“MEN SEVGAN ASAR” MAVZUSIDA YOZGAN INSHOSI
REJA:
I.KIRISH. “IKKI ESHIK ORASI”
II.ASOSIY QISM
Mening sevimli asarimning muallifi Otkir Hoshimov haqida bir og’iz so’z
“Ikki eshik orasida” romani o’zbek xalqining matonatini o’zida jamlagan bitikdir.
Roman qahramonlarining o’ziga xos fazilatlari
III. XULOSA
Avvalam bor, sevimli asarimning dunyoga kelishiga sabchi bo’lgan inson haqida bir og’iz aytib o’tsam. Bu asar ya’ni “Ikki eshik orasi” asari 1986-yilda O’tkir Hoshimov tomonidan yaratikgan. Ijodkor 1941-yilda 5-avgust kuni Toshkentning Do’mbrobot degan joyida tug’ilgan. O’quvchilik chog’laridanoq ijod bilan shug’ullangan. Adib o’ndan ortiq roman va qissa ko’plab tasirchan hikoyalar, bir necha sahna asrlari muallifi hisoblanadi. U dastlabki yirik asari bilan ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan. Biz maktabda bu ijodkorning “Bolaning ko’ngli podshox” hikoyasini va “Urushning so’ngi qurboni” hikoyalarini o’rganganmiz. Shu jarayonda ijodkorning asarlariga mehr qo’yganmiz. Keyinchalik uning ko’plab asarlarini o’qib chiqdim, jumladan ularning ichida “Ikki eshik orasi”da romani ham bor. Bu asar mamlakatimizda ham chet ellarda ham sevib o’qilishiga ishonchim komil.
Bu asar o’tgan davr mobaynida bir necha bor nashr etilgan. Roman nisbatan qisqa fursata olti marta, uch yuz mingdan ortiq nusxada nashr qilingan. Ushbu roman Toshkent yaqinidagi qishloqlarning birining chorak asrlik hayoti haqida hikoya qilishi asnosida butun o’zbek xalqining urush yillaridagi matonatini va jasorati tasvirlanadi.
Undagi voqealar urush arasfasida boshlanadi, urush yillarida va urushdan keying davrda davom etadi, 1966-yildaga Toshkent zilzilasi bilan tugaydi. Bu asar bir qator o’ziga xosliklarga ham ega. Muallif birinchi navbatda, urushni qoralaydi, uning insoniyat boshiga og’ir kulfatlar olib kelishi mohiyatini ochib beradi, uning jarohatlari odamlarga ozor yetkazishini ko’rsatadi. Shu bilan birga muallif oddiy odamlarning ayniqsa, urush yillarida yorqin bo’lgan fazilatlarini, Vatanparvarligi, bardoshi matonatini ko’rsatadi.
“Ikki eshik orasi” asaridagi qahramonlar ham bir -birini to’ldirib asarga o’zgacha ko’rk bag’ishlagan. Asardagi Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabi qahramonlar o’zining yorqin fe’l atvori, ajabtovur qiliqlari va fazilatlari bilan barchamizga o’rnak bo’la oladi. Muallif ayniqsa Orif oqsoqol obrazini juda yorqin yoritib bergan. U ayni chog’da, haqiqatni yuziga aytishdan cho’chimaydigan shartaki, jasoratli odam. U odamlarni baholashda o’z me’yoriga ega odamning belida belbog’i bo’lishi kerak degan aqidaga amal qiladigan mard, insonlardan biridir. Belbog’ uning uchun huddi ota –bobolarimizdek mardlik tantilik, odamiylik belgisi.
Romanda Kimsan Xusanov obrazi ham ajoyib. U mard, tanti oriyatli yigit, ammo u urushda halol bo’ladi. Ammo o’limi oldidan ham jasorat ko’rsatib bir necha fashistlarning kapitanini o’zi bilan birga suv tubiga g’arq qilib olib ketadi. Asardagi ayol obrazlari ham bir-birini to’ldirib o’zbek ayolining matonatini yaqqol ochib bergan. Qora amma esa juda mehribon farzandlari uchun jonini ham berishga tayyor ona obrazini yoritadi. Robiya esa soflikni, halollikni, va ma’naviy barkamollikni juda yaxshi ochib bergan.
Romanning asosiy qahramonlaridan biri bo’lmish Muzaffar Shomurodov va Munavvar Aliyevalar o’sha mashum urushning qaysidir ma’noda qurbonlari bo’lishdi. Urushdan keyin tug’ilgan bu ikki yosh bir-birini samimiy sevadi. Ammo ular keynroq ko’kaldosh bo’lib chiqishadi. Romandagi yana bir asosiy qahramonlardan biri Shomurodovning xotini Ra’no edi. Xalqimizda bir naql bor guruch kurmaksiz bo’lmas deganlaridek, Ra’no ham o’zining eriga hiyonat qildi. U subutsiz o’ylamay o’z baxtini asrab avaylamaydigan ayol bo’ldi. Shuni xulosa qilish mumkinki bu asar hayotiyligi bilan tabiiyligi bilan ajralib turadi. Bu roman xalq hayotining muhim jihatlarini ochib berishi odamlarimizning go’zal va barkamol ma’naviy qiyofalarini ko’rsatishi bilan katta badiy qiymat kasb etadi. O’zbek mintalitetini ochib bera olgan, insoniy qarashlarga, mehr madaniyatga ega bo’lgan oliy janob o’zbek xalqining turmush tarzini nasriy chizgilar bilan ko’z oldimizda jonlanishiga sabab bo’lgan asar. Asarda to’qqiz qahramoning tilidan yozovchi davr qiyinchiliklarini yengib o’tayotgan xalqning o’tmishini provardida urushni qoralab yorita oldi.
Asar so’ngida baxtsiz tasodif tufayli Sut bir akasini yaxshi ko’rib xato qilib qo’ygan qiz taqdiri. O’z sevgisini jilovlay olmagan ikki yosh to’ydan avvalo gunoh qilib qo’yishgani va bu gunohning badali og’ir bo’lishini bilmas edilar. Lekin baribir bosh ayibdor urush bo’lgani bilan ikkinchisi ularning shoshqoloqliklari edi. Asar so’ngida qahramonlari ikki eshik orasida qolib ketishadi. Uylanmastlikka iloj yo’q uylanay desa Sut bir singlisi….Ikki eshik orasi. Umuman har bir taqdir bir qahramon tasurotini qoldirdi. To’g’ri yoqimtoy lekin bezori. Munavvar esa taqdir. Muzaffarga yo’liqtirgan qiz sifatida tasurot qoldiradi. Asarda menga eng yoqqan qahramonlar Kimsan va Ochilboy edi. O’z axdiga sobit qolib qahramonlarcha halok bo’lishganlari(albatta halok bo’lishganlilari yoqmaydi) vas of o’zbek yigitlarining ahdi shijoati va muhabbatini yoqtirdim. Ular o’zbek ayoli nomiga munosib insonlar bo’lib xotiramda qoldi. Umar Zakonchi va Ra’nolar bir-birlariga munosib qilib yaratildi Zakunchi shu ayolga ilakishib o’z amalidan judo bo’lgan bo’lasa, Ra’no axdiga xiyonati tufayli zolim erning qo’lida umr kechirdi. Orif oqsoqol va Duma chol, Orifboy, Komil tabib, Lazakat xola Fotima Zuhra kelinlar Xolposh xola….Umuman asar qahramonlari har bir qahramonlariga o’zgacha konstrast berib turibdi.
Shomurod esa urushdan bitmagan yaralarini tan va qalbida ko’tarib yurgan yagona tirik qahramon. Ikki eshik orasi asarini ikkinchi bor o’qishim. O’tkir Hoshimov asarlari o’zbekona lutfga burkanganligi va insonni tarbiyalay olishi kabi qudratga ega bo’lgan asarlar oshishi mumkin bo’lgan asarlardir. Asarni o’qigach o’z taningizda bir o’ylan ko’ring urush bo’lmagan zamonda ikki eshik orasida biz umrimizga qanday dasxat yozib ketmoqdami…
Ikki eshik orasi urush ofatlarining tasirini his qilmoqchi bo’lgan kitobxonlar uchun.
Anotatsiya: O’tkir Hoshimovninng “Ikki eshik orasi” asarida folklor manunalari keltirilgan bo’lib ularda xalqimiz ma’naviy qiyofasi miliy qadryatlari milliy mintalitet o’z aksini topgan, garchi bu asar sujetiga oq’zgartirish kiritmagan bo’lsa-da asarning yurakka yaqin va jonli chiqishida kata o’rin egallaydi .
O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani asosan urush yillari qiyinchiliklari front va front orti azoblari muhabbat va nafrat, ochlik va qahadchilik turli qatlam vakillari tilidan yozuvchi asardagi voqealarni kichkina bola nigohidan tortib to qari insonlar dunyo qarashigacha har birining ichiga kirishib yozadi. Bola tilida so’zlaganda kichkina Muzaffarning dunyosida ayol xis tuyg’ularini tasvirlaganda Robiya Ra’no, Zuhra kelinlarining dunyosiga aylanadi. Mana shu personajlar yanada oydinroq aks etishd aasarda folklorning o’rni juda katta.
Bilamizki, bolalar dunyosini turli o’yin qo’shiqlari, tez aytishlar, tegishmachoq chorlama va masxaralamalarsiz tasavvur etish qiyin.
Muallif asarda Muzaffardagi shoxlik, qiziquvchanliklarni sinfdoshi Munavvarga qarata aytgan masxaralama oraliq tasvirlaydi. Bilasanmi sen kimsan Minavarsan ! Minavar , Minavar chontagida nima bor? Sichqonning ini bor, kalamushning dumi bor ! dumingni bir ko’rsat. Yoki ma’lum bir guruhga qarata aytiladigan sof bolalik raqobatlari 17-bobda 1-sinf o’quvchisi Muzaffar Shomurodov hikoyasida namoyon bo’ladi.
Tanaffusda 2-sinf bolalari bizni masxara qilishdi. Hammasi baravar qarsak chalib ashula aytdi
Birinchi chol, otga beda sol,
Oting yemasa chaynab sol.
Avvaliga alam qilib yurdiyu Ma’suda opa bizni yupatdi. O’zlariham bultur birinchi chol edi qo’yaveringlar !
O’shandan buyon tanaffusda ikkinchilar bilan o’ynamaymiz O’tkir Hoshim bolalar dunyosini ochib berishda faqat holat tasviriga emas balki ularga xos soddalikka asoslangan folklorga murojat etadi. Yozuvchi asarda chinakkan ma’noda o’zbek xalqi urf –odatlarini yorita olgan. Jumladan chaqaloqni beshikka belash marosimining tasvirlashi o’zbeklarga chaqaloqqa e’tiborning naqadar kuchli kuchliligidan uni turli ins-jinslardan, har xil ko’zlardan saqlash maqsadida qilinganidan dalolatdir.
Qolaversa, ushbu marosin odatlari xalqimizning azaldan totemlarga, animizmga ishonishlarini yaqqol ko’rsatadi.
Ammo xokandozda tutib turgan isiriq ko’tarib kiradi. Harsillab nafas olgancha allanimalar deb pichirladi, beshik atrofida xokandozni aylantirdi. Lazokat kulchani beshik boshida qo’ydida ustki yostiqchani tashladi. Isriq O’zbeklarda turli baloqazolardan asrovchi o’simlik sifatida tutatilgan qolaversa tibbyot nuqtai nazaridan ham ushbu o’simlikning turli viruslarga qarshi eng yaxshi dori ekanligi aniqlangan. Non esa chaqaloq beshigini turli ins-jinslardan asragan bolaning rizqi butun bo’lishini istagan yaqinlari uni yaxshi niyatda boshi ostiga qo’yishgan.
“Lazokat xola ukamni asta ko’tarib, negadir beshikka kondalang yotqizmoqchi bo’ldi.
Qayyoqa yotqizay ! –deb so’radi baland ovozda –shu yoqqami ? Xotinlari chuvillashib ketishdi.
Yo’q ! yo’q ! Lazokat xola endi ukamning oyog’ini yostiq tomonga aylantirib yotqizmoqchi bo’ldi.
Buyoqqami ?
Xotinlar kula-kula battar chuvillashdi. Yo’q ! yoq!
Iya Lazokat xola qanaqa o’zi ! yostiq qayerdaligini bilmaydimi ? Ukam yig’lab yotibdi-ku, bular kuladiya! Endi jaxli chiqib turgan edi Lazokat xola nihoyat chaqloqni qanaqa yotqizish kerakligini tushundi. Ukamni to’g’ri yotqizdi.
Xotinlar qiy chuv bilan tasdiqlashdi –shu yoqqa !
Lazokat xola oyoq qo’llarini pitirlatib yig’layotgan ukamni chaqqonlik bilan bog’ladi-da duo qildi.
Iloyo umring uzoq bo’lsin ! baxli bo’lgin Insofli tovfiqli bo’l “Mehnatkash bo’l”
Yozuvchi tasvirlagan chaqaloq belash marosimi asar sujetiga biror burulish yoki o’zgartirish kiritmagan bo’lsada u O’zbekona mintalitet iforini taratib turadi. Asar mazmunini bezaydi. Muallif o’z dunyosi, atrofidagi sferadan chetga chiqmaydi qayta oddiy axloq hayotini ko’rsatib beradi. Bundan tashqari asarda to’y marosimlari sovchilikka borish udumlari, yor- yorlar , qochirimlar qolaversa, motam qo’shiqlari ham mavjud bo’lib bu nafaqat bugungi avlodlarga, balki keying valodlarga ham an’anaviy, ham milliy o’zlikni anglashni o’rgadi. Xalq og’zaki ijodida saqlanga boy tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” “MERIYUS” Toshkent -2011
Do'stlaringiz bilan baham: |