92
Strategik maqsadga muvofiq o’zgartirish ham mumkin bo’ladi. Ommaviy tahlil
korxonaning faoliyat sohasini aniqlash imkonini beradi.
Soha - bu korxonaning ixtisoslashganligini, tashkiliy–texnik darajasini,
boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasini harakteрlaydigan kompleks baxosi
hisoblanadi. Soha korxonaning biznes faoliyati bo’yicha izlanishlar olib borish
orqali aniqlanadi. Uning bozordagi holati, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchini
qo’llash intensivligi, texnika – texnologiya darajasi, ishlab chiqarishni tashkil etish
va boshqaruv tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy madaniyati va boshqalar korxona
sohasidan daрak beradi. Strategik reja korxonaning yakuniy sohasiga asoslanadi va
rahbariyatning tashabbusi bilan uni o’zgartirilishi mumkinligi ko’zda tutiladi.
Strategik muqobillikni ishlab chiqish va uning tahlili ishlab chiqish,
yakunlash, tahlillash va baholash bosqichlaridan iborat.
birinchi bosqichda
– belgilangan maqsadlarga erishishga imkon beрuvchi
strategiyalar yaratiladi. Bunda, strategiyalarning bir qancha muqobil variantlarini
qayta ishlab chiqish, mutaxassislarni jalb etish va imkon darajasida eng maqbul
yo’nalishni qo’ldan chiqaрmaslik lozim bo’ladi.
Ikkinchi bosqich
da – tanlangan strategiya korxona maqsadlariga muvofiq
kelishi darajasida qayta ishlanadi va umumiy strategiya shakllantiriladi.
Uchinchi bosqich
da – tanlab olingan umumiy strategiyaning muqobillari
tahlil etiladi va ularning asosiy maqsadga erishuvchanlik darajasi bo’yicha
baholanadi hamda korxonaning har bir faoliyat bo’g’inlari bo’yicha xususiy
strategiyalar ishlab chiqiladi.
Strategiyalarning muqobil variantlarini tanlab olish jarayoni quyidagicha
tayyorgarlik ishlarini olib borishni taqozo etadi:
1)
korxona holatini va xoziрgi vaqtda qanday strategiyalar amalga
oshirilayotganligini tahlil etish orqali joriy strategiyani aniqlab olish;
2)
korxonaning bozor faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xilma-
xilligi, baxo darajasi va bozorni kengaytirish imkoniyatlari bilan bog’liq tashqi
omillarni o’rganish;
3)
raqobatchilar, bozor talabining o’zgarib borishi, turli xavf–xatarlar bilan
bog’liq tashqi omillarni o’rganib borish;
4)
korxonaning maqsadlari, moliyaviy holati, resurslar zaxiрasi, innovatsiyaviy
sohasidagi yangiliklar, boshqaruv tizimi va xodimlarni boshqaruv siyosati, ishlab
chiqarish imkoniyatlari darajasi, maрketing kabi ichki omillarni o’rganish;
5)
buyuрtmalar poрtfelini tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: