment obyekti va subyekti


Menejment fanining maqsad va vazifalari



Download 21,09 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2021
Hajmi21,09 Kb.
#118812
1   2
Bog'liq
menejment referat

Menejment fanining maqsad va vazifalari.

Menejment — bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u:

* boshqaruv hokimiyati va san’ati;

* resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi.

Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment — bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv — bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.

Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud:

* yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov

* mustaqil fan

* faoliyat turi, funksiya

* jarayon

* tashkilotlarni boshqaruvchi xodimlar

* boshqaruv apparati yoki organi.

Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo, tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini va uning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardida esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin.

Shunday qilib, sodda qilib aytganda: boshqaruv — bu tanlov, qaror qabul qilish va uning baja­rilishini nazorat qilish jarayonidir. 4

Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqilona qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir.

Menejment fanining maqsadi - iqtisodiy munosabatlarni modernizatsiyalash sharoitida menejment nazariy asoslarini keng o’rganish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo’lishlarini hamda olingan bilimlari asosida o’qish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarini ta’minlashdir shuningdek, menejment asosiy elementlari va iqtisodiy negizlarini asoslash hamda boshqaruvning ilg’or xorijiy tajribasini, chet elliklar bilan samarali hamkorlik usullarini o’rgatishdan hamda bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.

Menejment fanning vazifalari - bozor iqtisodiyoti sharoitida menejment fanining tutgan o’rni va uni o’rganish, menejmentning qonun va tamoyillarini o’rganish, ulardan amaliyotda foydalanish, menejer kadrlarni o’qitish va ulardan iqtisodiyotni boshqarishda samarali foydalanish, menejment samaradorligi ko’rsatkichlari va uni baholash usullarini o’rganishdir.
Menejment fanining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.

Shundan kelib chiqib, menej­ment predmeti quyidagilarni o’rganadi:

* boshqarish nazariyasi va amaliyoti;

* boshqarish obyekti va subyekti;

* boshqarish tamoyillari va usullari;

* boshqarish madaniyati;

* menejer va uning fazilatlari;

* menejer reytingi;

* boshqarishda qaror qabul qilish;

* boshqarish funksiyalari;

* xodimlarni boshqarish;

* ishlab chiqarishni boshqarish,

* samaradorlikni boshqarish;

* o’z-o’zini boshqarish;

* hududiy boshqarish va hokazolar.
2. Menejment fanining tahlil usullari.

1.

Sistemali yondashuv


* Boshqariluvchi obyekt yaxlit tizim tarzida olib qaraladi. Bu yondashuv turlicha bo’lishi mumkin:

* sistemali – kompleks yondashuv

* sistemali – funksional yondashuv

* sistemali – tarkibiy yondashuv

* sistemali – kommunikatsion yondashuv


2.

Kompleks yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt boshqa obyektlar bilan o’zaro bog’lanishda va aloqadorlikda qaraladi


3.

Tarkibiy yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt tarkibiy qismlarga bo’lib o’rganiladi


4.

Vaziyat (situatsiya) li yondashuv

* Boshqariluvchi obyektning konkret sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatga qarab boshqarishning ma’qul uslubi qo’llaniladi


5.

Integratsion yondashuv

* Boshqariluvchi obyekt yuqoridagi uslublar (vaziyatli, kompleks, tarkibiy yondashuvlar)ni birgalikda qo’llash yordamida boshqariladi


6.

Modellashtirish usuli

* Boshqariluvchi obyektni boshqarish bo’yicha turli sxema, grafik va chizmalar, xomaki materiallar tayyorlanadi


7.

Iqtisodiy – matematik yondashuv

* Optimal qaror qabul qilish maqsadida matematik uslublar va hisoblash mashinalarini keng miqyosda qo’llash


8.

Kuzatish usuli

* Boshqariluvchi obyekt to’g’risidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to’plash usuli


9.

Eksperiment (tajriba)

usuli

* Boshqarish jarayonida boshqariluvchi obyektga nisbatan namunaviy tajribadan o’tgan usullarni qo’llash

10.

Ijtimoiy (sotsiologik) kuzatuv usuli

* Boshqarish maqsadida turli anketali so’rovlar, suhbatlar, testlar, infratuzilmaviy tahlillarni o’tkazish



Ilmiy jihatdan asoslangan boshqaruv qayd qilingan usullarning hammasidan uzviy bog’likliqda foydalanishni taqozo etadi.

3.Menejment obyekti va subyekti.


Har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Shu nuqtai nazardan obyekt va subyektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin.

 
Menejmentning o’rganish obyektini boshqaruv faoliyatiga doir iqtisodiy hodisa va jarayonlar, firma ishini samarali tashkil etish xususiyatlari, boshqaruvning amaldagi zamonaviy shakl va usullari, uning kelajak istiqbollari tashkil etadi. Bunda menejment nazariyasining rivojlanish tendensiyasi, uni tashkil etish tamoyillari va usullari, motivatsiya va boshqaruv samaradorligi masalalari obyekt sifatida o’rganiladi.




Obyekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik)


Subyekti( boshqaruv organi, rahbarlik)


1

2

3

1. Makrodarajada

1.

Mamlakat

(respublika)



* Qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis)

* Ijro etuvchi hokimiyat(O’zR Vazirlar Mahkamasi)

* Sud hokimiyati


2.

3.



Viloyat


Tuman ( shahar)

* QQR Jo’qorgi kengashi va viloyat deputatlari

* QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari

* QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari

* Tuman (shahar) xalq deputatlari

* Tuman (shahar ) lar hokimliklari

* Tuman (shahar) sudlari

2. Megodarajada


4.
5.


Konsern ( ko’p tarmoqli korporatsiya)

Sektor ( tarmoq)

* Qo’mitalar va ularning raislari


* Vazirliklar va vazirlar

3. Mikrodarajada


6.
7.

8.

Korxona (firma), korporatsiya

Ishlab chiqarish

O’z – o’zini boshqarish


* Jamoa kengashi va raislar, prezident


* Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari

* Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol) lar




Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.
Xulosa

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar menejmentning rahbar kadrlarni, boshqaruv mutaxassislarini tarbiyalashdagi o’rnini tadqiq qilishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, erkin fuqorolik jamiyat qurishga qaratilgan tub islohotlarning natijalari esa, ana shu sohadagi faoliyatni qanday tashkil etilganiga ko’p jihatdan bog’liq. Bu, o’z navbatida, mazkur yo’nalishda ham turli tarzda namoyon bo’layotgan maqsad, manfaat va intilishlarni ro’yobga chiqarish uchun jamiyatni demokratlashtirish, yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etish, uning iqtisodiy, siyosiy mustaqilligini mustahkamlash tamoyillariga tayanish lozimligini ko’rsatadi. Bu haqida O’zbekiston Prezidenti: “...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi”7, deya bejiz ta’kidlamagan.

MUSTAQIL ISH

Mavzu :Menejment fanining vazifalari.

Bajardi: Karimova Ra’no



BI -54/2 guruh

Tekshirdi: Rahmatullayeva Nargiza
Download 21,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish