Men sevgan asar



Download 0,81 Mb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#246058
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5325761259516203331

Odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, hikoyasi, ertagi boʻladi. Menga negadir tarixiy mavzudagi asarlar yoqadi. Balki bu mening dunyo taraqqiyotiga yuksak xissa qoʻshgan ajdodlarim hayotiga, yurtimiz oʻtmishiga boʻlgan qiziqishim tufaylidir. Ana shunday asarlardan biri shox va shoir temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yulduzli tunlar” romani. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning bu asari har doim stolim ustida turadi. Boʻsh qoldim deguncha uni varaqlagim, buyuk vatandoshim taqdirini oʻrgangim kelaveradi. Mohir yozuvchi Pirimqul Qodirov bu asarni juda katta mehr va mahorat bilan yozgan. Uni oʻqir ekanman oʻrta asrlardagi Movoraunnahr, Andijon, Ahsi, hatto qadimiy Shosh koʻz oldimda bor boʻyi basti bilan gavdalanadi. Yurtimning oʻtmishda ham baʼzi soxta tarixchilar taʼriflagandek gʻarib emas, aksincha gullab yashnagan, ilmi urfon makoni boʻlganini his qilib yuragimda qandaydir fahrmi, quvonchmi uygʻonadi.

  • Odamning ich-ichidan sevgan, yoqtirgan bir asari, hikoyasi, ertagi boʻladi. Menga negadir tarixiy mavzudagi asarlar yoqadi. Balki bu mening dunyo taraqqiyotiga yuksak xissa qoʻshgan ajdodlarim hayotiga, yurtimiz oʻtmishiga boʻlgan qiziqishim tufaylidir. Ana shunday asarlardan biri shox va shoir temuriy sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi “Yulduzli tunlar” romani. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning bu asari har doim stolim ustida turadi. Boʻsh qoldim deguncha uni varaqlagim, buyuk vatandoshim taqdirini oʻrgangim kelaveradi. Mohir yozuvchi Pirimqul Qodirov bu asarni juda katta mehr va mahorat bilan yozgan. Uni oʻqir ekanman oʻrta asrlardagi Movoraunnahr, Andijon, Ahsi, hatto qadimiy Shosh koʻz oldimda bor boʻyi basti bilan gavdalanadi. Yurtimning oʻtmishda ham baʼzi soxta tarixchilar taʼriflagandek gʻarib emas, aksincha gullab yashnagan, ilmi urfon makoni boʻlganini his qilib yuragimda qandaydir fahrmi, quvonchmi uygʻonadi.
  • Oʻn ikki yoshida toji taxt tashvishi boshiga tushgan Boburning irodasiga qoyil qolaman. Bu asarda muallif oʻn beshinchi asrda yashagan xalqimizning turmush tarzi, dunyoqarashi, kiyim-kechaklari, uy-joylari hatto shevasini ham juda aniq, qiziqarli taʼriflaganki, beixtiyor oʻzingni ular orasida xis qilasan.
  • Romanning men uchun eng ibratli jihati, Zahiriddin Muhammad Boburning oʻz maqsadi yoʻlida turfa qiyinchiliklarga, taqdirning beshafqat zarbalariga mardona dosh berganligi. Garchi Boburni oʻz yurtiga sigʻdirishmagan, shu bois “boshini olib bir sorigʻa” ketgan boʻlsa-da, u kindik qoni toʻkilgan diyoridan yuz oʻgirmadi. Butun umr yurtini sogʻinib, unga intizor boʻlib, unga talpinib yashadi. Unga aslo yomonlik tilamadi. Vatan ona, onadan esa arazlab boʻlmaydi, degan aqidaga amal qildi. Oʻz sheʼrlarida bu mehrni, sogʻinchni takror-takror izhor qildi. Yana bir eʼtiborli jihati shuki, bobomiz yon-atrofidagilardan kimda-kim vataniga qaytishni istasa qarshilik qilmagan, oq yoʻl tilab ruxsat bergan. Ha, tengdoshim! Bizning alloma bobolarimiz nafaqat soʻzda, amalda ham avlodlarga ibrat boʻlguvchi ishlarni amalga oshirgan. Bugun “Yulduzli tunlar” romanining davomi “Avlodlar dovoni” asarini oʻqishga kirishar ekanman, adabiyotimizni shunday bebaho asar bilan boyitgan, buyuk shoh va shoir bobomiz Bobur hayotini kitobxonlar koʻz oldida toʻliq va goʻzal tiklab bergan zahmatkash adib P. Qodirov ruxi oldida bosh egaman. Chunki moziyga qaytib ish koʻrishlik hayrli, deydilar. Bizga hech kimdan kam emasligimizni va kam boʻlmasligimizni, kimlarga qarab qaddimizni tiklashni koʻrsatib bergan bunday asar abadiyatga dahldor.

Xulosa

  • Men shu asarlarni o’qib chiqib shuni angladimki har bir inson yetuk shaxs bo’lishi uchun avvalo dunyo qarashini kengaytirish lozim va buni amalga oshirishni eng maqbul yo’li bu kitob mutola qilish.Shundagina insonni dunyoga va atrofidagi insonlarga va sodir bo’layotgan voqealarga bo’lgan nigohi va ularga beriladigan fikr va xulosalari butunlay o’zgaradi deb o’ylayman.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish