Men1 : - Demak qolgan oltita fan talaba uchun kerak emas ekanda ?
Men2 : - Yo’q kerak emas desak xato bo’ladi. Chunki inson uchun kerak bo’lmagan fanni o’zi yo’q. Qolgan oltita fan esa xozirgi sharoitda biz uchun zarur emas. Chunki talabalarga o’tilayotgan fanlarni ko’pini amaliyotga qo’llash o’rgatilmaydi. Men bu gapim bilan qolgan oltita fanni hammasi shunday demoqchi emasman. Lekin yangi metodlardan foydalanilayotgan fanlardan ko’ra, eski metodlardan foydalanilayotgan fanlar ko’proq deb o’ylayman. Albatta bular mening shaxsiy fikrim.
Men1 : - Siz tahsil olayotgan yo’nalish kompyuter injineringi yo’nalishi hisoblanadi. Nima uchun tehnikaga oid fanlarni ham qolgan oltita fan ichiga qo’shib yubordingiz.?
Men2 : - Yaxshi savol . Agar yuqorida gapimga e’tibor ergan bo’lsangiz qolgan oltita fan xozirgi sharoitda bizga zarur emas dedim. Ya’ni xozircha bu fanlarni o’rganish biz uchun zarur emas. Nima uchun buday desa, xozirgi o’qitish metodikasida talabaga bilim emas ma’lumot o’rgatilyabti. Matematikada turli formulalar, misollarni yechish o’rgatilyabti, lekin hayotda undan qanday foydalanish o’rgatilmayabdi. Hayotga tadbiqi ham mayli qaysi dasturiy ta’minotlarda ulardan foydalanish ham o’rgatilinmayabti. Bizga fizikadan ilk darsda, bu fan biz uchun nimaga kerakligi tushintirilgandi. O’shanda fizikani o’rganishdan maqasad kompyuter qanday tuzilgan, u qanday fizik qonunlarga asosan ishlaydi degan savollarga javob topish deyishgan edi. Lekin biz hali fizikada ushbu savollarni birortasiga ham duch kelmadik.
Endi siz o’ylashingiz mumkin, demak fan o’qituvchilari yaxshi emas ekanda deb. Yo’q unday emas. O’qituvchilar rostdan ham kuchli. O’z fanining mutaxassisi deb bilaman. To’g’iri ularda ham ba’zi kamchilik bordir, chunki kamchiliksiz insonni o’zi yo’q. Lekin ularga yaratilib berilgan sahroitlardan men qoniqmayman. Misol tariqasida fizikadan labaratoriyani olaylik. Birorta bir zamonaviy uskunani hali ko’rganimiz yo’q. Ustozimizning aytishlari bo’yicha hali bizning universitetimizga labaratoriyalar berilmagan. Labaratoriyadagi jihozlar esa ustozlar tomonidan qo’lbola qilib yasalgan. Bu holatda ustozlarni ham tushuninsh kerak labaratoriya yetishmasligi, kompyuterlar yetishmasligi, proyektorlar yetishmasligi ularning aybi emas.
Yuqoridagi muammolar tufayli ayrim talabalar imtixonlardan yiqilmoqda va qayta o’qish uchun qo’shimcha pul to’lashmoqda.
Axir o’zingiz o’ylab ko’ring miyyadagi quruq ma’lumotlarni kimga keragi bor. Shu ma’lumotlar kitoblarda ham borku. Insonda ham ma’lumot, bilim bor, kitobda ham ma’lumot, bilim bor. Lekin insonni kitobdan farqi shundaki, kitob o’zidagi bilimni ishlata olmaydi, inson esa uni ishlata oladi. O’z bilimlarimizni amaliyotga qo’llay olmas ekanmiz , bizni kitobdan nima farqimiz bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |