Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet113/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   208
ФИО авторов: ¹ X.A.Saydazimova,²SH.J.Jumanazarova.
¹AnDUPI, Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi fakulteti biologiya yo’nalishi 1- bosqich talabasi,
²AnDUPI, Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi fakulteti biologiya yo’nalishi 1- bosqich talabasi,
Название публикации: «ILDIZ METAMORFOZINI O’RGANISHGA DOIR»
Annotatsiya: Ushbu tezis shakli o’zgargan ya’ni ildiz metamorfozi bo’lib, mazkur tezisda shakli o’zgargan ildizlarning ichki tuzilishi, ildizmeva, tugunak, mikoriza (tashqi va ichki), havo ildizlari va boshqa masalalar haqida gap boradi.
Annotation: This thesis is a metamorphosis of deformed roots, this thesis deals with the internal structure of deformed roots, roots, tubers, mycorrhiza (external and internal), aerial roots and other issues.
Аннотация: Данная дипломная работа представляет собой метаморфоз деформированных корней, в данной дипломной работе рассматривается внутреннее строение деформированных корней, корней, клубней, микоризы (внешней и внутренней), воздушных корней и другие вопросы.
Kalit so’zlar: Mikoriza, ildizmeva, velamen hujayralar, havo ildizlari, jamg’aruvchi ildizlar, aerenxima, ildizpoya.
Key words: Mycorrhiza, rhizome, velamen cells, aerial roots, accumulating roots, aerenchyma, rhizome.
Ключевые слова: микориза, корневище, клетки веламена, воздушные корни, аккумулирующие корни, аэренхима, корневище.
Ko’pincha ildizlar maxsus vazifani bajaradi va shu bilan bog’liq holda ularning tuzilishi jiddiy o’zgargan bunday ildizlarni esa metamorfozlashgan ildizlar deyiladi. Ildizning shakl o’zgarishi asosan o’t-o’simliklar uchun xos bo’lib, ildizlarning har xil qismlari vazifasiga xos, yo’g’onlashuvining natijasi hisoblanadi. Shakli o’zgargan ildizlarga ildizmeva, ildizpoya, ildiz tugunaklari va har xil turdagi etdor ildizlar kiradi. Ildizmeva. Ildizning parenxima hujayralari zahira oziq moddalar to’plashi natijasida asosiy ildizning yo’g’onlashib ketishidir. Ildizmevalar sabzi, lavlagi,
rediska, sholg’om,turp va boshqa o’simliklar uchun xosdir. Turli o’simliklarda oziq moddalar ildizlarning har xil qismida to’planadi. Odatda ildizmevalarda kraxmal, inulin, turli tuman shakarlar va boshqa moddalar to’planadi. Ildizning yo’g’onlashish harakteri va to’planadigan moddalarning joylashgan qismiga qarab ildizmevalar 3 turga ajratiladi:

  1. To’plangan maxsulotlari ksilema parrenximasida saqlanadigan ildizmevalar.

  2. To’plangan maxsulotlari floema parrenximasida saqlanadigan ildizmevalar.

  3. To’planadigan moddalari qoshimcha hosil bo’lgan o’tkazuvchi nay bog’lamlarida saqlanadigan ildizmevalar.

Sholg’om va turpda to’plangan moddalar ildizning ksilema parenximasida, petrushka va sabzida butun ildiz bo’ylab, lavlagida bo’lsa o’tkazuvchi nay bog’lamlarida joylashadi.
Ildizmeva 3qismdan iborat: bish bo’yin va ildiz. Ildizmevaning bosh qismi poyaning bir bo’lagi bo’lib, qisqargan novda – nozetnasidir. Uning bo’yni ya’ni yo’g’onlashgan qismi gipohotilning yo’g’onlashishi natijasida vujudga kelgan. Haqiqiy ildiz esa o’zining odatdagi tuzilishini saqlab qolgan. Ortiqcha sug’orish va oziq berish natijasida ildizmevali o’simliklarning birinchi bo’g’im oralig’i yo’g’onlashishi mumkin. Oqibatda esa ikki-uch qo’shaloq ildizmevalar hosil bo’ladi.
Tugunak ildizlar. Yon yoki qo’shimcha ildizlarning yo’g’onlashuvi va ildizda oziq moddalarning jamg’arilishi natijasida hosil bo’ladi. Ular batat, topinambur, kartoshkagul, ayiqtovongulning ayrim turlari georgina arxideya, shirach, qo’ziquloq va boshqa o’simliklarda uchraydi.
Mikoriza. Ko’pchilik o’simliklar ildizlari zamburug’lar bilan birgalikda hayot kechirib, ildiz uchlari bilan birga o’sayotgan zamburug’ gifalari mikoriza (zamburug’ ildizi)ni hosil qiladi. Zamburug’ gifalari so’zuvchi ildizlar uchiga kirib, hujayra oralig’lari bo’ylab o’sadi hamda yosh ildizdagi so’ruvchi zo’nasidagi po’stloq hujayralarining uchiga kiradi. Apikal meristemaga esa zamburug’ o’sib kirmaydi. O’suvchi ildizlar ham zamburug’lardan ozod bo’ladi. Ba’zi o’simliklar, ayniqsa daraxtlar (eman, oddiy qarag’ay, tog’ terak va boshqalar)da mikorizaning bo’lishi zaruriy hisoblanadi. 1-rasm.
1. 2.
  1. rasm.Yashil o’simliklar bilan zamburug’lar munosabati.

1.Yashil o’simlik bilan zamburug’larni birrgalikda yashashi. 2. Yashil o’simliklar bilan zamburug’lar o’rtasida moddalar almashinuvi.
Mikoriza tuzilishiga ko’ra 2 asosiy turga ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof). Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich dan zich to’rsimon zamburug’ iplari tarqalib ketadi. Bu turdagi mikoriza asosan daraxt o’simliklar ildizida tarqalgan ( oqqayin, arg’ug’on, eman, tog’ terak va boshqalar ). Tashqi mikorizada o’simliklarning ildiz tuklari yo’qolib ketadi. Uning o’rniga esa zamburug’ gifalari xizmat qiladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildiz yuzasida yashamay, balki uning ichki qismiga kirib botadi. Zamburug’ kirib olgan ildiz hujayralari tirik holda bo’lib, zamburug’ gifalari sakin asta parchalanadi va o’simlik hujayralari tomonidan o’zlashtirib yuboriladi. Ichki mikoriza ko’pincha o’t- o’simliklarda uchraydi. Ayniqsa vereshdoshlar va salabdoshlar kabi oila vakillari uchun xrakterlidir. Ko’pchilik tabiiy va ma’daniy o’simliklar zamburug’lar bilan birga yashaydi. Ba’zi o’simliklarmasalan, Orxideyalar, zamburug’lar bilan simbiyozsiz yashay olmaydi. Burchoqdoshlar ildizlaridagi bakterial tugunaklar shaklan o’zgargan yon ildizlar bo’lsa kerak, bular asosan Rhirobium turkumi vakillari bilan simbiozga moslashgan. Bu bakteriyalar tuprog’ni azot birikmalari bilan boyitishda muhim ro’l o’ynaydi. Dukakli o’simliklarning turli xil vakillari ildizidagi mavjud azot azoto bakteriyalar tufayli yilda gektariga 150kg dan 300kg gacha azot birikmalari to’plashi mumkin. Ildiz po’stida maxsus qatlamlar, bo’rtmalar, o’simliklar hosil qiladigan zamburug’lar bilan ildizning
o’zaro hamxonaligi – simbioz mikoriza deb ataladi. Bular tuproq zamburug’lari bo’lib, o’zining vegetativ tanasi bilan yangi yosh ildizni o’rab oladi. U yerda qalin qatlam hosil qiladi. Mikoriza yashil o’simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega.
Havo ildizlari. Daraxt tanalarida yashovchi ko’pchilik tropik epifitlar (orxideyadoshlar, bromeliyadoshlar) da hosil bo’ladi. Havo ildizlari po’stloq parenximasidagi xloroplastlarda uchraydi. 2-rasm.




  1. rasm. O’simliklarda havo ildizining ko’rinishi.

Po’stloqning tashqi qavatidagi hujayra devori spenal qalinlashgan o’lik hujayralari qatlamdan tashkil topgan. Havo ildizlari havoda erkin osilib turadi va yomg’ir yoki shudring tomchilaridan shimishga moslashgan. Ularning tashqarisidan velamen qoplab turadi. Velamen – rizodermaga teng ya’ni bir qavatli protodermadan hosil bo’lgan ko’p qavatli qoplovchi to’qima. Velamen hujayralari nobud bo’ladi, hujayra qobiqlari to’rsimon yoki spiralsimon yo’g’onlashadi va qattiq bo’lib qiladi. Tashqi qobig’idagi teshikchalar orqali namlik ichkariga- velamen hujayralarning ichiga kapillar yo’l bilan kiradi. Velamen ichki tomonidan murakkab tuzilgan o’tkazuvchi hujayrali ekzoderma bilan to’shalgan va ular orqali suv po’stloq hamda stela hujayralariga o’tadi. Havo ildizlar banyan, epifit holdagi salatdoshlar, kuchaladoshlar bromeliyadoshlar va boshqalar keng tarqalgan.
Umuman olganda metamorfozlashgan ildizlar o’simliklar hayotida va faoliyatida turli ahamiyatga ega. Bir qancha o’simliklarning ildizlari o’z faoliyati davomida metamorfozga uchrab, oziq moddalar to’playdigan joy bo’lib hizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


    1. A.S.Dariyev, T.A.Madumarov, E.Y.Ro’zmatov”Botanika” Toshkent– “Ilm ziyo” 2012.112-116-bet.

    2. S. M. Mustafoyev “Botanika” Toshkent 2002.114-117bet.

    3. “Botanika” (O’quv qo’llanma) Toshkent 2018.56-60bet.
Internet saytlari.

  1. WWW.hujayra.uz

  2. WWW.funduk.club

  3. WWW.ilmziyonet.uz


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish