Менежмент асослари



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

Nazorat savollari: 
 
1. 
 
Reja va rejalashtirish nima? 
2. 
 
Rejalashtirish jarayoniga qanday talablar qo’yiladi?
 
3. 
 
Biznes-rejan nima va u kimlarga mo’ljallaniladi? 
4. 
 
Biznes-rejani qanday maqsad-vazifalari bor? 
5. 
 
Biznes-rejani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar? 
6. 
 
Biznes-rejani tarkibini izohlang. 
7. 
 
Biznes-reja ko’rsatkichlari qanday hisoblanadi? 
 
 
9-mavzu: KORХONA ХAVFSIZLIGI VA ТIJORAТ SIRI 
(2 soat) 
 
 
R e j a : 
9.1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari. 
9.2. Korxona xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi. 
9.3. Korxona tijorat sirining mohiyati va uni himoya qilish mexanizmi. 
 
9.1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi  
va vazifalari 
Хavfsizlik bu murakkab va seрqiррa atamadir. U asosan va ko’pincha ishlab 
chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtai nazaridan baholanadi 
va  ko’rib  chiqiladi.  Shu  sababli  hoziрgacha  biz  texnika  xavfsizligi,  piyodalar 
xavfsizligi,  oziq-ovqat  xavfsizligi  kabi  tushunchalarni  uchрatsakda,  korxonaning 
iqtisodiy xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q. 


 
60 
Mahsulotlarning  zamonaviy  namunalari,  ishlab  chiqarish  texnologiyasi, 
investitsiya  rejalari  va  boshqalar  sanoat  ayg’oqchiligining  diqqat  Markazida  turib, 
korxona  va  mamlakat  uchun  ma’lum  bir  xavf  tug’diradi.  Shu  sababli  xavfsizlik  va 
tijorat  sirlari  muammolari  hoziрgi  bozor  va  raqobatchilik  sharoitlarida  iqtisodiyot 
fanining,  jumladan,  zamonaviy  korxonalar  iqtisodiyotining  muhim  bo’limlaridan 
biri hisoblanadi. 
Korxona  xavfsizligini  ta’minlashning 
asosiy  maqsadlari
  quyidagi-lardan 
iborat: 

 
korxona  va  uning  barcha  bo’linmalari,  mehnat  jamoasining  davlat 
tuzilmasi,  xorijiy  hamkorlar  va  raqiblar  bilan  o’zaro  munosabatlarda  qonuniy 
huquqlarini himoya qilish; 

 
korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish; 

 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
ichki 
va 
tashqi 
bozordagi 
raqobatbardoshligini oshirish; 

 
tashkiliy  va  ishlab  chiqarish  barqarorligiga  erishish,  butlovchi  qismlar 
yetkazib  beрuvchilarga  yordamchi  va  hamkorlarga  bir  tomonlama  qaram  bo’lishga 
yo’l qo’ymaslik; 

 
barcha  tuzilmaviy  bo’g’inlardagi  xodimlar  orasida  mehnat  intizomini 
mustahkamlash; 

 
mehnat 
unumdorligini 
oshirish 
uchun 
moddiy 
va 
ma’naviy 
manfaatdorligini ta’minlash; 

 
ishlab  chiqarishda  fan-texnika  yutuqlaridan  foydalanish,  samarali  axborot 
bazasini rivojlantirish; 

 
korxona obro’sini oshirish. 
Ko’rsatilgan  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda  korxona  xavfsizligini 
ta’minlash 
vazifalari
  belgilanib,  ular  korxonaning  ichki  tartib-qoidalari  va  ish 
tartibida  hamda  maxsus  ishlab  chiqilgan  chora-tadbirlarda  o’z  aksini  topishi 
mumkin. Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.  Korxona  ichida  hamda  tashqi  tashkilotlar  -  hukumat  idoralari,  boshqaruv 
tuzilmasidagi  qoidabuzarlik  omillari,  vakolatni  oshirish  hollari  va  hokazolarni 
aniqlash. 
2.  Korxonaning  barqaror  ishlashiga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lgan  xavf-xatar 
hamda bozor kon’yunkturasidagi noqulay o’zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni 
qo’llash. 
3. Bo’lajak hamkorlarni o’rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va 
baholash. 
4. Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash. 
5.  Korxona  sirlaridan  xabardor  bo’lgan  malakali  xodimlarni  boshqa 
korxonalarga jalb qilishning oldini olish. 
6. Nosog’lom raqobatchilikni yengish. 
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish. 
8. Тijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish. 
9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash. 
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari. 


 
61 
Ma’lumki,  ko’rsatilgan  maqsad  va  vazifalar  o’z-o’zidan  avtomatik  ravishda 
hal qilinmaydi. Buning uchun, avvalo, o’z ishini yaxshi bilishdan tashqari mohir va 
yuqori  malakaga  ega  bo’lgan  hamda  o’zlari  ishlayotgan  korxona  uchun  ―jon 
kuydiruvchi‖kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo’lmaydi. 
Хavfsizlik  tamoyillari
    -  xavfsizlikni  ta’minlash  taktika  va  strategiyasiga 
bo’lgan  asosiy  talablar  xavfsizlikning  maqsad va  vazifalarini hal qilishning to’g’ri 
yo’llarin tanlashdir. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

 
qonuniylik tamoyillari; 

 
mustaqillik va mas’uliyat; 

 
iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik; 

 
maqsadli-dasturiy rejalashtirish;  

 
o’zaro aloqalar va muvofiqlashtirish; 

 
mehnatni ilmiy tashkil qilish; 

 
oshkoralik va zaruriy maxfiylikning uyg’unligi; 

 
ixtisoslashuv va yuqori kasbiy malaka. 
 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish