1.1. Xorazm viloyati mehmonxonalarida xizmatlar sifatini oshirishning asosiy
1.2. Xorazm viloyati mehmonxonalar xizmatlari samaradorligiga ta’sir qiluvchi
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan
yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish
vazifasi mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni,
xususan, servis sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirishni taqozo etmoqda. Xizmat
sohasini rivojlantirishga mamlakatimizda ham katta ahamiyat berilmoqda.
Chunonchi, 2010 yilda uning mamlakat YaIMdagi ulushi 49,5 % tashkil etdi.
Mavjud imkoniyatlarni inobatga olib shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki,
mamlakatimiz xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda turizm servisi alohida
e’tiborga molik yo‘nalish hisoblanadi. Zero, O‘zbekistonning ulkan turistik
salohiyati nafaqat milliy, balki xalqaro ekspertlar tomonidan ham tan olinmoqda.
Mamlakatimiz hududida hozirgacha 4 mingdan ziyod turli davrlar va
tsivilizatsiyalarga tegishli bo‘lgan arxitektura va san’at yodgorliklari aniqlangan
va ularning aksariyati YUNESKOning xalqaro madaniy meroslar ro‘yxatiga
kiritilgan. Shuning uchun ham butun dunyoda bunday «turizm durdonalari» ni
ko‘rish ishtiyoqi tobora ortib bormoqda.
Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasi bozor munosabatlarining
shakllanishi va chuqurlashib borishi bilan yanada rivojlantirish, unda raqobat
muhitini vujudga keltirish, hozirgi murakkab sharoitda kun tartibiga turli yangi va
o‘ta muhim masalalarni qo‘ymoqda. Bular safida turizm sohasidagi
mehmonxonalar xizmatlarini takomillashtirish masalasi o‘ta muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonga 2012 yilda bir mln.ga yaqin turist tashrif buyurgan bo‘lgan.
Ammo xalqaro ekspertlarning bahosiga ko‘ra, O‘zbekistonning turistik salohiyati
yiliga o‘rtacha 4 mln. kishini qabul qilish imkoniyatiga ega. Bunga erishish turistik
resurslardan oqilano, to‘liq foydlanish mehmonxona xizmatlarini takomillashtirish
yo‘llarini tadqiq qilishni taqoza qiladi. O‘zbekistonning turistik salohiyati dunyo
mamlakatlari orasida o‘rtacha ko‘rsatkichdan baland hisoblanadi. Demak,
mamlakat eksportida va YaIMda turistik xizmatlarning ulushi ancha past. Bundan
ko‘rinib turibdiki, respublikamizda mavjud turistik resurslardan yetarlicha
foydalanilmayapti. Bunga asosiy sabablardan biri mehmonxonalarda xizmat
4
ko‘rsatish sifatining talab darajasida emasligi va samaradorligining pastligi
hamdir.
Mehmonxonalar servis sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini
to‘liq ishga solish ularni alohida tadqiq qilishni taqoza qiladi. Shulardan kelib
chiqib, mehmonxona xizmatlarini takomillashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish
zarurligi tadqiqot mavzusini dolzarbligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: