Leycomyces avlodining tipik tuproq achitqilari kiradi. Sanoat mikrobiologiyasida
ovalsimon yoki ellipssimon shaklida bo„lib, uzunligi ko„ndalangiga 25 dan 10
mkm gacha, bo„yiga esa 4,5 dan 21 mkmgacha, bo„lishi mumkin. O„sayotgan
hujayralar populyasiyasining xarakterli xususiyati shundaki, hujayralar bo„linish
jarayonida kurtaklar hosil qilishi mumkin. Kurtaklar shakllanayotgan vaqtda
achitqilarning o„sishi kuzatilib, ajralish paytida kurtaklarning o„lchami etilgan
hujayraga yaqin bo„ladi. Hujayralar bo„lingandan so„ng, tarqaladi, biroq,
tarqalgunga qadar hujayra bo„linishining yangi bosqichi boshlanadi, natijada
hujayralar guruhi hosil bo„ladi. Achitqi hujayralarining ikkilanish vaqti 1,6 soatni
tashkil etadi (Xakimova, 2005).
Saccharomyces cerevisiae
achitqilarining barcha shtammlari aerob sharoitda
glyukoza, saxaroza, maltoza va tregalozada o„sadi, lekin laktoza va sellobiozada
o„smaydi. Bazidial tipda jinsiy strukturalar hosil qiladiga achitqilar
bazidiomitsetlarga kiradi. Jinsiy sporalar ekzogen yo„l bilan promitseliy deb
ataluvchi o„simtalarda hosil bo„ladi. Birmuncha vaqt tinim davrini o„tgandan
so„ng, o„simtalar alohida teliosporalardan rivojlanadi (Xakimova, 2005).
Askosporalar
va
bazidiosporalar
hosil
qilmaydigan
achitqilar
takomillashmagan zamburug„larga kiradi. Tabiatda achitqilar o„simliklar yoki
hashorotlar bilan birgalikda uchrashi mumkin. Oziq-ovqatlarda achitqilarning
rivojlanishi mahsulotlarning ta‟mini va tashqi ko„rinishini o„zgarishiga olib
keladi,lekin toksinlar hosil bo„lmaydi. O„simliklar va odam uchun patogen bo„lgan
achitqi turlari ham mavjud.
Achitqi zamburug„lari tomonidan suslo tarkibidagi qand moddasini
assimilyasiya qilish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1) boshlang„ich bijg„ish jarayoni;
2) asosiy bijg„ish jarayoni;
3) to„liq bijg„ish jarayoni.
Boshlang„ich bijg„ish jarayonida achitqilar dastlab susloga moslashadi,
ko„payish va spirt miqdorining oshishi kuzatilmaydi. Sekin-asta o„sish tezligi ortib
boradi, achitqilar birinchi navbatda osonlik bilan glyukoza va maltozani
o„zlashtiradilar (Xakimova, 2005; Netrusov, 2005).
Asosiy bijg„ish jarayonida faol ko„piklar hosil bo„lib, CO
2
ajralib chiqadi,
spirt konsentratsiyasi oshadi, harorat ko„tariladi, sovuq bo„lganda ham 35-37
o
C ga
etishi mumkin. Quyi molekular qandlar asosiy massasi bijg„iganidan so„ng juda
sekin, lekin oxirigacha bormaydigan dekstrinlar va oligoqandlarning to„liq bijg„ish
bosqichi boshlanadi. Harorat pasayadi, bijg„ish gazlarining ajralib chiqishi
13
kamayadi. Bijg„ish mustahkamligining ortishi tufayli kultura etanol ta‟sirida nobud
bo„ladi (Kvasnikov, 1989).
Spirt ishlab chiqarishda susloning tayyorlanishi.
To„g„ri tayyorlangan susloda quyidagi belgilar kuzatiladi:
- qandlar konsentratsiyasi 16-20% chegarasida (ta‟mi haqiqatdan shirin);
- nordonlilik 4.5-5.8 rN chegarasida (ta‟mi kuchsiz nordon);
- achitqilarning hayot faoliyati uchun oziq (azotli va fosforli) moddalarning
etarliligi.
Suslo
tarkibidagi
qand
moddasi
askomitsetlar
sinfiga
(xaltachali
zamburug„lar sinfi) mansub bo„lgan bir hujayrali
Saccharomyces cerevisiae
achitqi
zamburug„lari yordamida spirtni bijg„itadi (Kvasnikov, 1989).
Achitqi zamburug„larining sitoplazmasi geterogen tuzilishli, cho„ziluvchan
konsistensiyaga ega bo„lib, asosan oqsil moddalari, lipoidlar, uglevodlar va ko„p
miqdorda suvdan iborat.
Achitqi zamburug„larining mitoxondriyasi donacha, tayoqcha yoki ip
ko„rinishida bo„lib, hujayra ichiga kiruvchi oziq moddalar ular tufayli
adsorbsiyalanadi. Mitoxondriyalarda uchkarbon kislotalarning bosqichi va zarur
energiya reaksiyalari, ya‟ni oksidlanishli fosforlanish reaksiyalari amalga oshadi
(Xakimova, 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: