Nэn 1000 Вт
2
|
Қуёш сув иситиш коллекторлари
|
SUV-10
|
1
|
G 500 л сув
Иссиқ сув ишлаб чиқаради (ёзда)
|
3
|
Иссиқлик насоси
|
GWHPO5H
|
1
|
Nис 5,4 кВт
Nэл 1,24 кВт
|
4
|
Иссиқ сув бак- аккумулятор
|
-
|
1
|
G 500 л
|
5
|
Иситиш тизими учун бак аккумулятори
|
-
|
1
|
G 600 л
|
Иссиқ сув эҳтиёжи, суткалик иссиқ сув юкламаси СНИП 2.04.01-85 меъёрлари асосида қабул қилинди. Яшаш биносида 5 киши истиқомат қилади. Иссиқ сув
нормаси ҳар бир одамга суткасига
100 л одам сут ; ҳарорат
t 500 C
қабул
қилинди. Демак, уйда яшовчи 5 кишига суткасига
Gсутка
gh n 100 5 500 л сут
иссиқ сув керак бўлади. Бир ойда эса
Gой gh n 30 100 5 30 15000 л ой иссиқ сув керак бўлади. Автоном
истеъмолчининг (объект) электр энергия истеъмоли энергия тежамкор режимда аниқланди ва қуйидаги жадвалда келтирилди.
2 -жадвал
Ўртача оилада истеъмол қилинадиган электр энергия миқдори (энергия тежамкорлик режимида)
№
|
Электр энергия истеъмол асбоблари
|
Сони
|
Истеъмол қуввати,
Вт
|
Ишлатиш давомийлиги,
соат
|
Бир суткада,
кВт соат
|
Бир ойда,
кВт соат
|
1
|
Ёритиш лампалари
|
6
|
50
|
3
|
0,9
|
27
|
2
|
Телевизор
|
1
|
80
|
6
|
0,48
|
14,4
|
3
|
Вентилятор
|
1
|
10
|
4
|
0,04
|
1,2
|
4
|
Холодильник
|
1
|
220
|
6
|
1,33
|
39,9
|
5
|
Утюг
|
1
|
1000
|
0,5
|
0,5
|
15
|
6
|
Компютер
|
1
|
50
|
2
|
0,1
|
3
|
7
|
Иссиқлик насоси
|
1
|
1240
|
2
|
2,48
|
74,4
|
8
|
Сув қайнатиш
асбоби (ТЕФАЛ)
|
1
|
1000
|
0,5
|
0,5
|
15
|
Жами
|
13
|
3650
|
24
|
6,33
|
189,9
|
Энди иситиш тизимининг иссиқлик юкламасини аниқлаймиз. Иситиш юкламаси, яъни уйни иситиш учун сарфланадиган иссиқлик энергияси бино деворларидан йўқотиладиган иссиқлик, қуёш радиацияси туфайли кирадиган иссиқлик, унда яшовчи одамлар ва жиҳоз-қурилмалардан ажраладиган иссиқликка боғлиқ бўлади. Иситиш юкламаси тақрибан қуйидагича ҳисоблаш мумкин:
Агар иситиш юзаси
S 69 м2 ( 70 м2 )
бўлса, тақрибан бинонинг умумий
иссиқлик йўқотиши
Q 65 Вт м2
бўлади. У холда
Qум Q S 65 69 4485 Вт 4,5 кВт . Қуёш энергиясидан фойдаланиб намунавий уйларнинг ёзги режимда ва қишда қуёшли кунларда тўлиқ узлуксиз энергия таъминотини татбиқ этиш натижасида ўртача йилига 50-60 % анъанавий энергия
ресурсларини тежаш имконини беради ва атроф-муҳитга чиқариладиган заҳарли
газлар миқдори кескин камаяди.
Адабиётлар
Н.М.Мхитарян «Энергосберегающие технологии в жилищном и гражданском строительстве». Киев, 2000 г.
Avezov R. R. Maximum Exergy efficiency of flat solar reflectors //Geliotehnics, 2002,
Ўзбекистон Республикасида атроф табиий муҳит муҳофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг ҳолати тўғрисида миллий маъруза. Т.2008й. 298-б;
Бетошкин А.Т. “Зашита литосфера от отходов Учебноэ пособле” Тенза.2005й 189-б;
А.И.Радионов И др. “Техника зашита окружаюший среди” Химия. 1989й. 512-б;
Жабборов Н. “Химия ва атроф муҳит” Т. Ўқитувчи, 1992й
Фатоэв И.И ва б.қ “Саноат экологияси” Бухоро. Бух ООИ.2002й
Тиловов Т. “Экологиянинг долзарб муаммолари” Қарши. Насаф. 2003й. 148-б;
Хашимова Д.Б. “Методическиэ указания для провединия практически заятий по предмету. Технология асновних произвоств И промешленная экология”Т.2004
Баратов П. , Маматқулов М. , Рафиқов А. “Ўрта Осиё табиий географияси” Т. Ўқитувчи. 2002й. 440-б
Мурадов Ш.О. “Основиэ экологии” обшая экология К.Н2 Т. 206-496-б; 12.Мурадов Ш. О. Мурадов О. Ж. “Қашқадарё экологияси ва экономика
ҳақида” Қарши. 1991й. 48-б;
13.Маматов А., Абдуллаев С.И ва б.қ Қарши. Насаф. 1994й. 147-б 14.Холмўминов Ж, “Экология ва қонун” Т Адолат 2000 352 б; 15.Отабоев Ш., Набиев М. “Инсон ва биосфера” т. Ўқитувчи. 1995й
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони.
Мирзиёев Ш.М. Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора- тадбирлари тўғрисида ПҚ-2909-сонли қарори. Тошкент: 2017 йил 20 апрель.
http://straw-house.ru/energiya-solnca,-teplyy-dom 19.http://www.svasti.ru/files/solarhouseplans.pdf
ФИО автора: Termiz davlat universiteti Talim-tarbiya nazariyasi va metodikasi Maktabgacha talim yo‘nalishi 2- bosqich magistranti
Mamatqulova Shaxnoza
Название публикации: «MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA ILK YOSHDAGI BOLALARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK KOMPITENTINI OSHIRISH»
Kalit so‘zlar: talim, tarbiya, bola, hamkorlik, jarayon, pedagog, ota-ona, ilk yosh, psixik rivojlanish.
Annotatsiya: Ayni damda jadallashib, rivojlanayotgan yurtimizda kattadan-katta o‘zgarishlar bo‘layotgan bir vaqtda maktabgacha talim tizimini ham tubdan isloh qilish masalalari provard maqsadga aylandi. 2016-yil 29 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirliri to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarorining elon qilinishi ushbu sohani tubdan isloh qilish, maktabgacha talim tashkilotlari ishini har tomonlama takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab talimiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini qayta o‘rganish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra pedagoglar va mutaxassislar xorij talimi tajribalarini puxta o‘rgandilar va o‘z pedagogik jarayonda qo‘llay boshladilar.
Maktabgacha talim uzluksiz talimning boshlang‘ich turi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Talim to‘g‘risida”gi qonunida ham "maktabgacha talim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabga tayyorlangan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi” deya takidlab o‘tilgan. So‘nggi yillarda mutaxassislar shunday fikrdaki, ota-onalarning psixologga qiladigan murojaatlari mazmuni biroz o‘zgarib, aniqroq harakater kasb etdi. Ota-onalarning amaliy psixologga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Ehtimol ota-onalar bola xulq-atvoridagi ko‘p narsalarga o‘zlari sababchi ekanliklarini tushuna boshlaganliklari tufayli, ota-onalarning psixologik kompetenligini oshirish maqsadida psixologik xizmatga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Maktabgacha talim tashkiloti psixologlari amaliyotida asosan ota-onalarning quydagi bir necha guruhdagi murojaati uchraydi.
Birinchi guruh murojaatlari bilish harakteriga ega. Ota-ona bolaning psixik rivojlanishini nazorat qilish kerakligini tushunib, psixologga farzandlarining psixik va aqliy rivojlanish darajasini aniqlab berish muammosi bilan murojaat qiladilar.
Bundan tashqari maktabgacha yoshdagi bolalikning inson shaxsi shakllanishi va psixik rivojlanishidagi ahamiyati haqida ilmiy ommabop kitoblar, maqolalar, maxsus
televizion ko‘rsatuvlarning soni ortib borayotganligi bois ota-onalarda ham psixik kompitentlar ortib bormoqda bu esa o‘z farzandlaridagi psixik jarayonlarni psixolog yordamida aniqlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib borayotganligining isbotidir.
Ikkinchi guruh murojaatlari bolalarning qobiliyatlarini aniqlab berish yuzasidan bo‘ladigan murojaatlardan iborat. Talim tizimidagi o‘zgarishlar tasirida ko‘plab ota-onalar farzandlarini talimga ancha erta tayyorlab borish zarurligini anglay boshladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan turli bolani shaxs sifatida rivojlantiruvchi to‘garaklarning soni ortganligi va ota-onalarning psixologik bilimlarga ega bo‘lganliklari shu boisdan o‘z farzandlari qobiliyatini 3-4 yoshda qay darajada rivojlanganligini aniqlash va farzandlarini talimga ilk yoshdanoq tayyorlab borish maqsadida mutaxassisga bo‘lgan ehtiyoji ortib bordi. Maktabgacha talim tashkilotlarining psixolglari bolaning biror bir faoliyatga layoqati – qobiliyat nishonalari unib chiqayotgan bolalarni aniqlashga, ularning rivojlanishini kuzatishni maxsus, metodikalar, dasturlar asosida olib borilishi lozim.
Uchinchi guruh murojaatlariga ko‘ra, bola xulqidagi og‘ishlar tufayli ota- onalar qiladigan murojaatlari kiradi. Bunda ota-onalar asosan bolalarning agressivligi, tortinchoqligi, hayolparastligi, emotsional beqarorligi, asabiyligi yuzasidan murojaat qiladilar.
Bolalar xulqidagi og‘ishlar asosida yotgan sabablarni psixologlar 3uch guruhga ajratadilar.
Ota-onalarning bola psixik rivojlanish qonuniyatlarini bilmasligi; (rivojlanish qonuniyatlarini bilmaslik oqibatida ota- onalar bolalarga yoshiga mos bo‘lmagan talablarni qo‘yadilar, inqiroz davridagi o‘zgarishlarni esa psixik og‘ish deb hisoblaydilar).
Bolada nerv psixik buzilishlar;(ular nevrozlar, psixosomatik kasalliklar. Psixik jihatdan orqada qolish asoratlari bo‘lishi mumkin. Bu vaqtda psixolog ota- onalarga o‘z mutaxassis yani nevropotologga murojaat qilishlarini maslahat berishlari lozim).
Munozarali, notinch oilaviy muhit
Tarbiyachilar ham maktabgacha talim tashkiloti psixologiga murojaat qiladilar. Ko‘pchilik tarbiyachilarni agressiv yoki bilish jarayonlarida kamchiligi bor bolalar tashvishga soladilar, chunki har ikki toifadagi bolalar guruhdagi talim tarbiya jarayonlarini qiyinlashtiradi. Ota-onalar qatori tarbiyachilar ham bolaning psixik rivojlanish darajasiga qiziqadilar va ota-onalar, psixologlar bilan hamkorlikda samarali ishlarni amalga oshirib borishlari kerak. Maktabgacha talim tashkiloti psixologi kun tartibida ham ota-onalar bilan yakka tartibdagi maslahat ishlarini olib borishni rejalashtirgan bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari maktabgacha talim tashkiloti direktori ham psixolog faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratib berishlari
lozim. O‘z o‘rnida maktabgacha talim tashkiloti psixologi psixolgik jarayonni tashkilotda talim tarbiya olayotgan ilk yoshdagi bolalarning psixologik jihatlarini o‘rganib chiqishlari lozim. Bu borada maktabgacha talim tashkiloti psixologi ota- onalar, mahalla, maktablar va oilaviy poliklinikalari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |