Меҳнат фанидан амалий машғулотларни ўтказишнинг баьзи бир масалалари


-rasm. Burcharrani ishga sozlash: A-polotnoni burab to’g’irlash; b-



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana16.03.2022
Hajmi2,08 Mb.
#493205
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
mehnat fanidan amaliy mashgulotlarni otkazishning bazi bir masalalari

4
-rasm. Burcharrani ishga sozlash: A-polotnoni burab to’g’irlash; b- 
polotnoni kashakka nisbatan burish yo’li bilan to’g’irlash.


35 
5 – rasm, A-tiluvchi arra tishlari b- qirquvchi arra tishlari v- arralash arra 
tishlari g- tiluvchi arra tishlarining chaparrasi, d-qirquvchi arra tishlarining 
chaparrasi. 
6 – Rasm, b: a – tiluvchi arra tishlarining, b- qirquvchi arra tishlarning 
chapparasi 
Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, mehnat ta’limi metodikasida 
juda muhim o’rin tutadi. Uning asosini instruktaj va mashqlar kabi metodlar tashkil 
qiladi. Mehnat ko’nikma va malakalari shakllantirishning hozir qo’llayotgan 
metodikasini traditsion metodika deb atash mumkin, chunki u allaqachonlar ana 


36 
shunday atalgan edi. Bu metodikaning asosiy xususiyati shuki, unda o’qitish 
protsessi o’qituvchining mehnat usullarini namoiyish etish va o’quvchilarning 
unga taklif qilishi asosida tashkil topadi. 
Ammo oxirgi o’n yilliklarda psixolog va pedagoglarning e’tiborini mehnat 
ko’nikma va malakalarini shakllantirish protsessining ba’zi yangi jixatlarini o’ziga 
tortadi, bular mehnat ta’limi samaradorligini oshirishning qo’shimcha rezervlarini 
shakllantirishning fiziologik va psixologik asoslarini ishlab chiqish yo’llarni 
metodikadan qo’llash nazarda tutilmoqda. 
Psixologik va metodik tadqiqotlar o’qituvchilarning mehnat ko’nikma va 
malakalarini shakllantirishga oid ilg’or tajribalarini o’rganish bu ko’nikma va 
malakalarini muvaffaqiyatli shakllantirishning asosiy shartlari quyidagilardan 
iborat ekanini ko’rsatmoqda: 1) bajarish usullarini tushunish; 2) o’quvchilarga
zarur bilimlarning mavjud bo’lishi; 3) ta’lim metod va usullarning 
shakllantirilayotgan ko’nikma va malakalarning xususiyatlariga mosligi; 4) 
instruktajning samaradorligi; 5) mashqlarning etarli miqdorda bo’lishi; 6) 
o’quvchilarni baholash natijalaridan xabardorligi; 7) o’quvchilar faoliyatining aktiv 
harakteri. 
Mana shu shartlardan eng kamida ikkita xulosa chiqarish mumkin: 
1)
Ko’nikma va malakalarni shakllantirishda mehnat ta’limining 
mashqlar va instruktaj metodlarini hal qilish katta ahamiyatga ega, shu nuqtai 
nazardan ta’limning traditsion metodikasi taqdirlashga molikdir. 
2)
O’quvchilarning ongli faoliyatini ta’minlash sharti birinchi o’rinda 
turadi; bu shart traditsion metodikada etarlicha baholanmaydi. 
Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirishning muvaffaqiyatli ko’p 
jihatdan o’quvchilar ta’lim protsessini qanchalik anglashiga va unda qanchalik 
aktiv qatnashishlariga bog’liq ekanligi anchagina tadqiqotlar natijasida aniqlanadi. 
Shu sababli keyingi yillarda ta’limda onglilikni oshirishga o’quv ishi protsessida 
o’quvchilarni aktivlashtirishga va ta’limda shunday sharoitlarni vujudga keltirishga 
yordam beradigan shartlarni aniqlash bo’yicha ko’p ishlar qilindi. 


37 
Instruktaj va mashqlarga o’qitish metodlari sifatida qo’yiladigan hozirgi 
talablarni to’g’ri tushunmoq uchun mehnat ta’limi protsessida onglilik va aktivlik 
problemasini fiziologiya, psixologiya va pedagogikaning hozirgi yutuqlari asosida 
kurib chiqish zarur. 
Mehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish protsessida o’quvchilarning 
ongliligi faoliyatining dastlabki asosiga tayanadi, u esa navbatida faoliyat tarziga, 
ya’ni faoliyatini qanday va qaysi tartibda bajarish haqidagi tasavvurga tayanadi. 
Fiziologik nuqtai nazardan bunday ta’sir o’zini-o’zi boshqarish protsessi bilan uni 
amalda bajarish o’rtasida muvafiqlikka erishish va uni saqlash uchun zarurligi I.N. 
Sechenov tomonidanoq asoslangan edi. 
Mehnat ta’limi amaliyotida psixologlarning inson ixtiyoriy harakatlarni idora 
qilishda dastlabki tajriba faoliyatning roli haqidagi ta’limotni rad etib 
yo’naltiruvchi asos mavjud bo’lganda ixtiyoriy faoliyatga o’rgatish eng ason 
bo’lishini uqtiradilar. Bunda faoliyatning dastlabki asosi murakkabligi ko’rsatiladi, 
bu asos umuman ko’ruv , tovush va boshqa harakat obrozlarni shuningdek, uni 
bajarishning ma’lum ketma-ketligini nazarda tutadi. O’qitish metodikasi jihatidan 
harakatning yo’naltiruvchi asosi oxirgi mahsulotga aylantirish qoydasini har bir 
operatsiyaning bajarilishini kontrol’ qilish harakatini ham o’z ichiga oladi. 
Didaktik tadqiqotlar mehnat harakatlarini namoyish qilishdan o’quv-metodik 
hujjatlarni 
qo’llash 
va 
hakozalar 
harakatlarning 
yo’naltiruvi 
asoslarini 
shakllantirishga yordam berishini ko’rsatadi. 
Shunday qilib, yo’naltiruvchi faoliyatining insonning ixtiyoriy harakatalarini 
idora qilishdagi rolidan kelib chiqib mehnat ko’nikma va malakalarini ongli 
o’zlashtirishning sharti deb qarab, instruktaj va mashqlarga ularni shakllantiruvchi 
asosiy metodlar sifatida talablar qo’yish mumkin. Asosiy talablar jumlasiga
o’quvchilarning o’zini-o’zi kontrol qilishni ta’minlash, o’quv texnik hujjatlardan 
foydalanish, o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha bilimlariga tayanch, problemali 
ta’limni qo’llashni kiritish mumkin. 
Mazkur talablarni bajarish bo’yicha hozirgi zamon didaktik tadqiqotlarga
tayanuvchi ba’zi tavsiyalarni ko’rib o’tamiz. 


38 
Hozirgi mehnat ta’limi metodikasining rivojlanishini o’nlab yillar davomida 
to’plangan va ko’p avlodlar praktikasida sinalgan tavsiyalar tanqidiy analiz 
qilinishi bilan harakterlanadi. Texnik vositalardan foydalanishi tufayli bunday 
analiz qilish mumkin bo’lmoqda. 
Tadqiqotchilar texnik vositalar sirtdan kuzatish mumkin bo’lmaydigan 
protsess va hodisalarga aylantira olishni ta’kidlamoqdalar. Bunga texnik vositalar 
insonning sezgi a’zolariga qaraganda yaxshi idrok etishi va shu bilan birga tadqiq 
qilinayotgan protsess va hodisalarni bevosita kuzatish uchun zaruriy tezlik va 
aniqliqda qayd qilish imkonini berishi mumkin. 
Texnik vositalar o’rganilayotgan hodisalarni yuqori ob’ektiv aniqliqda aks 
ettirib, keyin ularni sezgi organlari bilan to’la boshlang’ich ma’lumotlar olish 
uchun zaruriy tezlik va fazoviy masshtabda takrorlash imkonini beradi. Har bir 
bioelektrik priborlar tufayli inson organlarining fiziologik holati muhim
ma’lumotlarni olish va shu tarixa mehnat harakatini boshqarish protsesslarini 
ochishga yaqinlashish mumkin. 
Ta’lim-mehnat protsesslarini tadqiq qilishga texnik vositalarni qo’llab, faqat 
sifat emas, balki miqdoriy analiz qilish uchun va etarli ishonchli ma’lumotlar olish 
mumkin. Ta’lim mehnat protsesslarining boshqa pedagogik protsesslarga nisbatan 
afzalligi shundan iboratki ular ko’p jihatdan va o’lchashga bo’ysinadi. Buni, agar 
metodlarni o’rgatish protsessini tadqiq qilinsa, ishonchli ko’rsatish mumkin. 
Metallarni egovlash operatsiyasini egallashda eng qiyini egovni muvozanatda 
tutish, ya’ni uni berilgan tekislikda to’g’ri harakatlantirishni o’rganish ekani 
ma’lum. Egovning berilgan tekislikdan (masalan, gorizontaldan) ishlov 
berilayotgan sirtda o’yidim-cho’kur hosil bo’lishiga, ishlov berish aniqlikning 
pasayishiga sabab bo’ladi. 
Egovni o’rganish-usullarini bajarishga halal beradigan faktorlarni bartaraf 
qilishni o’rganishdan iborat ekanligi aniqlandi. Bunday faktorlar jumlasiga 
muskullarning plastikligi, ularning dastlabki vaziyatlari va fiziologik holatlari, 
ishlov berilayotgan materialning qarshiligi va hakozalar kiradi. Ish sur’ati 
pasayganda bu faktorlarning salbiy ta’siri kamayadi, shu sababli mehnat 


39 
harakatlarini to’g’ri bajarish oson bo’lib qoladi, ammo bunda bu faktorlarni 
bartaraf qilish va normal sur’atda mehnat usullarini to’g’ri bajarish malakalari 
shakllanmaydi. Demak, sekinlashtirilgan sur’atdagi mashqlarning muvaffaqiyati 
uchun muhim shart sifatida qarash mumkin. 
Hozirgi mehnat ta’limi metodikasining rivojlanishi shu bilan harakterning 
rivojlanishi shu bilan harakterlanadiki, unda mehnat ko’nikma va malakalarini 
shakllantirishda ongning etakchilik rolini ta’minlash uchun shart-sharoitlar 
yaratiladi. Bunga avvalo o’quvchilarni o’z mehnat va uni boshqarishga maksimal 
qatnashtirish tufayli erishiladi. 
O’z-o’zini kontrol’ qilish va boshqarish asosida teskari aloqalar sismavzusi 
yotadi, bu sismavzu bajarilayotgan faoliyatni, uning borishi va natijalarini baholab 
kontrol’ qilish imkonini beradi. O’z-o’zini aktiv kontrol’ qilish asosida sekin-asta 
bajariladigan faoliyatni, aniqlash mashqlar protsessining asosiy psixologik 
mazmuni hisoblanadi. Shu bilan birga o’zini-o’zi kontrol’ qilish, hamma turdagi
ko’nikma va malakalarning shakllanishi uchun zarur shart va ta’limning asosiy 
vazifalaridan biridir. O’z-o’zini kontrol’ qilishni o’rganish butun bilim, ko’nikma 
va malakalar sismavzusining o’z ichiga oladi. Shuning uchun ham mehnat 
ta’limida alohida e’tiborni talab qiladi. Tekshirishlar o’z-o’zini uzliksiz kontrol’ 
qilish, uning aktiv va ongli harakterda bo’lishi muhim ekanligini, shuningdek, 
kuzatish parametri to’g’ri tanlansa o’z-o’zini kontrol’ qilish samaradorligi ortishni 
va faoliyat obrazining ob’ektivlashuvi maxsus texnik vositalar bilan ta’minlashini 
ko’rsatadi. Shu maqsadda, keyingi yillarda trenajyorlar tipidagi har xil 
moslamalardan tobora ko’proq foydalanilmoqda, bu trenajer o’quvchilarga o’z 
mehnat faoliyatlarda berilgan parametrlar (kuch, fazoviy yoki tezlik) dan 
chetlanishlarni idrok qilish, ya’ni o’z-o’zini kontrol’ qilish uchun sharoitlar 
yaratiladi. Bunday moslamalardan ikkitasi metallarga ishlov berishni o’rganish 
metodikasi haqidagi bo’limda ko’rsatilgan. 
Trenajyorlar tipidagi moslamalarni qo’llanishning maqsadga muvafiqligi 
shubhasizdir, ammo ularni qo’llash metodikasini yanada chuqurroq o’rganish 
lozim. 


40 
Ko’pchilik metodistlar trenajyorlarni vaqti-vaqtida o’z-o’zini kontrol’ qilish 
uchun qo’llash kerak, deb biladilar. 
Hozirgi vaqtda mehnat ta’limida o’quv texnik hujjatlarni qo’llashga katta 
ahamiyat berilmoqda. Yozma grafik instruktsiyalarning bir necha asosiy formalarni 
qo’llashning maqsadga muvafiqligi maxsus tekshirishlarda va amaliyotda 
isbotlangan bo’lib ular instruktsiya kartalari va karta topshiriqlardan iborat bo’lib, 
ularning mazmuni ta’limning davricha, ishlab chiqarish malakalari qanday 
shakllanayotganligi va pedagogik protsessida qanday o’rin tutishiga bog’liq holda 
turlicha bo’lishi mumkin. Instruktsion texnologik hujjatlarning uch tipi ayrim usul 
va operatsiyalarni bajarish uchun ta’limiy-instruktsion kartalarni alohida operatsiya
va kompleks ishlarni bajarishga mo’ljallangan instruktsion texnologik kartalarni 
ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik kartalarni qo’llash tavsiya etiladi. 
Ta’limiy-instruktiv materiallar ishlab chiqarishda texnik hujjatlar keng 
qo’llanishi sababli bir tomondan ishlab chiqarish tajribasini, ikkinchi tomondan esa 
o’quv topshiriqlarini hisobga olib tuziladi. 
Ta’limiy – texnik hujjatlarida ishlab chiqarish hujjatlarida qo’shimcha 
ma’lumotlar (o’quv uchun mehnat usullarini bajarishga, braklarning oldini olishga 
doir instruktsiya va boshqalar) kiritiladi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish