Mendel irsiyat qonunlarining sitologik asoslari
Mendel vafotidan keyin XX asrda irsiy omil, gen tushunchasi bilan almashdi. Bir juft muqobil belgini, ya’ni sariq va yashil rangni ifoda qiluvchi genlar A va a bilan ifoda qilindi. Genlar xromosomalarda joylashgan, modomiki shunday ekan biz chatishtirishda qatnashgan urug‘chi o‘simligining genini A, changchi o‘simlik genini a bilan ifoda etsak va ular urug‘chi gomologik xromosomalari ¦A¦A va chancgchi ¦a¦a gomologik xromosomalarda joylashgan bo‘ladi, uzunligi va changchi o‘simliklarning chatishishidan olingan natijani sitologik jihatdan tubandagicha izohlash mumkin.
-
fen
|
qizil
|
|
oq
|
|
P gen
|
AA
|
x
|
aa
|
|
sit
|
¦A¦A
|
|
¦a¦a
|
|
F1 fen
|
qizil
|
|
oq
|
|
gen
|
Aa
|
x
|
Aa
|
|
sit
|
¦A¦a
|
|
¦A¦a
|
|
F2 fen
|
qizil
|
qizil
|
qizil
|
oq
|
¦A¦A
|
¦A¦a
|
¦A¦a
|
¦A¦a
|
¦a¦a
|
Diduragaylardagi olingan natija sitologik jihatdan quyi- dagicha tushuntiriladi
7-rasm. Diduragay chatishtirishdagi irsiylanishning sitologik asoslari.
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi
Amerika olimi Tomas Morgan o‘z shogirdlari bilan birgalikda 1912–1926-yillar mobaynida kichik meva pashshasi drozofila melanogasterning muqobil belgilari bilan farq qiluvchi shakllarini chatishtirish va duragaylarda ota-ona belgilarini irsiylani shini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordi. Taj ri ba larning birida tanasi kulrang, qanoti uzun drozofila bilan tanasi qora, qanoti qisqa drozofilani chatishtirib birinchi avlod olindi. Unda ota-ona drozofilalarning tanasi kulrang, qano- tining uzun bo‘lishi dominant belgi ekanligi aniqlandi. Duragaylarning birinchi avlodining erkagi ota-onaning retsessiv belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan qora tanali, qisqa qanotli urg‘ochi drozofila bilan qayta chatishtirilganda olingan avlodining 50%ini tanasi kulrang, qan oti uzun, 50% ini tanasi qora, qanoti qisqa ekanligi, ya’ni dastlabki ota-onasiga o‘xshash drozofilalar rivojlanishi ma’lum bo‘ldi (8-rasm).
Olingan natijalarni xulosalab, T. Morgan belgilarning bi rik kan holda irsiylanishi qonunini yaratdi. Mazkur qonunga binoan agar ikki xil belgining genlari bir xromosomada joylashgan bo‘lsa, bunday juft genlar belgilari avlodga birikkan holda o‘tishi
8-rasm. Drozofila meva pashshasida tana rangi va qanot shaklining birikkan holda irsiylanishi.
9-rasm. Krossingover tufayli belgilarning birikkan holda irsiylanishining o‘zgarishi.
aniqlanadi. Hujayraning meyoz bo‘linishida gomologik xromosomalarning chalkashuvi – krossingoveri ro‘y beradi va allel genlarning xromosomalardagi o‘rin almashishi kuzatiladi. Natijada ota-onaning ayrim belgilarining o‘zida mujassamlashtirgan individlar hosil bo‘ladi. Shunga qaramay krossingover hodisasi belgilarning birikkan holda irsiylanishi qonuniga putur yetkazmaydi. Chunki F2 duragaylar orasida ota-ona drozofilalarga o‘xshash belgilari ko‘p, krossingoverga uchragani esa ozchilikni 17%ni tashkil etadi (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |