Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet30/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   208
ФИО автора: Meliboyeva Munisabonu
Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi
Название публикации: «DOVON DAVLATINING DAVLATCHILIGI VA BOSHQARUVI TARIXI»


Annotatsiya: Qadimda Markaziy Osiyo diyori ko‘plab sivilizatsiyalarga beshik bo‘lgan. Jumladan, Qadimgi Xorazm, Baqtriya, Sug‘diyona va Dovon davlatlari bung yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu maqolada, o‘zining davlat qurilishi bilan jahon davlatchiligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Dovon davlatining davlatchilik tizimi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: Dovon, davlatchilik, xitoy manbalari, Ershi, Mingtepa, ipak yo‘li,
Аннотация: В древности Центральная Азия была колыбелью многих цивилизаций. Хорошими примерами являются Древний Хорезм, Бактрия, Согдиана и Давань. В данной статье рассматривается государственное устройство Даванского государства что имеет важное значение в мировой государственности с ее государственностью.
Ключевые слова: Даван, государственность, китайские источники, Эрши, Мингтепа, Шелковый путь
Annotation: In ancient times, Central Asia was the cradle of many civilizations. Ancient Khorezm, Bactria, Sogdiana and Davan are good examples. This article discusses the state system of the Davan , which is important in world statehood with its state-building.
Keywords: Davan, statehood, Chinese sources, Ershi, Mingtepa, Silk Road O`rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida Mil.avv. 1 ming
yillikning so`nggi choragida qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Shulardan biri o‘zbek davlatchiligida o‘zining salmoqli roliga ega bo‘lgan Dovon bo‘lib ushu davlat tarixini o‘rganish o‘lkamizda o‘tgan asrdyoq boshlab yuborilgan.
Qadimgi Xorazm yoki Baqtriya tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar yunon-rim manbalarida ham saqlanib qolgan, bundan farqli ravishda Dovon haqida g‘arb manbalarida deyarli uchramaydi. Xitoy manbalari esa bizga Dovon tarixini
o‘rganishda yordam beradi. Bu borada, xitoy manbalarini o‘rganishda taniqli olim. A.Xoʻjayevning xizmatlari katta. B.Matboboyev, A.Asqarov A.Anorboyev, S.Qudratov, B.Abulgʻoziyevalarning ilmiy tadqiqotlari natijasida aynan shu davr tarixi qimmatli yangiliklar bilan boyitildi.
Avvalo davlat deb atashning o‘ziga xos shartlari mavjud, buni Dovon davlati misolida ko‘rib chiqamiz. Birinchidan, ma’lum bir hudud, hukmdor qasri joylashgan qal’a, boshqaruv instituti, ibodatxona, zarbxonaga va albatta aholiga, ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari Dovonning davlat sifatida vujudga kelishida hududida avvalroq tashkil tashkil topgan davlatlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ta’siri katta. “Mil. avv. IV asrdan boshlab O’rta Osiyo sivilizatsiyasi rivojlanishida sifatiy yangilanish davri boshlanadi. Bu davr madaniyati taraqqiyotining muhim koʻrinishlari jamiyatning doimiy rivojlanishida oʻz aksini topadi. Mil. avv. IV asrning oʻrtalaridan boshlab soʻnggi ahmoniylar oʻrtasidagi oʻzaro kurash va keyinroq makedoniyalik Iskandarning bosqinchilik yurishlari ham bu rivojlanishni batamom toʻxtata olmadi. Ushbu rivojlanishning eng koʻzga koʻringan tomoni turli rejaviy tuzilishga ega boʻlgan yirik shaharlar boʻlib, ular sonining ortib borishi jamiyat taraqqiyotida shaharsozlik ishlariga alohida eʼtibor qaratilganidan dalolat beradi. Bu holat Uruk, Shahri Soʻxta, Xarappa, Mundigak, Oltindepa, Sopollitepa, Jarqoʻton kabi shaharmonand yoki ilk shaharlar shakllanishidan tubdan farqlanib oʻziga xos xususiyatlarga egadir. Antik davr urbanizatsiyasi oʻzining rivojlanish bosqichida ikkita katta davrni bosib oʻtdi. Bular: mil. avv. IV-I asrlar va milodiy I-IV asrlardir. Ushbu davrlar ijtimoiy munosabatlar va mahalliy koʻrinishdagi davlatchilik rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, ularga xos siyosiy va mafkuraviy tomonlari bilan ajralib turadi. Antik davr butun madaniy hayotida boʻlgani kabi shaharlar hayotining oʻziga xos tomonlari mahalliy va ellinistik, ayrim hollarda Hind shaharsozlik anʼanalarining oʻzaro uygʻunlashuvi bilan izohlanadi. Bu holat maʼlum maʼnoda siyosiy voqealar bilan ham bogʻliq edi. Chunonchi, makedoniyalik Iskandarning yurishlari, Salavkiylar va Grek-Baqtriya podsholiklarining paydo boʻlishi keyinroq Qangʻ, Dovon va Kushonlar davlati ham shaharlar taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi”1.



1 Bahodir Eshov. Oʻrta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi.‒Toshkent, 2008. 143-b.
Dovon davlati hududi o‘zining iqlim sharoiti va geografik joylashuvi jihatidan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo aynan shu jihatlari doimo qo‘shni davlatlarning e’tiborini tortib turgan. Farg’onada aynan qachon davlatchilik vujudga kelgani ham muammoli masala. “Eng qadimgi yozma manbalar Oʻrta Osiyodagi ayrim ilk davlat uyushmalari haqida maʼlumotlar bersada, Fargʻona haqida bunday maʼlumotlar uchramaydi. Shunga qaramasdan Yu.A.Zadneprovskiy Qadimgi Fargʻona (Dovon) podsholigining mavjud boʻlganligining taxmin qiladi. A.Asqarovning fikricha, mil.avv. I ming yillikning oʻrtalaridan oldingi davrdagi Fargʻona haqida soʻz yuritilganda odatda faqat «chifdom» (voha)shaklidagi qadimgi davlat asoslarining paydo boʻlishi anglashiladi. Olimning fikricha, mana shu holatni hisobga olib Fargʻonada davlatchilik, aftidan, mil. avv V-IV asrlarda paydo boʻlgan boʻlishi mumkin.
B.Matboboyevning fikricha, A. Asqarovning bu xulosasi ikkita tarixiy dalilga asoslangan. Birinchisi, aynan mana shu davrga oid arxeologik topilmalar (Shoʻrabashot madaniyati) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi (mahsulot ishlab chiqarish va savdo sotiqning oʻsishi) haqidagi taxminlarni ilgari surish imkonini beradi. Ikkinchisi, mil.avv. II asrdayoq Fargʻonada koʻp sonli shaharlar mavjudligi haqida maʼlumotlar bor” 2.
Dovon davlatining boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosati. Davan nomi bilan mashhur bo‘lgan davlat Farg‘ona hududidagi qadimgi davlatlardan sanaladi. Davlat nomi borasida ham turli qarashlar mavjud. “Tadqiqotchilar Dovon so‘zining o‘zagini tohar ko‘chmanchi xalqining nomi bilan bog'lashadi. Miloddan avvalgi V asrda Bohan va Polono nomlari paydo bo‘ldi. Bu so‘zlar xitoycha Farg‘ona so‘zidir. degan gap. Davan davlati boshidagi mahalliy hukmdorlar sulolasidan biri bor edi”3.
Xitoylik elchi Chjan Syan yozma manbalarida Farg‘ona vodiysidagi mazkur davlatni Davan (Da-yuan) deb atagan. Buni mil. avv. 138–125-yillar da bu o‘lkaga tashrif bu yur gan Xitoy elchisi Chjan Syan yozib qoldirgan esdaliklardan bilishimiz mumkin. Bu kabi esdaliklarda mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy holati ham atroflicha





2 Bahodir Eshov. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. –Toshkent, 2012. 144-b.
3Aydın İdil.Yerel kaynaklara göre Kırgızistan tarihi.–Bişkek. 2012.14 s.
yoritilgan. Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg‘onada 300 ming nafar aholi 2. Uning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari bo‘lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan) o‘z davrining obod, ko‘rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi O‘zgan, Koson ham Davan ning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Dovon hududida 10 dan ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo‘lib, ularda yerli mirishkor aholi sholi, bug‘doy va boshqa dehqonchilik ekinlari yetish tirish bilan shug‘ullangan. Sayyohlar qoldirgan ma’lumotlarda Dovon hududida uzumchilik nihoyatda rivojlangani va undan turli kuchli ta’sirga ega musallaslar tayyrlashgani haqida qiziqarli ma’lumotlar ham mavjud.
Dovondagi ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati – bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeyining yuksakligidir. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi masalalarni hal etishda oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo‘l-yo‘riqlariga suyangan. Ayniqsa, urush va tinchlik, elchilik aloqalari masalasida oqsoqollardan iborat Oliy kengash alohida vakolatlarga ega bo‘lgan. Xitoy Farg‘ona davlatiga bir necha bor katta qo‘shin tortib bostirib kelgan.Jumladan, mil. avv. II asr oxirlarida (104-yilda) va milodiy I asrning 80- yillarida xitoyliklar Davan davlatini o‘zlariga bo‘ysundirish uchun shiddatli urushlar olib borganlar. Dovonliklar o‘z qo‘shnilari – Qang‘ va Kushonlarning harbiy yordami bilan yurt mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladilar. Ushbu ma’lumot o’sha davrda Davan va qo’shni davlatlarning diplomatik aloqalari yaxshi bo’lganidan dalolat beradi.
Xulosa sifatida, Dovon davlati davlatchiligi tarixi haqida kunimizgacha yetib kelgan ma’lumotlar koʻlami oz boʻlganiga qaramay, xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga tayanib shuni aytishimiz mumkinki Dovon davlatchiligi tizimi o’z davrining mukammal boshqaruvi sifatida faoiyat yuritgan va O’rta Osiyo hududida keyinchalik paydo bo’lgan boshqaruv institutlari rivojida muhim rol o’ynagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Abduholiq Aitbaev. Qadimgi Fargʻona tarixidan.Toshkent - "Fan" -2002

  2. Ablat Xoʻjayev. Fargʻona tarixiga oid m’lumotlar.‒Fargʻona, 2013.




  1. Bahodir Eshov. Oʻrta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi.‒Toshkent, 2008.




  1. Bahodir Eshov. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. –Toshkent, 2012




  1. Markaziy Osiyo davlatchilik tarixiga oid maʼlumotlar (xitoy manbalari asosida)Oʻzbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi. «Fan» nashriyoti,Toshkent: 2018 - 184 b.

  2. Буряков Ю.Ф., Радилиловский В.В. Модельное построение урбанизационного процесса, основанного на логической структуре.// Комплексные методы в исторических исследованиях. - М., 1987. С.116

  3. Массон В.М. Процесс урбанизации в древней истории Средней Азии. Тез. докл. сессии. - Т, 1973. С. 36-37.

  4. Zadneprovsky Y.A. Early urban developmenta in Central Asia// Yran. XXXIII. P.155-159.

  5. Aydın İdil.Yerel kaynaklara göre Kırgızistan tarihi.–Bişkek. 2012.84 s.


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish