Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat iqtisodiyoti predmetining shakllanishi va rivojlanishi



Download 0,55 Mb.
bet15/166
Sana21.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#395492
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166
Bog'liq
Ме нат и тисодиёти (1)

Mehnat iqtisodiyoti predmetining shakllanishi va rivojlanishi


Umumlashtirib aytganda, mehnat kishining mavjud tabiiy, moddiy yoki intellektual resurslarni shaxsiy yoki ijtimoiy iste’mol uchun kerakli mahsulotga aylantirishdagi ob’ektiv faoliyati deb ta’riflash mumkin. Biz mehnat mahsulini tovar sifatida tilga olar ekanmiz, uning g‘oyat xilma-xil shakllarini – qishloqxo‘jaligi, sanoat, qurilish sohasidagi tayyor mahsulotni, shuningdek, turli-tuman ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ishlari va xizmatlarni nazarda tutamiz. Mehnat mahsuli jismoniy, natural shakldan tashqari uni sotish natijasida olingan daromad yoki pul shaklida ham ifodalanishi mumkin.

SHunday qilib, «mehnat iqtisodiyoti» tushunchasi nimadan iborat degan savoliga javob berish uchun eng kamida ikki atamadan iborat so‘z birikmasi, ya’ni biz tekshirib chiqayotgan tadqiqot predmeti - «iqtisodiyot» va «mehnat» tushunchalarini bilib olish kerak bo‘ladi. Bularsiz «mehnat iqtisodiyoti» tushunchasining o‘zi ham bo‘lmas edi.

Avvalo, «iqtisodiyot» tushunchasini bilib olaylik. Ma’lum bo‘lishicha, u ham birinchi qarashda oddiy tuyulgandek bo‘lsa-da, ammo bu tushuncha ancha murakkab masala ekanligini ta’kidlash joiz. Iqtisodiyot sohasida yozilgan adabiyotlarni qarab chiqadigan bo‘lsak, bu tushunchaning mohiyati to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha tarqoq holda berilganligi ma’lum bo‘ladi. Ba’zan mamlakat, mintaqa iqtisodiyoti juda tor ma’noda tushuniladi, qandaydir ayrim sohalar yoki xo‘jalik yuritish tarmoqlari, bir-biridan ajralgan jarayonlar va hodisalardan iborat deb hisoblanadi. Iqtisodiyotga bunday nazariy yondashuvni inkor etib bo‘lmaydi. Biroq uning metodologik jihatdan to‘g‘riligini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ham asos yo‘q, chunki u amaliy sohadagi muammolarga taalluqli bo‘lishi mumkin.

Iqtisodiyotni takomillashtirish va rivojlantirishga doir tadbirlar haqiqatda iqtisodiyotga emas, balki faqat uning ayrim tarkibiy qismlariga qaratiladi. Darvoqe, bundan mamlakat va mintaqaviy darajadagi iqtisodiy hokimiyat tuzilmalarining, avvalo, iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi vazirliklarning cheklangan faoliyati strategiyasi va taktikasi, ularning ishidagi ustuvor yo‘nalishlarni tanlashdagi sub’ektivizm kelib chiqadi. Iqtisodiyot – juda keng va murakkab tushuncha bo‘lib, xo‘jalik yuritishning jadal ijtimoiy tashkiliy tizimi tushuniladi, u ijtimoiy foydali moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni ta’minlaydi.

SHunday qilib, iqtisodiyot bilan chinakamiga shug‘ullanish, shu jumladan iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish, uni amalda tartibga solish – ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish hamda rivojlantirish sohasidagi mexanizmlarni taklif etish demakdir. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyot va u haqidagi ilm inson farovonligiga, mamlakatga va jamiyatga to‘laqonli hayot tarzini ta’minlashga xizmat qilishi kerak. SHuning uchun ularni kengroq o‘rganadilar, u bilan shug‘ullanadilar, uning samaradorligi uchun qayg‘uradilar.

Iqtisodiyot, eng avvalo, inson faoliyati bo‘lib, uning tabiatga ta’siri natijasida moddiy ne’matlar va xizmatlarning yaratilish jarayonidir. Demak, har qanday ongli faoliyat insonga tegishli bo‘lganligi uchun u inson mehnatining negizidir.

«Mehnat» kategoriyasini tushunishga kelganda, bu erda hamma narsa osonroqdir, chunki olimlar va amaliyotchilar orasida bu xususda allaqachonlardan buyon ziddiyatlar va jiddiy bahsli muammolar yo‘q desa ham bo‘ladi. SHu sababli faqat ayrim ma’lum fundamental nazariy qoidalarni eslatib o‘tmoqchimiz.

Ta’kidlab o‘tganimizdek, mehnat – kishilarningongli, maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati jarayonidan iborat bo‘lib, ular bu faoliyat yordamida tabiat buyumlarining shaklini o‘zgartiradilar va ularni o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradilar. Mehnat jarayoni uch asosiy jihatni: kishining maqsadga muvofiq faoliyatini, ya’ni mehnatning o‘zini; mehnatga qaratilgan mehnat buyumini; mehnat vositalarini qamrab oladi. Inson mehnat vositalari yordamida mehnat buyumiga ta’sir qiladi. Biroq mehnat faoliyatining asosiy sharti ish kuchining mavjudligidir. SHu sababli muayyan shartlilik bilan ish kuchi iqtisodiyotini mehnat iqtisodiyoti asosi deb hisoblash mumkin.

“Iqtisodiyot” hamda “mehnat” tushunchalarining mazmuni tarkibiy qismlarini birlashtirib, quyidagi ta’rifni berish mumkin. Mehnat iqtisodiyoti – jadalijtimoiy tashkil etilgan tizim bo‘lib, unda ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayoni – uniishlab chiqarish (xodimlarni tayyorlash, o‘qitish, malakasini oshirish va hokazo), taqsimlash, ayirboshlash va foydalanish sodir bo‘ladi, shuningdek

xodim bilan mehnat vositalari va buyumlarining o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shart- sharoitlari va jarayoni ta’min etiladi.

Mehnat iqtisodiyoti fan sifatida ishchi kuchini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish, unumli mehnat qilish va uni muhofaza etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash jarayonida qaror topadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadigan ijtimoiy-iqtisodiy fandir.


    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish