"Men na'munali harbiy oila bekasiman" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi miqyosida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan "Balli ayollar" ko'rik tanlovi
Ssenariysi
Boshlovchi: Mayliga ayolni o'ramang zarga
Uning uchun qurmang go'zal tojmahal
Oltin ostonali qasrdan ko'ra
Muruvaat e'tibor afzal
Ayolni yirakdan seving ardoqlang
Avaylang ko'zingiz gavhari kabi
Parvarish qilsangiz nozik gul misol
Xamisha yashnaydi bahor singari
Boshlovchi: Assalomu Aleykum! Aziz yurtdoshlar, muhtaram mehmonlar va bizni zangori ekran orqali ko'rib turgan qadrli teletomoshabinlar.
Yana bir bora Assalomu Aleykum deymiz jonajon O'zbekistonimiz tinchligi va osoyishtaligini ko'z qorachig'idek asrayotgan qadrli vatanimiz posbonlari xamda ularning oila azolari.
Barchangizni bugun "Men na'munali harbiy oila bekasiman" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi miqyosida bosqichma-bosqich o'tkazilayotgan "Balli ayollar" ko'rik tanloviga xush kelibsiz deymiz.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo'shinlarida harbiy oilaIarning tinchligi, farovonligini ta'minlash, ulami ijtimoiy qo'llab- quvvatlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan. "Men namunali harbiy oila bekasiman" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi miqyosida bosqichma bosqich o'tkaziladigan "Balli ayollar" ko'rik-tanlovi zamirida harbiy xinnatchilar oilalarining jamiyatdagi nufuzini oshirish, ma'nan sog'lom oilalarda barkamol yosh avlodni tarbiyalash kabi ezgu maqsad mujassamdir.
Aziz do'stlar bugungi "Balli ayollar" ko'rik tanlovida xarbiy afitserlarimizning ayollari ya'ni rafiqalari 4 shart bo'yicha g'oliblik uchun bellashadilar.
Bular:
1-Shar. "Men namunali harbiy oila bekasiman"
2-Shart. "Ignadan ip o'tmasa".
3-Shart. "Xozirjavob va zukko ayol"
4-Shart. "Biz tomaris izdoshlarimiz"
Yuqorida qayd etilgan shartlar bo'yicha ishtirokchilarimizning har bir chiqishi ya'ni har bir shart ijrosi hakamlar hayati a'zolari tomonidan 5 ballik tizmda baholanadi.
Xozir shartlarni boshlashdan oldin hakamlar hayati a'zolariga tanlov bugungi "Balli ayollar" tanlovini tanishtirib o'tamiz
Ishtirokchilar hakamlar hayatiga va tadbir tomoshabinlarigatanishtiriladi
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz va ishtirokchilarimiz 1- "Men na'munali harbiy oila bekasiman" shartiga tayyorgarlik ko'rgunga qadar navbatni go'zal qo'shiqqa beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |