Kapalak
M. Murodov
Bahromjonning tili biyron chiqqan bolsa ham, hali kop narsalarning nomini bilmasdi. Bir kuni u yugurib uyga kirdi-da, Bahodir akasining qolidan tortqilay boshladi. Menga ham yopishdi. «Yuringlar, kattakon kapalak». Hovliga chikdik. Yolakda bir chumchuq bola yotardi. Inidan tushib ketibdi. Ogzini kappa-kappa ochadi. Olib qarasam, bir oyogi singan. Bahodir ikkimiz vrachlik qildik. Qushchaning singan oyogiga qogoz orab, ip bilan yaxshilab boglab qoydik. Goyo taxtakachladik. Iniga qoyaylik desak, bugotning ichiga qol sigmaydi. Oz aqli bilan kirib ketmaydi. Tagin mushukka yem bolmasin, deb botinka qutichasiga solib, uy tokchasiga qoydik.
Bahodir pashsha tutib berdi. Bahromjon non uvoq bilan mehmon qilib turdi. Qushcha kundan-kun osib, qutichadan chiqib, uy aylanadigan bolib qoldi. Bazan ona chumchuqning ovozini eshitib, chirqillab qoyadi. Bahromjon esa kapalak gapiryapti, deb sevinchi ichiga sigmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |