Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat iqtisodiyotining bo‘limlariva muammolari



Download 0,55 Mb.
bet16/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Mehnat iqtisodiyotining bo‘limlariva muammolari


Mehnat iqtisodiyoti uch darajali bo‘limni, ya’ni: mehnat mikroiqtisodiyoti, mehnat mezoiqtisodiyoti va mehnat makroiqtisodiyotini ajratishga asoslanadi.

Hal qilinadigan muammolar doirasi mushtarak bo‘lgani holda har bir daraja bo‘yicha uning uchun asosiy bo‘lgan muammolar hamda axborot almashinish va yondash darajalar bilan muvofiqlashtirish zarur bo‘lgan muammolar ajratiladi. CHunonchi, mehnat mikroiqtisodiyotining predmeti xodimlarning mehnat va ijodiy imkoniyatini rivojlantirishdan, ulardan foydalanishdan, xodimlar bilan ishlash, mehnatni tashkil etish, normallashtirish va rag‘batlantirish shakllarini yaxshilash tizimlarini qo‘llanishi asosida mehnatning samaradorligi va daromadliligini oshirish muammolarini qat’iyan, muayyan hal qilishdan iboratdir. Mehnat mezoiqtisodiyotining predmeti mehnat bozorlari iqtisodiyoti muammolari va boshqa ijtimoiy muammolarni hududlar bo‘yicha viloyat va tumanlar doirasida hal etishdan iboratdir. Mehnat makroiqtisodiyotining predmeti hududlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning mehnat va ijtimoiy xususiyatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va uni boshqarishdan iborat.

Mehnat mikroiqtisodiyoti muammolari, mikroiqtisodiyot sohasi alohida iqtisodiy sub’ektlar faoliyati bilan bog‘liqligi jihatidan ajralib turadi. Bu sub’ektlar jumlasiga iste’molchilar, ishchilar, xizmatchilar, xususiy tadbirkorlar va kichik korxona egalari, sarmoya soluvchilar, firmalar – aslini olganda iqtisodiyotning faoliyatida muhim rol o‘ynaydigan har qanday individum, jismoniy shaxs yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kiradi.

Mehnat iqtisodiyotining «Mikroiqtisodiyot darajasi quyi bosqichda iqtisodiy qarorlar qanday va nima sababdan qabul qilinishini tushuntirib beradi.Masalan, u iste’molchilar tovar xarid qilish haqidagi qarorni qanday qabul qilishlarini va narx- navo hamda ular oladigan daromadlarning o‘zgarishi tovarni tanlashlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini; firmalar ishchilar sonini qanday rejalashtirishini hamda ishchilar qaerda va qancha ishlashlari kerakligini qanday hal qilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana bir muhim jihati shuki, iqtisodiyot sub’ektlari ancha yirik tuzilmalar – sanoat tarmoqlarida bozorlar vujudga kelishi jarayonida o‘zaro hamkorlik qiladi.

Mikroiqtisodiyot ayrim firma va iste’molchilar faoliyatini o‘rganib, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday ishlashi va rivojlanishini, hukumat siyosati va boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy shart-sharoitlar ular faoliyatiga qay tarzda ta’sir ko‘rsatishini ochib beradi. Bundan farqli o‘laroq, mehnat iqtisodiyotining makroiqtisodiyot darajasi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar,jumladan, mamlakatda mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari, foiz hisob-stavkalari, ishsizlik va inflyasiya bilan bog‘liqdir. Lekin mehnat iqtisodiyotining makroiqtisodiyot bilan mikroiqtisodiyot darajalari o‘rtasidagi farq keyingi yillarda tobora yo‘qolib bormoqda. Buning sababi shundaki, makroiqtisodiyot ham umumiy bozorlar, masalan, tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va qimmatli qog‘ozlar bozorlarini tahlil qiladi. Umumiy bozorlar qanday ish olib borishini tushunish uchun, avvalo, ushbu bozorlar ishida qatnashadigan firmalar, iste’molchilar, ishchilar, sarmoya soluvchilar xulq-atvorini o‘rganish kerak. SHunday qilib, makroiqtisodiyot darajasida faoliyat yuritadigan mehnat iqtisodchilari va mutaxassislari borgan sari ko‘proq mikroiqtisodiy asoslash bilan shug‘ullanmoqdalar, makroiqtisodiyotning o‘zi esa amalda mikroiqtisodiy tahlilning davomidir».

Agar mehnat iqtisodiyotida mikroiqtisodiyotning yuqoridagi talqinini faqat sanoatga emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham tatbiq etadigan bo‘lsak, u amalda tarmoqlarda mehnat mikroiqtisodiyot fanini ajratib chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Buning ustiga xo‘jalik yuritishning ana shu bosqichida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga hamma hollarda bevosita yoki bilvosita ishlab chiqarish sub’ektlari bilan iste’mol sub’ektlari o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlari sabab bo‘ladi.

Mehnat mikroiqtisodiyoti iqtisodiy davrning hamma bosqichlarini qamrab olib, korporatsiyalar, firmalar va mustaqil korxonalar siyosatini belgilash, xodimlar ijodiy imkoniyatini ustun darajada rivojlantirish va undan foydalanishni rag‘batlantirish, xodimlarning samarali mehnat faoliyatini tashkil etish, doimo yuqori ijtimoiy va iqtisodiy natijalarga erishish maqsadida oraliq mahsulot hamda xizmatlarni etkazib beruvchilar bilan o‘zaro foydali aloqalarni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

O‘zbekistonda bozor munosabatlari qaror topgan va rivojlangan sharoitda korxonalar (firmalar, korporatsiyalar) mahalliy hamda mintaqaviy boshqaruv organlarining ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda tashkiliy hamda iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashiga: ishlab chiqarilayotgan mahsulotga buyurtmachi – iste’molchilar va material etkazib beruvchilar izlab topishda yordam berishiga, shuningdek, ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida soliq sohasida imtiyozlar va kreditlar berishga hamda etishmayotgan xodimlar o‘rnini to‘ldirishda, shuningdek, ishdan bo‘shatilayotganlarni ishga joylashtirishda yordam berishiga muhtoj bo‘ladilar. O‘z navbatida, viloyat va tumanlardagi mahalliy va mintaqaviy

boshqaruv organlari mintaqada ish bilan bandlikka ko‘maklashishni yaxshilash dasturlarini amalga oshirish chog‘ida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalarning madadiga muhtoj bo‘ladilar. Ana shu asosda ularning umumiy maqsadlar yo‘lidagi hamkorligini shakllantirish va rivojlantirish uchun ob’ektiv shart-sharoit yaratiladi.

Tizimning maqsadi – O‘zbekistonda aholini ish bilan bandligini ta’minlashni yaxshilash, mehnat salohiyatidan samarali foydalanilishini yo‘lga qo‘yish va butun mintaqa bo‘yicha ishsizlik yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan oshib ketmasligi uchun barcha turdagi korxonalardagi yashirin ishsizlikka barham berishdan iborat. Har bir korxonadagi ichki mehnat bozorining ahvolini tahlil qilishdan maqsad to‘lovga qobiliyatli talab bilan ishchi kuchini taklif etish o‘rtasidagi mavjud nomutanosiblikni, yashirin ishsizlarni, ya’ni shtatda turadigan, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ish bilan qisman band bo‘lgan yoki ish bilan umuman band bo‘lmagan xodimlarni aniqlashdan iborat.

Mehnat makroiqtisodiyoti muammolari. Mehnat jamiyat hayoti va faoliyatining asosi bo‘lib, u bilan bog‘liq muammolarni kasaba uyushmalari va ish beruvchilar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni zarur qilib qo‘yadi. Bu tripartizm prinsipidan kelib chiqadi. Gap ijtimoiy-mehnat siyosatini shakllantirish haqida bormoqda. Bu siyosat O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining bir turi bo‘lib, unda mehnat va mehnat qiluvchi kishi muammolari ijtimoiy hayotning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi turli sohalaridagi siyosat bilan chambarchas bog‘langan.

Mehnat makroiqtisodiyoti doirasida ijtimoiy-mehnat siyosatini shakllantirishga uslubiy yondashuvni belgilash chog‘ida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan bir sharoitda korxonada mehnatga haq to‘lashning uch funksiyasi ajratilgani kabi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning uch shart-sharoitini, ya’ni: resurslar va ehtiyojlarni takror ishlab chiqarish; samarali faoliyatni rag‘batlantirish; mehnatga bo‘lgan talab va uni taklif etishni boshqarishni ajratib ko‘rsatish prinsipidan foydalanilishi mumkin. Ijtimoiy-mehnat siyosatiga tatbiqan bu quyidagilarni anglatadi:



  • inson resurslarini takror ishlab chiqarish, demografik (nufus) va ijtimoiy- iqtisodiy omillarni hisobga olib jamiyatning mehnat va ijodiy salohiyatini o‘stirish; pensionerlarga, nogironlarga va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi shaxslarga davlat kafolatlari berish asosida aholining ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlash; minimal iste’mol byudjeti, tirikchilik minimumini belgilash; davlat ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy ta’minoti tizimlarini joriy etish; moliyalashning byudjetdan tashqari manbalaridan foydalanish;

  • xususiy tadbirkorlik va kichik biznesda xodimlarning mavjud moddiy, texnikaviy va tabiiy resurslarni to‘la-to‘kis ishga solishdan, yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirishdan, korxonalarda zarur me’yoriy hujjatlar, materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish, mehnat bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘li bilan mehnatni tashkil etish, me’yorlashtirish, mehnat sharoitlari va uni rag‘batlantirishni yaxshilashdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlaydigan mexanizmlarni yaratish asosida mehnatga haq to‘lashni o‘stirib, mehnat unumdorligi, samaradorligi va daromadliligi mutanosib tarzda va o‘zaro bog‘liq holda o‘sishini ta’minlash;

  • mehnatni tashkil etishni boshqarish: tovarlar va sarmoya bozorlarining holatini hisobga olgan holda mehnat bozorlarida ishchi kuchi va ish joylariga bo‘lgan talab bilan taklifni muvofiqlashtirish; ish bilan bandlik va mehnatga haq to‘lash darajasi o‘rtasidagi nisbatlarni narxlar darajasi bilan investitsiya, soliq va moliya-kredit siyosati bilan o‘zaro bog‘liq holda optimallash; bo‘shatilayotgan xodimlar va ish bilan band bo‘lmagan katta yoshdagi aholini kasbini tayyorlashni va qayta tayyorlashni ta’minlash, haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlarini tashkil etish; aholining ko‘chishi - ichki va tashqi migratsiyasi, ish qidirib va majburan migratsiya qilishi masalalarini hal etish; tirikchilik minimumi hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik hisobidagi va byudjetdagi sohalar xodimlari uchun, shu jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridagi xodimlar uchun minimal iste’mol byudjetining qiymati o‘sishiga muvofiq eng kam mehnat haqi miqdorini tartibga solish; fondlarni hamda xodimlarga to‘lanadigan mehnat haqining individual miqdorlarini soliqlar yordamida tartibga solish va boshqalar.

YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan shart-sharoitlarni tahlil qilish asosida O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy-mehnat siyosatini shakllantirish ishi mehnat sohasining rivojlanishini bashoratlash hamda mamlakat va uning viloyat va tumanlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish uchun uni o‘zgartirish strategiyasini ishlab chiqib, tegishli me’yoriy bazani va turli-tuman iqtisodiy va ijtimoiy xatarlardan sug‘urtalash tizimlarini yaratish hamda ulardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish