51
Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni talaba-o`quvchilarning bilim olish va o'yin
faoliyatining uyg'unligiga qarab quyidagilarga ajratish mumkin:
Didaktik o'yinli mashg'ulotlarda o'qituvchi avval o`quvchilarni individual
(yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi,
o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga
tayyorlashi lozim. Chunki o`quvchilar didaktik o'yinli mashg'ulotlarda faol
ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari,
bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida
hamkorlik, o'zaro yordam vujudga
kelishi lozim.
Kimyo o'qituvchisi didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishga qizg'in
tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik tartibga rioya qilishi talab
etiladi:
1. Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning
ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga
qaratilgan bo'lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib,
ular o'yin
davomida hal qilinishi;
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq
normalariga mos kelishi;
4. O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi;
5. Mashg'ulotlar davomida didaktik tamoyillarga amal qilinishi va eng kam
vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
52
Mashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o'yinli texnologiyalar
o'quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtirish, darslik va qo'shimcha
adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini
rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo'llash, didaktik o'yin
davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda mo'ljalni to 'g 'ri olish,
har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi.
Didaktik o`yinlarni ta`lim jarayoniga tadbiq
etishda ular fanning maqsadi,
vazifasi va xususiyatiga qarab tanlab olinadi. Didaktik o`yinlar quyidagi asosiy
yo`nalishlarda bo`lishi mumkin:
a) didaktik maqsad o`yinli vazifa shaklida qo`yiladi;
b) o`quv faoliyati o`yin qoidalariga bo`ysunadi;
c) o`quv materialidan o`yin vositasi sifatida foydalaniladi;
d) o`quv jarayoniga qo`yilgan didaktik vazifaga o`yinga aylantirilgan tarzdagi
musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi.
Bu didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o`yin natijalari bilan
bog`lanadi.
Shunday qilib, didaktik o`yinli mashg`ulotlar modeli o`quvchilarning o`quv
jarayonida faoliyatni egallashga qaratilishi kerak. O`yinlarni o`tkazishda pedagogik
vaziyatlar to`liq
tahlil etilib, ularni bajarish usulari to`liq muhokama qilinadi.
O`quvchilar oldiga aniq o`yinning maqsadi qo`yiladi. Baholash uchun ekspertlar
qo`yiladi. O`yinlar guruh yoki jamoa asosida amalga oshiriladi.
Kimyo o`qituvchisi o`yin tanlashda darsga ajratilgan vaqt, o`quvchilarning
tayyorgarligi, o`quv materiallarining mazmuniga alohida e`tibor qaratishi lozim. Dars
jarayonida o`yinlarni amaliyotga tadbiq etishda suhbat, ko`rgazmali,
amaliy
usullardan foydalanish mumkin. Mashg`ulot yakunida o`yin natijalari tahlil qilinadi.
O`quvchilarga kerakli tavsiyalar beriladi. Demak, kimyo ta`limi jarayonida
pedagogik o`yinlardan foydalanish o`qituvchidan ijodkorlik, tashabbus va kasbiy
mahoratni talab qiladi. Bu esa dars samaradorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi.
Kimyo darslarida didaktik o’yin texnologiyasidan
foydalanish muhim
o’rin tutadi. Kimyoni o’qitishda boshqa pedagogik texnologiyalar kabi didaktik
53
o’yin texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur texnologiyaning
konferentsiya, taqdimot, ijodiy o’yin, o’yin mashqlardan
foydalanish yuqori
samara beradi. Ushbu mashg’ulotlarda o`quvchilarning bilim olish faoliyati o’yin
faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi, shu sababli o`quvchilarning bilish faoliyatini
tashkil etish va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Quyida
kimyoni o`qitishda qo`llaniladigan didaktik o’yinli mashg’ulotlarning tavsifi
berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: