Men diniy ekstremizm va terrorizm xavfini qanday tushunaman?” mavzusidagi maqolalar tanlovida yozgan ijodiy ishi



Download 28,35 Kb.
Sana20.04.2022
Hajmi28,35 Kb.
#564999
Bog'liq
Maqolam 3-o\'rin


,,Men diniy ekstremizm va terrorizm xavfini qanday tushunaman?” mavzusidagi maqolalar tanlovida yozgan ijodiy ishi.
Erta tongda ko‘zlarimizni ochar ekanmiz yorug‘ va musaffo osmonga nazar tashlab, jismu tanimiz, ruhimizga o‘zgacha kuch beruvchi havodan nafas olib, ota – onamiz, yaqinlarimizning yuzlarida tabassumni ko‘rib bu haqiqatdan ham eng ulug‘ baxt ekanini anglaymiz. Onalarning allasi, muazzinning yaratganga shukronalik bilan aytgan azonisiz tong otmaydigan bu yurtning chindan ham jannatning bir bo‘lagi ekaniga zarracha gumonimiz qolmaydi. Chunki, ona allasi ham, muazzinning azoni ham faqatgina tinch makonlardangina yangraydi. Ularga eng avvalo tinchlik – osoyishtalik, qalb hotirjamligi uyg‘unlashadi. Ona qalbida zarracha hadik bo‘lsa alla orombaxsh yangramaydi, bola orom olmaydi. Oromi buzilgan murg‘ak qalb tinchlik – osoyishtalik, mehr – oqibat, eng yomoni hayotga muhabbat tuyg‘ularini to‘la anglab yetolmaydi. Meni nazarimda vatan va ona so‘zlari bir ma’noni anglatadi. Ularning o‘z aro o‘xshash tomonlari juda ko‘p. Onamiz boshimizda qancha parvona bo‘lib bizni asrasa, oyog‘imiz ostidagi zamin bizni hokisorlik bilan boshida ko‘tarib yuradi. Hamma ham anglab yetmaydigan yana bir uyg‘unlik shundaki, ular hech qachon bizga bergan mehrini minnat qilmaydi, buning evaziga haq so‘ramaydi. O‘z - o‘zidan savol tug‘uladi: ular bizdan hech narsa talab qilmas ekan, biz ham ularga hech narsa qaytarmasligimiz mumkin ekanda? Yo‘q, albatta! Bunday qilishga hech kimning haqqi yo‘q. Bo‘ynimizdagi bu uzib bo‘lmas qarzimizni zarracha bo‘lsada ado qilish niyyatida ekanmiz, eng avvalo ularga soya solmoqchi bo‘lgan hatarlarga tish - tirnog‘imiz bilan qarshi turmog‘imiz zarur. Ularni shunday asraylikki har qachon va har yerda men senga munosib farzandman deb baralla ayta olaylik.
Bugun dunyoning chizgilari shu qadar o‘zgarib ketdiki endi oila, Vatan himoyasi uchun bizdan nafaqat kuch – qudrat, balki tafakkur, aql – idrok va yuksak ma’naviyat ham birdek talab etiladi. Chunki, biz kurashayotgan kuchlar shunchaki oddiy kuchlar emas, biz bilan bir zamonda yashayotgan, taraqqiyot yutuqlaridan foydalanib taraqqiyotning o‘ziga, nafaqat taraqqiyot, balki insoniyat tomiriga bolta urayotgan kuchlardir. Bu kuchlar qaysilar? Bu albatta “ommaviy madaniyat”, aqidaparastlik, missionerlik, kosmopalitik g‘oyalar, diniy ekstremizm va terrorizm. Ularga qarshi kurashish choralarini izlar ekanmiz qachonlardir mavjud bo‘lgan hududiy chegaralar alla qachon barham topganini va bu muammolar ham hududiy chegaralardan chiqib, global darajaga ko‘tarilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu so‘zlarning isboti sifatida bugun, yaqin sharq mamlakatlarida va dunyoning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan hunrezliklarni ayta olamiz. Ba’zan bilib, ba’zan bilmay qolayotganimiz bu hatarlar bizning ham yurtimizga soya solmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Axir aytadilarku “O‘z uyingni – o‘zing asra” deb. Lekin bugun faqat uy qo‘rg‘onini baland olish bilan uni yetarli darajada havf va hatarlardan holi deb aytib bo‘lmaydi. Yana bir muhim masala borki, bu uy sohiblarining, ayniqsa bu uyda o‘sib - ulg‘ayayotgan, voyaga yetayotgan yoshlarning dunyoqarashini, pok orzu – istaklari, kelajagini himoya qilish, asrash ma’nan yetuk qilib tarbiyalashdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda muqaddas islom dinimiz va boshqa dinlarning sof holda ravnaq topishi uchun ulkan ishlar amalga oshirildi. Xilma-xil din vakillarini dinlararo bag‘rikenglik tamoillari ostida bir Vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashiga erishildi. Minglab masjid va madrasalar qurildi, eskilari zamon talablariga mos tarzda tamirlandi. Buyuk ajdodlarimizning noyob asarlari, qo‘lyozmalari qaytadan o‘rganila boshlandi. Al Buxoriy, At Termiziy, Bahoviddin Naqshbandiy kabi ko‘plab allomlarning muqaddas qadamjolari obod qilindi. Ajdodlarimizning azaldan islom dini va ma’daniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi va bu ishlarning bugingi kundagi na’munaviy davomi samarasi o‘laroq` 2007- yilda YUNESKO tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi. Bu e’tiroflarning barchasi birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning “O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” – degan ezgu da’vatlari asosida mohiyatan birlashadi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, tinchlik va omonlikni asrash, muqaddas dinimiz, uning ezgu g‘oyalari va tamoillarini yoshlarga to’g’ri tushuntrish, uni turli g‘arazli kishilarning hamlalaridan, noto‘g‘ri tarzda talqin qilishlardan saqlash oldimizda dolzarb masala sifatida gavdalanadi.
Bu hususida birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zlarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida shunday yozgan edilar. “Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, qing’ir ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakillanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosaa chiqarishimiz zarur.”
Shu kunlarda dunyoda sodir bo‘layotgan hunrezliklar va ularning tobora keskin tus olib borayotgani, xavfsizlik, barqarorlik va ma’naviyatga bo‘layotgan taxdidlar, fikrimiz markazida turgan mavzuga murojaat qilish naqadar zarur ekanligini isbotlaydi. Ming yillardan beri yaqin qo‘shnimiz bo‘lgan qardosh afg‘on xalqining boshidan kechirayotganlari va bir necha o‘n yillardan beri davom etayotgan notinchliklar oqibatida to‘kilgan qonlar, hayot nima ekanini bilishga, hattoki onasining ismini aytishga, yaqinlarini tanishga ulgurmasdan qurbon bo‘layotgan go‘daklarning taqdiri hech kimga sir emas. Yuragimiz qancha og‘rimasin, ko‘nglimiz qancha ozor chekmasin bu bor haqiqat. Afg‘on zamining yuragi snaryadlar zarbidan shu qadar ilma teshik bo‘lib ketganki endi bu “yaralar”ni davolash, aholining ijtimoiy hamda xo‘jalik muammoarini bartaraf etish uchun yillar to‘g‘rirog‘i, bir nech yuz yillar kerak bo‘ladi.
Ming afsuski, bunday notinchlik, iqtisodiy tanglikni boshidan kechirayotgan davlatlar soni so‘ngi o‘n yillarda yanada oshdi. Bu xususida gapirganda arab mamlakatlarida, xususan Suriyada ro‘y berayotgan voqealarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Zamon shuni ko‘rsatmoqdaki har qanday davlatdagi ichki nizolar uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib keta olmaydi. U albatta yon atrofdagi davlatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday qonli to‘qnashuvlarning, g‘ayrisiyosiy, g‘ayridiniy mazmun bilan sug‘orilgan ssenariylarning tashkilotchilari o‘z jig‘ildonlaridan boshqa narsani o‘ylamaydilar va bunga harakat ham qilmaydilar. Ular uchun odamlarning hayoti hech qachon qiziq bo‘lmagan va bunday bo‘lmaydi ham. “Xorijiy telepartiyorlarning hissiz sharhlari va gazetalarning jangovor to‘qnashuvlarda ro‘y bergan navbatdagi qurbonlar haqidagi katta sarlavhalari ortida millionlab kishilarning taqdiri, ularning dard – alamlari va chekayotgan jafolari ko‘milib qolmoqda.” BMTning bundan anchayin oldingi ma’lumotlariga qaraganda dunyoda qariyb 50 million qochoq mavjud bo‘lib, fuqarolar urushi, turli notinchliklar oqibatida 30 millionga yaqin odam o‘zi yashab turgan yerni tashlab ketgan. Hozirda ularning soni bir necha barobar ortganligi ehtimoldan holi emas. O‘z-o‘zidan ko‘rinadiki bu yerda na bir din, na bir millat manfaati bor. Islom diniga keskin siyosiy tus berish orqali alla qachon bu manfaatlar shaxsiy foydaga, “Islom zamini ” deb atalayotgan hududlar esa harbiy polegonlarga aylantrib bo‘lingan. Shiorlari islomni dinini sof holga qaytarish bo‘lganlarning ishlari zulumkorlikdan boshqa narsa emas.
Bugun turli terroristik oqimlarning tahdidlari, kunda-kun osha sodir bo‘layotgan qotilliklar, turli aholi vakillarini terroristik jamoalar tomonidan qiynoqqa solinishi, odamlarni tiriklayin o‘tta yoqish, ommaviy qirg‘inbarotlar uyishtrish kabi holatlar va bu ishlarni islom niqobi ostida sodir etilishi “islomafobiya” atamasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu ibora bundan ellik yillar muqaddam sobiq SSSR da kommunistik mafkurani ro‘yobga chiqarish uchun o‘ylab topilgan “Din – afyundir” degan iboraga o‘xshaydi. Chunki bu iboraning mualliflari hudosizlik jamiyatini barpo etmoqchi edilar. Ammo, natija o‘zgacha bo‘ldi SSSR xalqlari “Kommunizm – afyundir”, degan xulosaga kelishdi. Zamonamiz muammosiga aylanib ulgurgan diniy eksremizm va terrorizm tarafdorlari ham shunday yo‘l tutishmoqda. Ular odamlarni etiqodidan ayrib, faqat o‘zlarining foydalariga hizmat qiladigan diniy qoidalar orqali boshqa din vakillarini qo‘rqitib, xalifalik davlatini barpo etish orqali hokimiyatni qo‘lga olib davlatlarni boshqarishmoqchi. Din esa bunda bir vosita holos. Demak, ularning ham qalbida tangrisi yo‘q va hudosizlik jamiyatining tarafdorlaridir.
XXI asr-internet, ajoyib kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’yniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri bo’lmoqda. Shu davrga kelib insonlarning, ayniqsa yoshlarning hayotiga, kelajagiga xavf soluvchi ekstremizm, terrorizm va shunga o’xshash qatlam paydo bo’ldi.Yer yuzida bu ofatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, jumladan har bir ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan voyaga yetmaganlarni bu xavfdan ogoh etish, ushbu oqimlarning tuzog’iga tushib qolishdan saqlash maqsadida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlari sifatini oshirmog’imiz zarur. Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo’lsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etish lozim. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini e’tirof etish joiz. Mazkur yo’nalishda kishilik jamiyati oldida kompleks vazifalar dolzarb bo’lib turibdi. Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go’yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko’rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag’ yig’ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko’zlaydi.
Hozirgi dunyoda eng ashaddiy muammolardan biri diniy ekstremizm va terrorizm bo’lib kelmoqda.Bu muammo qancha vaqtlardan beri jahon muammosi bo’lib kelmoqda.Bu muammoning paydo bo’lishi uzoq o’tmishga borib taqaladi desak to’g’ri bo’ladi. Globallashuv bo’layotgan bu davrda bu muammoning oldini olishga turli ishlar qilinmoqda. Biz hozirgi kunda diniy ekstremizm deganda ba’zi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlar tomonidan jamiyatda qabul qilingan qonun- qoidalarga mos kelmaydigan faoliyat olib borish, ularga zid bo’lgan g’oyalarni, aql- bovar qilmaydigan darajada mudhish chora tadbirlarni targ’ib qilishdir, deb tushunamiz. Terrorizm esa lotincha ,,terror’’ so’zidan olingan bo’lib qo’rqitish, tajovuz va dahshat ma’nolarini anglatuvchi mazkur hodisa g’ayriinsoniy xatti-harakatlarni ifoda etadi.Terrorizm diniy, siyosiy, milliy g’oyalar bilan niqoblangan vahshiylidir. Terrorizm ko’pincha odamlarga ta’sir o’tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishatishdir.
Dunyoviy nuqtai nazardan qaralganda, din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma’lum bir tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllandi. Har bir davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Din, shu jumladan islom dini ham ming yillar davomida barqaror mavjud kelganligining o’zidayoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganligidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi. Eng avvalo, jamiyat, davlat, guruh, shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.Insonning odamlar bilan bahamjihat yashashiga ko’maklashgan. Din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va kamchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazishga yordam berib kelgan.Shuning uchun ham din insonnning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi bo’lib kelmoqda.
Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo’lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo’lgan xalqlar orasidagi o’zaro ishonchga soya solib, jahon taraqqiyotining xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivojiga to’siq bo’lmoqda. Ekspertlarning xabar berishicha, dunyoda terroristik tashkilotlarning yuzdan ortig’i eng zamonaviy qurollar bilan qurollangan va bu tashilotlar bir-birlari bilan axborot almashadilar, qo’poruvchilik ishlarinini amlaga oshirayotgan paytda o’zaro sherikchi bo’ladilar, zaruz bo’lgan vaqtda bir-birlariga moliyaviy va boshqa shakldagi yordam beradilar.Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga ,, Al-Qoida’’, ,,Al-Jihod al-islomiy’’, ,,Hizbut-tahrir’’, ,,Tolibon’’ va boshqa terroristik tashkilotlarni misol qilib aytishimiz mumkin. Islomiy ekstremizm hozirgi davrda va u bilan bog’liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatiga alohida xavf solmoqda. Bu davlatlar qatoriga Sudan, Misr, Suriya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Liviya, Senegal, Pokiston, Malayziya, Indoneziya, Falastin, Iroq va boshqa davlatlarda terrorizm eng ashaddiy ildiz otgan davlatlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunda eng dahshatli qo’poruvchilik ishlari Suriya, Iroq va Afg’oniston davlatlari hududlarida sodir bo’lmoqda. Bizning yurtimiz O’zbekistonda ham 1999-yil 16-fevral (Toshkent), 2004-yilning mart-aprel va iyul, 2005-yilning may (Andijonda) oylarida sodir etilgan voqealar keng ko’llamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi ,,vahshiyliklaridan” biri ekanligiga hech qanday shubha qolmaydi. Bizning davlatimiz diniy ekstremizm va terrorizm bilan duch kelgan va uning asoratlaridan aziyat chekkan birinchi davlat emas. U bugun jahonning ko’plab mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solayotgan illatdir.  Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.
Bizning aziz yurtimiz O’zbekistonga nisbatan diniy ekstremizmning xavfi quyidagilardan iboratdir:

  • Aqidaparastlikni yoyish orqali islohotchi davlatga ishonchni yo’qqa chiqarishga urinish;

  • Diniy ekstremizm tarafdorlari dindorlarning umumiy soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etsada, ularning ta’siriga tushganlar hisobiga jamiyatda erksiz, tobe, faoliyatsiz kishilar soninni orttirish;

  • ,,Soxta” va ,,haqiqiy” dindorlik belgilari bo’yicha qarama qarshilikni keltirib chiqarish;

  • Bizga qo’shni bo’lgan notinch hududlar jangarilarni tayyorlash uchun qulay zamin ekanligi;

  • G’arbga ,,islomlashtirilgan”, Sharqqa esa, aksincha, ,,dinsiz’’, ,,dahriy’’ shaklda ko’rsatib, O’zbekistonning xalqaro obro’yiga putur yetkazishga urinish;

  • Islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar o’rtasiga yalpi qarama-qarshilikni kuchaytirish va boshqa tahdidlarni misol qilishimiz mumkin.

Noqonuniy qurol-yarog’ savdosi va narkobiznes hisobidan katta mablag’lar to’planayotgan, musulmon dunyosida shakllangan o’ziga xoslik tufayli yuzaga kelgan vaziyatda islomni shior qilib olgan ekstremizm va terrorizm xavfsizlikka asosiy tahdid sifatida birinchi o’ringa chiqdi. Bu vahshiylikning kelib chiqish sabablarini quyidagilar orqali ko’rishimiz mumkin:

  • Diniy ekstremizm- u yoki bu dinning o’ta tajavuzkor, agressiv va jinoiy yo’naltirgan mazhabi va oqimi bo’lishi;

  • Dindan foydalanib dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirish uchun intilish;

  • Dindan turli siyosiy mojarolar, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga urinish;

  • Inson, millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini emas, balki dinning yashashga bo’lgan huquqni e’tirof etish;

  • O’z-o’zidan ravshanki, bu hodisalar O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai-nazridan qaraganda tashvish tug’dirishi;

  • Dinni dunyoqarash tafakkurinining yagona vositasi deb hisoblash va hokazolardan iborat.

Bu muammoning asosiy paydo bo’lish omillarni aniqlab oldik, xo’sh diniy ekstremizm va terrorizm hamon yechimi muammo bo’lib korinayotganm masala bo’lib qolyapti. U bunchalik kuchni qayerdan olayapti? degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu vahshiylikning oziqlantiruvchi omillardan biri bu qashshoq aholi toifasi bo’lsa, ikkinchi asosiy omillardan biri – bilimsizlik, uquvsizlik va albatta, ongida mafkuraviy bo’shliq shakllangan ijtimoiy qatlamlarning bu yo’lga kirib ketishlaridir. Aynan shu bois ekstremistlar o’zlarining manfur g’oyalariga muqaddas dinimizni niqob qilib olib, odamlar ongiga dinning mavjud bo’lmagan qonun-qoidalari bilan ta’sir etib, ularni atroflariga to’planmoqdalar va bu yo’lda hattoki jonlarni ham ayamayaptilar. Aslida din ular uchun e’tiqod qilish uchun emas , balki, o’zlarining manfur, g’arazli, jirkanchli niyatlari bo’lmish – siyosiy hokimiyatni kuch bilan egallashdagi qurol yoki niqob vazifasini bajarib kelmoqda.


Shunday ekan, barchamiz ularga qarshi kurashda milliy ma’naviyatimiz, o’zligimiz, e’tiqodimiz ramzi bo’lgan – dinimizdan foydalanishlariga yo’l qo’ymasligimiz darkor. Buning uchun avvalo barchamiz musulmonlar sifatida haqiqiy dindan xabardor bo’lishimiz darkor. Darhaqiqat, chin e’tiqodli, bilimli va mustaqil fikrlash kabi ko’rinishlar biz – yoshlarda, jamiyatimizning har bir a’zosida mujassam qilsak, biz hech qachon bunday guruhlarga qo’shilib ketmaymiz. Shu o’rinda birinchi Prezidentimiz I.A Karimovning quyidagi so’zlarini tilga olsak ,,barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchikkka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi.Va aksincha – qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va taffakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi’’. Bu so’zlarni ichida katta ma’no yotadi, biz – yoshlar har doim hushyor, sergak, kuchli iroda va bilimimiz bilan bu jaholatni oldini olishga va Ona-vatanimiz tinchligiga xavf solayotgan bu tahdidlarga qarshi kurashmog’imiz kerak. Demak, bu jaholatga qarshi faqat jaholat bilan emas, balki, ezgulik tarafdori bo’lgan mangu, yorug’, nurli-kuchli bilim va sog’lom tafakkurimiz bilan kurashishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Toshkent – 2013, 141-bet. 

  2. Islom Karimov. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” Toshkent “O‘zbekiston”1997, 20-bet. 

  3. Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Manaviyat” 2015, 37-bet. 

  4. Dinshunoslik asoslari (o’quv qo’llanma)Toshkent islom universiteti, 2013.

Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish