Men tug’ilgan yurt
Qo’shrabot tumani ya’ni men tug’ilgan yurt, yer yuzining sayqali a’zim Samarqand viloyatining chekka hududi, Navoiy viloyati Nurota tumanining chegarasida joylashgan. Bu tuman ilk bor 1943-yilda tashkil topgan bo’lib, markazi Oktiybr qishlog'i bo’lgan. 1944-yilga kelib tuman markazi Qo’shrabot shaharchasiga ko’chirilgan. 1958-yilda bu tuman Oktiyabr, Saroy, Jo’sh, Pangat, To’sin, Qo’shrabot kabi qishloqlarga ega bo’lgan. 1978-yil 3-aprelda Qo’shrabot rasman tuman etib belgilangan.
Endi esa Qo’shrabot so’zi qanday ma’noni anglatadi?, Qo’shrabotning tarixiy yuksalishi qanday kechgan?, Hozirgi zamonaviy Qo’shrabot qanday? kabi savollarga javob beramiz.
Qo'shrabot tumani Oktiyabr qishlog’da 2 ta karvonsaroy bo’lib bir biriga yonma yon joylashgan. Ul karvonsaroyda uzoq yaqindan kelgan karvonlar dam olishar, oziq-ovqat g’amlashar, savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishar edi. Shuningdek karvonda g’alla, mayiz, kabi maxsulotlar va matolar bo’lgan. “Qo’sh”-juft, “rabot”-shahar,joy ma’nosini anglatib Qo’shrabot so’zi ham shu so’zlardan kelib chiqqan.
Qo’shrabot tumaninig chegaralari: Sharqdan Payariq, janubdan Ishtixon va Kattaqo’rg’on tumanlari, g’arb va shimol tomonidan Novoiy viloyati Nurota tumani, janubi g’arbdan Xatirchi tumani, shimoli sharqdan Jizzax viloyati joylashgan.Maydoni 1,11ming km kv. Umumiy aholisi 120 ming bo’lib, markazda yashovchi aholi soni 20 ming kishidan iborat. Aholining asosiy qismi o’zbeklar, Shunungdek qozoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashashmoqda. Aholining o’rtacha zichligi 1km kv da 84 kishi to’g’ri keladi.
Tabiati: Tuman Nurota tog’lari va tog’oldi hududidan iborat. Iqlimi tog’ tepalari va yon bag’irida nisbatan salqin, tog’ etaklari va botiqlarida yoz issiq va quruq, qishi unchalik sovuq bo’lmaydi. Yog’ingarchilik asosan bahor va qishda bo’ladi. Bu fasllarda tog’larda oqar suvlar hosil bo’lib, yoz faslida soylar qurib qoladi. Tog’ va tog’oldi hududlarida buloqlar ham mavjud.
Xo’jaligi asosan chorvachilik, g’allachilik qisman bo’dorchilik va uzumchilikdan iborat. Uzumchilikda ham bir qancha ishlar olib borilga bo’lib, ulardan biri agranom Suyarov Sirliboy Mardiyevichdir u uzumning “gigant” navini yaratib xo’jalikka o’z hissasini qo’shgan. Chorvachilikning asosiy qismi esa qorako’lchilikdir. Hozirda parrandachilikka ham e’tibor berilib “tovuq, tuyaqush, o’rdak” kabilar boqilmoqda.
Qazilma boyliklari: Oltin, kumush, marmar va boshqa qurilish materiallari qazib olinadi. Asosan oltin qazib olishga asoslangan Zarmitan OQOK Zarkent shaharchasida 1958-yilda ochilgan, bugungi kunga kelib keng tarmoqlangan. Qayta ishlab chiqarish zavodi 2013-yilda qurilgan bo’lib, u shu shaxarchaning o’zida joylashgan.Kon 1 000 lab ishchilarni ish bilan band qilgan. Konchilik sohada geologlarning hissasi katta, ular minerallarni qidirib topish bilan shug’ullanadilar, shuningdek zavodda labaratoriya xonalari ham mavjud bo’lib minerallarning sifatini tekshirish uchun xizmat qiladilar. Bundan tashqari ishchilarning sog’lig’iga katta e’tibor berilib, tibbiyot punktlari ham tashkil etilgan. Favqulotta hollarda tez tibbiy yordam shu yerning o’zida ko’rsatiladi. Bu tumanda yirik, o’rta, kichik korxonalar va mikrofirmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Yana shuni ham aytish kerakki tumanimizda bir necha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, 90 ga yaqin maktab, tibbiyot markazlari, shifoxonalar, stadionlar, sport maydonchalari, ma’daniyat uylari, musiqa va san’at maktablari ham faoliyat yuritmoqda.
Qo’shrabot tumanida Baliqchi ota(Pichot qishlog’ida joylashgan bu yerda buloq bor bo’lib atrofi hovuz qilingan ana shu hovuzda baliqlar ham mavjud), Ergashjumanbulbul(Jo’sh qo’rg’onida yashagan baxshiota o’zidan bir necha madaniy boyliklar qoldirgan. Bobomizning xotirasiga bag’ishlab haykal va muzey qurilgan), Domla Kamoliddin(Pangat qishlog’da yashagan bo’lib umrini ilm ma’rifaatga bag’ishlagan olim. Ziyorat qilish uchun maxsus joy tashkil qilingan.) va shu kabi bir nechta ziyoratgohlari bor. Mahalliy aholi tomonidan ziyorat qilinadigan ushbu ziyoratgohlarda hali turizm yaxshi rivojlanmagan. Obodonlashtirish ishlari ham shu mahalliy aholi tomonidan olib boriladi.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan kitobxonlikka, ilmga katta e’tibor berilmoqda. Bizning tumanda ham shoir va shoiralar, hikoyanavislarni ko’plab uchratamiz. Ulardan Ziyoda G’aybullayeva, Xojaroy Jontayeva, Ravshan Fayz, Quvondiq Siddiq, Sobir Unar va hk. Shuni ham aytib o’tish kerakki Yozbuloq qishlog’ida xalq og’zaki ijodiga bag’ishlangan folklyor ansanbili ham faoliyat yuritmoqda.
Bag’ring oltinlarga makon, Qo’shrabot,
Hali yozilmagan doston - Qo’shrabot.
Ne baxtki, berilmish kuychi qizingga
Seni kuylamoqqa imkon Qo’shrabot.
Sen uchurma qilgan polaponlaring,
Bugun yurtni so’rar ko’p insonlaring,
Bag’ring bezab turar oltin konlaring,
Obro’ying misoli osmon, Qo’shrabot.
Sodda tanti elim, mexnatkash elim,
Quvlikni bilmagan jafokash elim,
Yelkalarni yag’ir, zaxmatkash elim
Ko’ksimdagi mangu armon – Qo’shrabot!
Oppoq qorlar yog’sin adirlaringga,
Tangrim sabr qo’shsin sabrlaringga,
Bosh egay har neki amrlaringga,
Bag’ri keng, saxiy yurt, mezbon- Qo’shrabot!
Ushbu misralar shoira ustozimiz Xojaroy Jontayeva qalamiga mansub.
Samarqand Veterinariya Meditsina Instituti, Veterinariya proflaktikasi va davolash fakulteti 110-guruh talabasi Ulasheva Lola tomonidan tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |