Меҳнат иқтисодиёти


Mehnatni boshqarish xususiyatlari



Download 0,55 Mb.
bet96/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Mehnatni boshqarish xususiyatlari


Mehnat masalalari millionlab kishilarning hayotiy manfaatlariga taalluqlidir. Ayrim hollarda ularni hal etish jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy realliklarni hisobga olgan holda keng yondashishni talab qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsad qo‘yishi, topshiriqlarni taqsimlashi, ularning bajarilishini kuzatib borishi, kishilarni qandaydir yo‘l bilan mehnatga undashi va ularning harakatlarini muvofiqlashtirib borishi kerak. Mehnatni boshqarish tabiati, usuli va vositalari ham bunday holatda o‘zgarmay qolmaydi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi bosqichida mehnat va ijtimoiy mehnat munosabatlariga ta’sir etishning yangi shakl va usullarini qo‘llash zarur. Eng umumiy tarzda boshqarish biron-bir narsaga tartiblashtirish, sifat xususiyatlarini saqlab qolish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida ta’sir etishni anglatadi.

Mehnatni boshqarish boshqaruv munosabatlarining turlaridan biridir. Mehnatni boshqarishning ob’ektiv zarurati mehnatkooperatsiyasi rivojlanishi jarayonida yuzaga keldi. Bevosita mehnat faoliyati, uning tashkil etilishi, shart-sharoitlari va natijalari, ishchi kuchini tiklash, ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnatni boshqarish ob’ektlari hisoblanadi.

Mehnat ishlab chiqarishning tarkibiy qismi (omili) sifatida ishlab chiqarish tashkilotchisini (boshqaruvchisini) kapital, er, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va shu kabi omillar bilan tengma-teng qiziqtiradi. Ammo mehnat ishlab chiqarishning boshqa omillaridan jiddiy farqlanadi: unda fuqaro huquqi va erkinliklari, o‘z manfaatlari va adolat to‘g‘risidagi tasavvurlari, ish beruvchi bilan munosabatda o‘zini himoya qilish uchun birlashish huquqi va shu kabilar bor. YOllanma ishchi o‘zi mehnat qobiliyatini sotadi, zimmasiga qonunda belgilangan yoki shartnomada aytib o‘tilgan shartlarda mehnat qilish majburiyatini oladi.

Mehnat bozorida ham, ishlab chiqarishda ham, ishdan keyin ham kishi bir butunligicha qoladi. Boshqarish amaliyotida bu bilan hisoblashish kerak bo‘ladi. Mehnat omilining boshqa omillar bilan birikmasini emas, balki mehnat munosabati tufayli yuzaga keladigan kishilarning jamiyat va bir-birlari bilan o‘zaro

munosabatlarning butun majmuasini boshqarishga to‘g‘ri keladi.

Mehnat bilan chambarchas bog‘langan jarayonlar va munosabatlar doirasi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarni amalga oshirishda mehnat bilan bog‘liq shart-sharoitlarni amalga oshirish (tashkil etish, haq to‘lash, intizom, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi) munosabatlarida ustuvorlik qilinsa, bunday sohani ijtimoiy mehnat sohasi deyish mumkin.

Ijtimoiy-mehnat sohasi xodimlarning ijtimoiy holati shakllanadigan, barqaror amalga oshiriladigan va o‘zgaradigan aniq ijtimoiy muammolar majmuidan iborat bo‘lib, uni boshqarib borishi zarur.

Mehnatni boshqarish vazifalari jumlasiga ish samaradorligi va sifatini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning muvozanatliligi va mutanosibligini ta’minlash, mehnatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirib borish, insonni har tomonlama kamolga etkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, mehnat jamoalarini shakllantirish va boshqarishdagi ularning rolini oshirish kiradi.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish