Меҳнат иқтисодиёти


Ijtimoiy muhofaza shakllari va mexanizmlarini amalga oshirishda davlatning roli



Download 0,55 Mb.
bet92/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Ijtimoiy muhofaza shakllari va mexanizmlarini amalga oshirishda davlatning roli


Xodimlarni ijtimoiy muhofazalash tizimi keng doiradagi tarkibiy qismlar va segmentlarni (unsurlar, shakllar, mexanizmlar, tizimlar va institutlarni) o‘z ichiga oladi:

  • biron-bir tashkilotda o‘z holicha yoki boshqa unsurlar bilan birgalikda amal qiladigan ayrim normativ-huquqiy unsurlar. Ular jumlasiga mehnat va ijtimoiy huquq bo‘yicha qonunchilik normalari (mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, mehnat kodeksi, pensiya ta’minoti va sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunlar) ni kiritish mumkin. Bular to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish, ya’ni xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ish vaqti tartiblari, ish vaqtidan tashqari va tunda bajarilgan ishlarga haq to‘lash, ayollar va o‘smirlar mehnatini muhofazalash,

pensiya va nafaqalar miqdorlarini tartibga solish xarakteriga ega;

Qarorlar qabul qilishda shaxsan erkin bo‘lish va shaxsiy mas’uliyat, shuningdek kasal bo‘lib qolgan, baxtsiz hodisaga uchragan, keksaygan vaqtida va shu kabi boshqa hollarda o‘z(va o‘z oilasining) moddiy ahvolini oldindan o‘ylab qo‘yish bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda ijtimoiy muhofazani tashkil etishda asosiy qoidalardan biridir.

Ijtimoiy muhofazalashning ikki ko‘rinishi quyidagi shakllarda qo‘llaniladi: davlatning ijtimoiy (bepul) yordami va ijtimoiy sug‘urtalash (ijtimoiy muhofazaning pulli shakli). Bunda sug‘urtalashning quyidagi turlari mavjud:


  • shaxsiy (hayotni, pensiya ta’minotini) sug‘urtalash, bunda nogiron shaxsan javobgar bo‘ladi;

  • ijtimoiy sug‘urtalash, u ommaviy-huquqiy maqomga ega bo‘ladi, bu esa iqtisodiy nuqtai nazardan shaxsiy, shuningdek jamoa-guruh va ijtimoiy javobgarlikni qo‘shib olib borishni bildiradi;

  • ijtimoiy-kasbiy sug‘urtalash, uning xususiyati jamoa-guruh (kasbiy) hamjihatlik va shaxsiy javobgarlikni qo‘shib olib borishdan iborat.

Sug‘urtalashning turlari mavjudligi tasodifiy emas. Ish bilan bandlik shakllaridagi farqlar, mehnat sharoitlarining tarmoq bo‘yicha kasbiy guruh va hududiy xususiyati, ijtimoiy xatar darajalaridagi katta farqlar ijtimoiy muhofazaning turli institutlarini tanlab olishda (shakllantirishda) ularni hisobga olishni zarur qilib qo‘yadi. SHu bilan birga butun aholi uchun mushtarak bo‘lgan manfaatlarni ham, faqat ayrim kasbiy guruhlarga xos bo‘lgan manfaatlarni ham hisobga olish muhim. CHunonchi, kasbiy xatar darajasi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishlarda ishlaydigan xodimlar ijtimoiy kasbiy sug‘urtalashning qo‘shimcha, alohida kasbiy guruhlar uchun o‘ziga xos shakllariga muhtoj bo‘ladilar.

SHunday qilib, faqat ijtimoiy muhofaza turlari va ko‘p sub’ektli tashkiliy- huquqiy shakllarni qo‘shib olib borish, uning amal qilishida xodimlar, ish beruvchilar va fuqarolar, shuningdek davlat hokimiyat organlarining faol va mas’uliyat bilan ishtirok etishi asosidagina ijtimoiy muhofazaning samarali tizimini yaratish mumkin.

Jahon tajribasini tahlil qilish ijtimoiy muhofazaning besh asosiy institutini alohida ko‘rsatish imkonini beradi.


  1. Zarur mehnat layoqati, ish joyi, daromadlar manbaiga ega bo‘lmaganligi tufayli moddiy hayotini mustaqil ta’minlashga qodir bo‘lmagan shaxslarga davlatning ijtimoiy yordami. Bunda beriladigan yordam hajmi oldingi daromad miqdori bilan yoki vujudga kelgan aholi umumiy turmush darajasi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.

Ijtimoiy yordam ko‘p jihatdan xayriya tariqasida bo‘ladi. Ijtimoiy yordam

doirasidagi pensiya va nafaqalar faqat qonunda belgilab qo‘yilgan fuqarolar toifalariga beriladi. Jismoniy shaxs ijtimoiy foydali mehnat faoliyatida ishtirok etgan yoki etmaganligidan qat’i nazar, ijtimoiy yordam olaveradi. Bu tizimning to‘lovlari daromadning minimal darajasini ta’minlash maqsadida ehtiyoj tekshirilganidan keyin daromadga qo‘shimcha shaklini oladi. Ijtimoiy yordam berish uchun eng muhim asos – tirikchilik minimumi hajmidagi mablag‘larning yo‘qligidir.



Ijtimoiy yordam tizimida nafaqalar miqdorlari oila a’zolari o‘rtacha daromadlarining umumiy hajmi belgilangan tirikchilik minimumiga etadigan bo‘lishini hisobga olib belgilanadi.

  1. harbiy xizmatchilarni, xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xizmatchilari, davlat xizmatchilari, shuningdek fuqarolarning boshqa bir qator toifalarini ularning muhim davlat funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq o‘ziga xos mehnat faoliyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan ijtimoiy ta’minlash.

Davlat ijtimoiy ta’minotini berish uchun oldindan biron-bir badal to‘lash yoki bu shakldagi ta’minot berilayotgan shaxslarning muayyan moddiy ahvoli (ehtiyoji) shart qilib qo‘yilmaydi. Ushbu ijtimoiy muhofaza institutining moliyaviy manbalari respublika va mahalliy byudjetlarning mablag‘laridir.

  1. Qonun bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urtalashi iqtisodiy jihatdan faol aholini mehnat qilish qobiliyatini (kasallik, baxtsiz hodisa, keksalik tufayli) yoki ish joyini yo‘qotish natijasida daromaddan (ish haqidan) mahrum bo‘lish xatarlaridan ijtimoiy muhofazalash institutidir. Moliyaviy manbalari – ish beruvchilarning, xodimlarning (ba’zan davlatning) mushtarak o‘zaro yordam va shaxsiy mas’uliyat tamoyillari asosida tashkil etilgan sug‘urta badallaridir. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar munosabati bilan sug‘urtalash tizimlari bundan mustasno bo‘lib, ular faqat ish beruvchilarning badallaridan moliyalanadi.

Ijtimoiy sug‘urta tizimlari doirasida pensiya va nafaqalar sug‘urtalangan shaxsning huquqi bo‘yicha, faktning o‘zi tufayli va har bir sug‘urtalangan shaxs va unga ish beruvchining ushbu tizimlarni moliyalashda ishtirok etish darajasi bo‘yicha beriladi.

  1. Iqtisodiyotning ayrim tarmog‘lari yoki jamoa bitimlari asosida tashkil etiladigan kompaniyalar doirasida yollanma ishchilarni ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha (kasbiy) ijtimoiy sug‘urtalash.

Ijtimoiy sug‘urtalashning ixtiyoriy qo‘shimcha tizimlari xususiy bo‘ladi, lekin ularning faoliyati maxsus qonunlar bilan boshqariladi. Ayrim korxonalarning pensiya tizimlari ushbu ijtimoiy muhofaza institutining tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek tashkiliy-huquqiy shakllar jumlasiga aktivlar ajratiladigan va mustaqil pensiya kassalari, fondlari, madad kassalari va sug‘urta kompaniyalari tomonidan boshqariladigan pensiya tizimlari ham kiradi.

Pensiya huquqlari amalga oshirilishini kafolatlash maqsadida zaxira pensiya fondi mavjud bo‘lib, korxona yoki mustaqil pensiya kassasi (fondi, sug‘urta kompaniyasi) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan hollarda to‘lovlar amalga oshiriladi.



  1. Fuqarolarningshartnoma asosida tashkil etilgan ixtiyoriy shaxsiy (xususiy) sug‘urtasi. Bunday sug‘urtalash uning doirasi va amal qilishini qat’iy belgilab qo‘yilgan davrlar bilan, muayyan xatar turlari va ayrim jismoniy shaxslarning moliyaviy imkoniyatlari bilan cheklab qo‘yadi. Bunday sug‘urtalash shaxsiy sug‘urtalash mexanizmlari (sug‘urta badallari bilan to‘lovlarning ekvivalentligi, shuningdek sug‘urta mukofotini muayyan vaqt davomida muayyan fuqarolar uchun xatar tug‘ilishi ehtimoli bilan bog‘lash) va tamoyillari asosida tashkil etiladi. Eng muhim xususiyatlari - sug‘urta shartnomasining mavjudligi, fuqarolarning o‘zlari javobgar bo‘lishidan iborat.

SHvetsiyalik olim Esping-Andersen 1991 yilda ijtimoiy muhofaza tizimlarini davlat qurilishining «mafkurasi» turi bilan bog‘lagan holda guruhlashni taklif qildi:

  1. Liberal tur. Ijtimoiy yordam berish mezoni - muhtojlikni tekshirish, davlatning ijtimoiy-ijtimoiy yordamini erkin bozordan ajratish, «manzilli» yordamga intilishi bilan ajralib turadi. Asosiy maqsadi - kambag‘allikni yo‘qotish. Mamlakatlar - Buyuk Britaniya va YAponiya;

  2. Konservativ tur. Mezoni – belgilanganvazifalarning bajarilishini tekshirish, ijtimoiy sug‘urtalashning klassik bismarkcha tizimlarini qo‘llash va avvalgi xizmatlari uchun yordamning kompensatsiya sifatida bo‘lishiga intilishi bilan ajralib turadi. Maqsadi – ishga layoqatli davrda erishilgan turmush darajasini saqlab qolish. Mamlakatlar – Germaniyaga qarab ish tutadigan g‘arbiy Evropa mamlakatlarining aksariyati.

  3. Ijtimoiy-demokratik tur. Mezoni – muayyanaholi toifasiga mansublik, pul yoki natural ko‘rinishdagi yordamlar hamda muayyan xizmatlar to‘plamini berish, yordamning tenglik ruhida bo‘lishiga intilish bilan ajralib turadi. Maqsadi – daromadniqayta taqsimlash. Mamlakatlar –Skandinaviyamamlakatlari.

SHunga o‘xshash yondashuvni rossiyalik olim E.V.Tishin ijtimoiy muhofaza va pensiya ta’minotining tizimlarini ijtimoiy muhofaza dasturlarining rivojlanish tamoyillari nuqtai nazaridan tasniflash uchun taklif qiladi. Bunda u quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:

  • AQSH, Angliya, Kanadada amal qilib turgan yangi konservativ tizimlar;

  • ijtimoiy-demokratik tizimlar – SHvetsiya, Daniya, SHveysariya, Lyuksemburgda;

  • ijtimoiy jamiyat nazariyasiga asoslangan tizimlar – GFR, Avstriyada;

  • umumiy farovonlik davlati nazariyasiga asoslangan tizimlar, Fransiya,

Belgiya, YAponiyada;

  • tushunarsiz tizimlar – Italiyada28.




  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish