2. Tabiiy sharoiti va meniral resurslari.
Meksika tog'li mamlakat: uning hududining yarmidan ko'prog'i 1000 metrdan baland hududlarda joylashgan. Mamlakat hududining katta qismini G'arbiy Syerra-Madre Vulkanik Syerra Madre va Sharqiy Syerra-madre tog'lari tog' tizmalari bilan o'ralgan Meksika yassi tog'ligi egallaydi. Mamlakat hududining kattaligi, tog' relyefining keng tarqalganligi xilma-xil tabiiy sharoit va resurslarning hosil bo'lishiga sabab bo'lgan. Meksika rux, simob, marganes rudalari, mis, polimetall rudalari kabi18 turdagi minerallar qazib chiqarish bo'yicha dunyoning yetakchi o'nlik mamlakatlar guruxiga kiradi. Mamlakatda iqtisodiyot uchun muhim bo'lgan neft (14 mlrd tonna) va tabiiy gazning (2 trln m3 dan ortiq) yirik zahiralari topilgan. Asosiy neft konlari Meksika qo'ltig'i qirg'oq bo'yida va janubdagi Chyapas va Tabasko shtatlarida joylashgan. 1970 yillarda mamlakatning Kampeche qo'ltig'i rayoni shelyefida va Chekontepek rayonidagi shimoliy quruqlikdan yangi boy neft konlari ishga tushirildi va natijada Meksika neft zahiralari va uni qazib chiqarish bo'yicha dunyoda oldingi o'ringa chiqib oldi. Mamlakatda asosiy ko'mir zahiralari Koauila va Oaxaka shtatlarida topilgan. Uranning asosiy konlari mamlakatning Chiuaua, Nuevo-Leon, Durango shtatlarida aniqlangan.Temir rudasi esa Durango shtatining Serro-de-Merkado konlaridan va Chiuaua shtatining Laperla konlaridan qazib olinmoqda. Meksika marganes rudalarining zahiralari bo'yicha Lotin Amerikasida Braziliyadan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Marganes asosan Idalgo shtatining Molango konidan qazib olinmoqda. Bundan tashqari Meksikada kobalt, titan, nikel va simob kabi nodir va rangli metallarning yirik konlari aniqlangan. Geologik sharoitining murakkabligi hisobiga mamlakatda foydali qazilma boyliklari mo’l va xilma-xildir. Kumush qazib olish hajmi bo’yicha Meksika dunyoda birinchi o’rinda turadi. Polimetall va mis rudalari hamda simob ishlab chiqarish bobida ham yetakchi mavqelarni egallaydi. Meksika rux va qo’rg’oshinning yirik eksportyorlaridan biridir. Temir rudasining aniqlangan zaxiralari 350 mln. t bo’lib, uning tarkibida temir moddasining ulushi 60 foizdan ortiq. Mamlakat oltingugurt, grafit, vismut va surmaning yirik zaxiralariga ega. Mamlakatning eng asosiy boyligi - neft va tabiiy gaz. Neftning aniqlangan zaxiralari 12,51 mlrd. barrelni tashkil etib, dunyoda 15-o’rinda, Lotin Amerikasida esa Venesueladan keyin 2-o’rinda turadi. Tabiiy gaz zaxiralari - 434,1 mlrd. mz. Mamlakatda uranning yirik zaxiralari ham topilgan. Mamlakat hududining kattaligi, tog' relyefining keng tarqalganligi xilma-xil tabiiy sharoit va resurslarning hosil bo'lishiga sabab bo'lgan. Meksika rux, simob, marganes rudalari, mis, polimetall rudalari kabi18 turdagi minerallar qazib chiqarish bo'yicha dunyoning yetakchi o'nlik mamlakatlar guruxiga kiradi.
Mamlakatda iqtisodiyot uchun muhim bo'lgan neft (14 mlrd tonna) va tabiiy gazning (2 trln m3 dan ortiq) yirik zahiralari topilgan. Asosiy neft konlari Meksika qo'ltig'i qirg'oq bo'yida va janubdagi Chyapas va Tabasko shtatlarida joylashgan. 1970 yillarda mamlakatning Kampeche qo'ltig'i rayoni shelyefida va Chekontepek rayonidagi shimoliy quruqlikdan yangi boy neft konlari ishga tushirildi va natijada Meksika neft zahiralari va uni qazib chiqarish bo'yicha dunyoda oldingi o'ringa chiqib oldi.
Mamlakatda asosiy ko'mir zahiralari Koauila va Oaxaka shtatlarida topilgan. Uranning asosiy konlari mamlakatning Chiuaua, Nuevo-Leon, Durango shtatlarida aniqlangan.Temir rudasi esa Durango shtatining Serro-de-Merkado konlaridan va Chiuaua shtatining Laperla konlaridan qazib olinmoqda. Meksika marganes rudalarining zahiralari bo'yicha Lotin Amerikasida Braziliyadan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Marganes asosan Idalgo shtatining Molango konidan qazib olinmoqda. Bundan tashqari Meksikada kobalt, titan, nikel va simob kabi nodir va rangli metallarning yirik konlari aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |