Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


-MODUL. Kimyo fanini o’qitishda keys-metodi asoslari



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana21.07.2022
Hajmi4,37 Mb.
#834759
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
kimyo oʻqitish

8-MODUL. Kimyo fanini o’qitishda keys-metodi asoslari 
19-§.
 Keys-metodi asosida o’qitish 
So’nggi vaqtlarda “Keys-stadi” metodi xorijiy mamlakatlar ta’limi 
amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda va bugungi kunda respublika 


124 
ta’limida ham tobora ommalashib bormoqda. Shu sababli ayni o’rinda ushbu 
metod (texnologiya) mohiyati haqida so’z yuritiladi. 
“Keys-stadi” texnologiyasi (ingl. “case” – chemodan, metod, “study” – 
muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) –
1) o`quvchilarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul 
variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan texnologiya;
2) real vaziyatlarni bayon etishda qo’llaniladigan o’qitish texnikasi sifatida 
qaraladi.
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQSHning Garvard 
universitetining huquq maktabida ta’lim jarayonida qo’llanilgan. Ushbu 
texnologiya Garvard universitetining biznes maktabida 1920 yilda qo’llanila 
boshlangan. Keyslarning ilk to’plami 1925 yilda biznes haqidagi Garvard 
universiteti hisobotlari asosida chop etilgan. Hozirda texnologiya xorijiy 
mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo’llanilmoqda. 
O’zbekistonda mazkur texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo’lidagi 
harakatlar mustaqillik yillarida faollashdi. 
Xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keyslar amaliy va ilmiy tadqiqotlarini 
tashkil etish maqsadida qo’llanilishi sababli ular odatda murakkab tarkibiy tuzilma 
hamda o’rtacha (Yevropa), katta (AQSH) hajmga ega bo’ladi. Ko’p holatlarda 
keyslar birgina mashg’ulot jarayonida hal qilinmay, balki butun bir semestr, hatto 
o’quv yili davomida yechiladi. Ularning bu boradagi tajribalaridan bitiruv malakaviy 
ishlari (bakalavriat), magistrlik dissertasiyalari (magistratura), bitiruv loyiha ishlari 
(malaka oshirish kurslari)da foydalanish maqsadga muvofiqir. O’quv materialining 
xarakteridan kelib chiqqan holda oddiy, murakkab tarkibiy tuzilishga ega bo’lmagan, ya’ni 
mini keyslardan ham foydalanish amaliy qiymatga egaligi ta’lim amaliyotida o’z tasdig’ini 
topgan.
O’zbekiston sharoitida ham ushbu keyslardan samarali foyalanish mumkin. Shu bilan 
birga o’rganilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik hajmli, sodda – mini 
keyslardan ham foydalanish foydadan holi emas. Murakkab va oddiy mini keyslar 


125 
o’rtasidagi eng muhim farqlar – ularning hajmi, murakkablik darajasi va tarkibiy 
tuzilmasida aks etadi. 
Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni 
o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida 
ma’lum bir maqsadga erishish yo’li sifatida qo’llanilsa, metod xarakteriga ega 
bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm 
asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o’zida aks ettiradi 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish