Havo, suv va yer usti transporti
Kemacha
Zuhra Roziyeva
Bir yosh kemacha bolgan ekan. U dengizda bemalol suzar, shox tolqinlar singari quvnoq va begubor ekan. Faqat kemachani bir narsa tashvishga solarkan. U qanday qilib hushtak chalishni bilmas ekan. Kemacha suzib ketayotib, kirgoqda turgan kuchukchani korib qolibdi.
- Kuchukvoy, men qanday qilib hushtak chalsam ekan-a? Hushtagimga hamma qarasa, mening tolqinlararo bemalol suzishimni, suvda qanday uchshpimni korib maza qilsa, degandim.
- Vov-vov-vov, deb kor-chi, - debdi kuchukcha.
- Bolalar bu ovozdan korqib ketadiku, bolmaydi, - debdi kemacha.
Kemacha aylanib-aylanib mushukchani korib qolibdi.
- Baroqvoy, men qanday hushtak chalsam ekan, maslahat bergin.
- Miyov-miyo-miyovga teng keladigan hushtak bolmasa kerak, - debdi miyovlab mushukcha.
- Unda odamlar men emas, mushuk kelayapti deb oylashadiku, bolmaydi, - debdi xomush tortgan kemacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |