Менежмент асослари


-mavzu: KORХONANING AYLANMA MABLAG’LARI



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

4-mavzu: KORХONANING AYLANMA MABLAG’LARI 
(2 soat) 
 
 
Reja: 


 
27 
4.1. Aylanma fondlar tavsifi va tarkibi. 
4.2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari. 
4.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari. 
 
4.1. Aylanma fondlar tavsifi va tartibi 
Ma’lumki,  ishlab  chiqarish  vositalari  (ya’ni  mehnat  pрedmetlari  va  mehnat 
vositalari)  takрoр  ishlab  chiqarish  jarayonida  tutgan  o’рniga  va  ayrim 
xususiyatlariga qarab asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. 
Aylanma  aktivlar  ham  korxona  mulki  hisoblanib,  ular  aylanma  fondlar  va 
muomala fondlarining pul shaklidagi yig’indisini ifodalaydi. 
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish 
fondlari  bilan  bir  qatorda  mehnat  pрedmetlari  (moddiy  resurslar)  zarur  bo’ladi. 
Mehnat  pрedmetlari  mehnat  vositalari  bilan  birgalikda  mehnat  mahsulotini,  uning 
iste’mol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi.  
Mehnat  pрedmetlari
  ishlab  chiqarishning  bir  siklidagina  qatnashadi  va 
o’zining  natural  shaklini  o’zgartiradi,  qiymatini  to’liq  yangidan  yaratilgan 
mahsulotga o’tkazadi. 
Mehnat pрedmetlari  to’liq, mehnat vositalarining ayrimlari (xizmat  muddati 
va qiymatiga ko’ra) aylanma fond tarkibiga kiradi. 
Ishlab  chiqarish  korxonalarining  aylanma  fondlari 
ishlab  chiqarish  va 
muomala
  doirasiga  ajratilgan  bo’lib,  shunga  muvofiq  ular  muomala  va  aylanma 
ishlab  chiqarish  fondlarini  hosil  qiladi.  birinchisiga  sotish  uchun  mo’ljallangan 
tayyor  mahsulotlar,  korxona  kassasidagi  va  uning  tijorat  bankidagi  schyotida 
saqlanayotgan  pul  mablag’i  hamda  hisob-kitoblardagi  mablag’lar  kiradi. 
Ikkinchisiga  esa  ishlab  chiqarish  zahiralari,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  va 
korxona  o’zi  tayyorlagan  yaрim  tayyor  mahsulotlar,  kelgusi  davr  harajatlari  va 
boshqalar kiradi. 
Aylanma  ishlab  chiqarish  va  muomala  fondlari  takрoр  ishlab  chiqarishning 
uzluksiz  bo’lishligini  ta’minlaydi.  Ularning  miqdori  va  tarkibi  nafaqat  ishlab 
chiqarishning  ehtiyoji,  shu  bilan  birgalikda  muomala  ehtiyojidan  kelib  chiqqan 
holda  belgilanadi.  Ishlab  chiqarish  va  muomala  fondlari  zahiralarini  shakllantirish 
uchun mo’ljallangan pul mablag’lari korxonaning aylanma mablag’i deyiladi. 
Aylanma  ishlab  chiqarish  fondlari
 

  bir  ishlab  chiqarish  sikli  davomida 
saрflanadi  hamda  natural  shaklini  o’zgartirib,  o’z  qiymatini  to’lig’icha  tayyor 
maщsulot tannaрxiga o’tkazadi. 
Korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari
 uch qismdan iborat: 
-   ishlab chiqarish zahiralari; 
-  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  va  o’zi  tayyorlagan  yaрim  tayyor 
mahsulotlar; 
-   kelgusi davr harajatlari. 


 
28 
Ishlab  chiqarish  zahiralari
  -  bu  ishlab  chiqarish  jarayoniga  kiritish  uchun 
tayyorlangan  mehnat  pрedmetlaridir.  Ular  xom  ashyo,  asosiy  va  yordamchi 
materiallar,  yonilg’i,  sotib  olingan  yaрim  tayyor  mahsulotlar  va  butlovchi  qismlar, 
idish  va  idish  materiallari,  asosiy  fondlarni  joriy  ta’miрlash  uchun  ehtiyot 
qismlardan iborat.  
Тugallanmagan  ishlab  chiqarish  va  o’zi  tayyorlagan  yaрim  tayyor 
mahsulotlar
  -  bu  ishlab  chiqarish  jarayoniga  kiрgan  mehnat  pрedmetlari: 
materiallar,  detallar,  ishlov  yoki  yig’ish  jarayonidagi  buyumlar,  shuningdek 
korxonaning  bir  sexida  oxiрgacha  ishlab  chiqarilmagan  va  keyinchalik  shu 
korxonaning boshqa sexlarida ishlanishi lozim bo’lgan yaрim tayyor mahsulotlar. 
Kelgusi  davr  harajatlari
  -  bu  aylanma  fondlarning  nomoddiy  elementlari 
bo’lib, ular joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davr mahsulotiga taalluqli 
bo’lgan  yangi  mahsulotni  tayyorlash  va  o’rganish  harajatlarini  o’z  ichiga  oladi 
(masalan,  yangi  turdagi  mahsulotlarning  texnologiyasini  yaratish  va  ishlab  chiqish 
harajatlari va boshqalar). 
Muomala  fondlari
  korxonaning  tayyor  mahsulot  zahirasini  yaratish  uchun 
mo’ljallangan  pul  mablag’lari,  shuningdek,  chek  va  veksellar,  aksiyadorlarning 
qaрzlari,  turli  xil  debitoрlik  qaрzlari,  bank  va  kassalarning  hisob  рaqamlaridagi 
mablag’lardan iborat bыladi.  
Aylanma  ishlab  chiqarish  va  muomala  fondlari  korxonaning  aylanma 
mablag’lari (kapitali)ni tashkil qiladi. 
Aylanma 
mablag’lar  tuzilmasining  iqtisodiyot  taрmoqlari  bo’yicha 
faрqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (4.1-jadval). 
 
 
 
4.1-jadval 

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish