Меҳнат иқтисодиёти



Download 0,55 Mb.
bet65/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

P0

M T1 T2

(2)

Bu erda: R0 – ijtimoiy mehnat unumdorligi; T1 – jonli mehnat sarflari; T2 – buyumlashgan yoki o‘tmishda tovarga singdirilgan mehnat sarflari.

Basharti, mehnat unumdorligini hisoblab chiqish uchun faqat jonli mehnat sarflaridan foydalanilsa, bunday ko‘rsatkich individual mehnat unumdorligi



deyiladi. Vaqt yoki ishlaydiganlar miqdori sarflari jonli mehnat sarflari bo‘ladi. Individual (yakka) mehnat unumdorligi (Ri) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:


M

T
Pi

1

(3)



Mehnat unumdorligi mohiyatini anglash uchun “mehnat unumdorligi” va “ishlab chiqaruvchi mehnat kuchi” degan tushunchalarni aniqlashtirish kerak. Ishlab chiqaruvchi mehnat kuchini potensial (imkoni bo‘lgan) unumlik, ya’ni muayyan sharoitda mazkur vaqt mobaynida muayyan natijaga erishishni ta’minlashga qodirlik deb tushunishi kerak.

Mehnat unumdorligi haqiqiy amaliy o‘lcham, ya’ni amalga oshirilgan imkoniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat unumdorligi – o‘zgaruvchan o‘lchamdir, unga ham intensiv, ham ekstensiv omillar ta’sir etadi. U har bir muayyan paytda ishlab chiqaruvchining mehnat kuchidan foydalanish darajasini aks ettiradi.

Mehnat unumdorligi ishlab chiqaruvchining mehnat kuchi bilan mehnat



intensivligining o‘zaro bog‘liqligini ifodalab, quyidagi formula orqali aniqlanadi:

JPt

Pst

K IN t ,

(4)


Bu erda: JPt – mehnat unumdorligining indeksi; Pst – har bir muayyan vaqtda birlikka teng bo‘lgan ishlab chiqaruvchi mehnat kuchining rivojlanish darajasi; K – ishlab chiqaruvchi mehnat kuchidan foydalanish koeffitsienti; INt – o‘rtacha ijtimoiy mehnat intensivligiga nisbatan mehnat intensivligining darajasi.

Imkoni bo‘lgan mehnat unumdorligi bilan amalda erishilgan mehnat unumdorligi o‘rtasidagi farq mehnat unumdorligining oshish rezervlari deyiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi kuchidan foydalanish koeffitsienti - 0,8 %ga teng; mehnat intensivligi - 0,9; shunda JPt+1·0,9·0,8-0,72. Binobarin, mehnat unumdorligini oshirish borasidagi imkoniyatlarning atigi 72,0 %idan foydalanilmoqda, qolgan 28,0 %i esa uning oshish rezervidir.

Mehnat unumdorligi mohiyatini ta’riflash uchun “mehnat intensivligi” va “mehnat tig‘izligi” tushunchalariga aniqlik kiritish lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu tushunchalarning bir-biriga nisbati to‘g‘risida aniq bir ma’noda tushuniladigan fikrlar yo‘q. Ko‘pincha, mehnat intensivligi deganda, insonning mushak va asab quvvati sarfi bilan o‘lchanadigan ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat tig‘izligi darajasi tushuniladi. Ushbu hamda unga o‘xshash boshqa ta’riflarda «mehnat intensivligi» va «mehnat tig‘izligi» tushunchalari bir xillashtirib yuboriladi. Lekin, aslida bular boshqa-boshqa tushunchalardir.

Mehnat intensivligi - mehnat jarayonida vaqt birligi mobaynida inson organizmi sarflaydigan quvvat miqdoridir, ya’ni intensivlik quvvat sarflashning



tezligi. U bir soat yoki kecha-kunduzda kaloriyalar sarflanishi bilan tavsiflanadi.

Mehnat intensivligiga jismoniy kuch-harakatlar (jumladan, joydan-joyga ko‘chiriladigan yuklarning og‘irligiga bog‘liq bo‘lgan kuch-harakatlar), asab taranglashishi, ish sur’ati, ishning bir xildaligi, mehnat sharoitlari kabi omillar ta’sir qiladi. SHu tufayli, mehnat intensivligi o‘lchovi ancha murakkab bo‘lib, u hozirgi vaqtga qadar hali uzil-kesil echimini topganicha yo‘q.

Mehnat intensivligi va og‘irligi. «Mehnat intensivligi» va «mehnat og‘irligi» tushunchalarining nisbati munozaralarga mavzu bo‘lmoqda. Ko‘pincha ular bir xil tushuniladi, chunki og‘ir mehnat va intensiv mehnat, avvalo, toliqtiruvchi mehnatni ifodalaydi. Bundan tashqari, mehnatning og‘irligi, intensivligi to‘g‘risida, odatda, kishining uni amalga oshirishga sarflaydigan quvvat o‘lchami bo‘yicha fikr yuritiladi.

Og‘ir mehnat, asosan, mushak tizimining faolligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda bizning mamlakatimizda ham og‘irlik jihatidan barcha mehnat turlarini shartli ravishda quyidagi to‘rt toifaga bo‘lish qabul qilingan:

Mehnat unumdorligi mazmunini aks ettiradigan matematik modelni yaratishda quyidagi talablar nazarda tutilishi kerak:


  1. Agar narsa (predmet) to‘g‘risida mulohazali intuitiv evristik tasavvurlar yo‘q bo‘lsa, muvofiq keluvchi sof matematik usullarni qo‘llash doimo katta qiyinchiliklarga to‘qnash keladi18.

  2. Arifmetika – matematik nazariyadir va uni boshqa har qanday matematik nazariyalar singari, sonlar xossalari moddiy olam xossalariga muvofiq bo‘lgandagina qo‘llash mumkin19.

  3. Matematik nazariya yoki matematik modelning kuchi shunda-ki, u keraksiz xossalarni chiqarib tashlaydi va hodisani tushunishda zarur bo‘ladiganini ajratadi.

Bu talablar nuqtai nazaridan mehnat unumdorligining matematik modeli ikki xil tabiatni adekvat aks ettirgan taqdirdagina metodologik to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, ya’ni

У М им

Эж

(5)

Bu erda:U – mehnat unumdorligi;

Mim – unumli iste’mol mahsuloti massasi;

Ej – mehnat jarayonida inson organizmining energiya sarfi.

Bu model mehnat unumdorligi o‘sishining ikki qarama-qarshi tendensiyasini






18Фон Нейман Дж. Теория самовоспроизводящихся автоматов. - М.: Мир, 1971.

19Пирс Дж. Символы, сигналы, шумы. - М.: Мир, 1997, 20, 61-б.

sof ko‘rinishda iste’mol mahsuloti hajmining ko‘payishini jami mehnat sarfining qisqartirilishi va uning ozod qilinishini o‘zida jamlaydi.

Bu matematik modelga ishlab chiqarish vositalarida moddiylashgan oldingi mehnat sarflarini kiritish xatodir. CHunki, oldingi mehnat bevosita endi yo‘q, u vositalangan tarzda chetdan energiya iste’mol qiladigan ishlab chiqarish vositalari orqali amalda bo‘ladi. Jonli mehnatning kamayib boradigan hajmi boshqaradigan ishlab chiqarish vositalari hajmining ko‘payishi – mehnat unumdorligining o‘sishidan farq qiladigan boshqa hodisadir va ularning yig‘indisi aynan jonli mehnat unumdorligi o‘sishining tarixiy tendensiyasini buzadi.

Amaliyotda ishlab chiqarish natijasi sifatida (formula surati) yalpi ichki mahsulot, yalpi ijtimoiy mahsulot yoki milliy daromaddan pul ifodasida, sarflar sifatida (maxraj) yoki ish vaqti fondi yig‘indisi sifatida foydalaniladi.

Bu variantlardan har biri sarf usullari hisoblanadi, chunki natija sarflar bilan aniqlanadi. Maxrajga kelganda shuni aytish kerakki, ish vaqti fondining yig‘indisi ham, ishlovchilarning o‘rtacha ro‘yxati tarkibi ham mehnat tabiatini adekvat aks ettirmaydi. SHuning uchun vaqt yoki sonning ayni bir o‘sha kattaligida kishining mehnat jarayonidagi energiya sarfi mehnat amalga oshirilayotganda mehnatning mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashtirilganlik darajasiga va boshqa shart- sharoitlarga bog‘liq tarzda ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqarish omillari nazariyasiga muvofiq, hisoblab chiqilgan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlariga javob berish uchun tovarlarning bozor narxi elementlaridagi tarkibini ko‘rib chiqish kerak.Yiriklashtirilgan holda u (tarkib) quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


  1. CHetdan olingan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar narxi.

  2. Ishlatilgan energiya narxi.

  3. Uskunalar, binolar, inshootlar narxidan amortizatsiya ajratmalari.

  4. Xodimlarning ish haqi.

  5. Ish haqidan ijtimoiy jamg‘armalarga ajratmalar.

  6. Kapitalni foydalanishdan olinadigan foyda.

  7. Er rentasi.

  8. Tadbirkorlik foydasi.

Korxona xodimlarining mehnati natijasida yangi yaratilgan qiymat ish haqi hamda undan amalga oshiriladigan ajratmalar chetdan olingan xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar hamda energiya narxining bir qismini tayyor tovarga o‘tkazadi. Mehnat sarflari o‘lchamiga kiritilgan tayyor mahsulot narxining bir qismi mehnat unumdorligi ko‘rsatkichini tashkil etadi. Lekin amalda mehnat unumdorligi hech qaerda ana shunday hisoblab chiqilmaydi, chunki

ishlatilgan xomashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar, energiya qiymatining qaysi qismini tayyor tovarga mehnat bilan o‘tkazishi, qaysi qismini esa ishlab chiqarishning boshqa omillari bilan o‘tkazishi to‘g‘risidagi masala ancha bahslidir.




    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish