Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet73/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208
ФИО автора: Raximov J.S q/x.f.n.dotsent (Qar MII)
Название публикации: «TUPROQ EROZIYASINI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR VA ULARGA QARSHI KURASH CHORA TADBIRLARI»


Аннотация: Shamol eroziyasi qishloq xo`jaligiga, iqtisodiyotga va ekologiyaga katta zarar yetkazadi. Shuning uchun ham shamol eroziyasi va chang bo`ronlardan tuproqlarni muhofaza qilish muammosi dolzarbdir.
Аннотации: Эрозия ветра вызывает большой ущерб сельскому хозяйству, экономике и экологии. Следовательно, проблема защиты почв имеет отношение к эрозии ветра и пыли секций.
Kalit sо‘zlar: Eroziya, degradatsiyalanish, tabiiy va antropogen, geologik – geomorfologik, deflyatsiya, bug‘lanish.
Ключовые слова: Эрозия, деградация, природные и антропогенные, геологические - геоморфологические, дефляция, испарение.
Dehqonchilikning asosiy vazifasi qishloq xо‘jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil yetishtirish hisoblanadi. Bu vazifani faqat tuproq unumdorligini muttasil ravishda oshirish, shuningdek, tuproqni shamol va irrigatsiya eroziyasidan muhofazalaydigan samarali hamda intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy qilish orqali bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Bundan tashqari, tuproqdan tо‘g‘ri va oqilona foydalanish, qishloq xо‘jaligi ekinlarini almashlab ekish, ularga mahalliy о‘g‘itlar, organik moddalar, orgonomineral kompostlar va mineral о‘g‘itlarni ilmiy asoslangan meyorlarda qо‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ma’lum bir mintaqaning tuproq hosil bо‘lish jarayonining о‘ziga xos regional xususiyatlarini hisobga olmagan holda yerlardan oqilona foydalanmaslik, о‘rmonlarni yо‘q qilinishi, shо‘rlanish darajasi kuchayishi, suvdan oqilona foydalanmaslik oqibatida tabiiy tuproq qoplamining о‘zgarishiga, tuproq unumdorligini pasayishiga, qishloq xо‘jalik ekinlari hosildorligi kamayishi va ularning sifatini buzilishiga olib keluvchi eroziya jarayonlarini yanada kuchaytiradi.
Shunday ekan, eroziyalangan tuproqlar unumdorligini saqlash, hosildorlikni oshirish va yerlarni deflyatsiya jarayonlaridan muhofaza qilish masalalari, shuningdek respublikamizning turli tabiiy-ekologik mintaqalaridagi yer resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi (Maxsudov, Djalilova, 2006).
Ma’lumki, eroziya jarayonlarining paydo bо‘lishi va rivojlanishiga asosan ikki xil omil ta’sir etadi: tabiiy va antropogen. Insoniyat tomonidan yerning notо‘g‘ri о‘zlashtirilishi va yerlardan unumli foydalamaslik oqibatida eroziya jarayonlarini keskin tus olishi kо‘zga tashlanadi. Hozirgi kunda kuzatiladigan eroziya jarayonlari yuqorida kо‘rsatilgan ikkala omil bir-birlari bilan birlashishi natijasida namoyon bо‘ladi. Iqlim о‘zgarishi, yer yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy omillar bilan birgalikda inson tomonidan yerdan va shu bilan bir qatorda suv manbalaridan notо‘g‘ri foydalanilishi tuproq, suv va shamol eroziyasini rivojlanishining asosiy sabablardan biridir.
Bu о‘zgarishlarga qurg‘oq chо‘llar, adirlar, tog‘ oldi va tog‘ mintaqalarining joylashishi asosiy sabablardan biridir. Kо‘p yillik ma’lumotlar shuni anglatadiki ob- havo iqlimining о‘zgarishiga asosan tog‘lar, tog‘ vodiylari, tog‘larning balandligi katta ahamiyatga ega. О‘zbekiston hududida iqlimning shakllanishi atmosfera sirkulyatsiyasining xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning sahro hududlari va chо‘llardan iborat katta kengliklarida bir zayildagi kuchli qizigan kontinental jazirama issiq hukm suradi. Shuning uchun yoz bо‘yi havo ochiq va jazirama bо‘ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-subtropik va mо‘tadil kengliklarning sovuq massalari о‘rtasida Markaziy Osiyoda janubiy siklonga xos rivojlanadigan sovuq oqim hosil bо‘ladi, qish oyining sо‘nggi davrlarida va bahor oyida seryomg‘ir kunlar bularning davomiyligidir.
О‘zbekiston mintaqasida iqlimning shakllanishi ob-havo sharoiti xususiyatlariga bog‘liq. L.N.Babushkin (1964) kо‘rsatib о‘tganidek, G‘arbdan kelayotgan atmosfera havo massalari va janubiy-g‘arbdan keluvchi tuproq havoning iliq massasi namlik manbalari hisoblanadi. Tog‘larga yaqinlashgan sari yonbag‘irlardan yuqoriga
kо‘tarilayotgan bu havo massalari soviydi, namlik suyuqlashadi va yog‘in-sochinga aylanadi.
Tog‘ va yaylov mintaqalarining iqlimi ham о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ma’lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog‘in miqdori ham kо‘paya boradi, harorat esa pasayadi va umumiy bug‘lanish kamayadi. Shuning uchun, baland tog‘ chо‘qqilarida yoz oylarida ham erib ulgurmaydigan qorlar va muzliklarni kо‘rish mumkin.
О‘zbekiston respublikasi ob-havo iqlimi о‘ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va katta dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental iqlimli mamlakatlar qatoriga kiradi. Quyoshli jazirama yoz, sovuqroq qish, sutka va yil davomida haroratning keskin о‘zgarib turishi, yog‘ingarchilikning kamligi va havoning quruqligi О‘zbekiston mintaqa iqlimining asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bizning mintaqamizga xos bu xususiyatlar chо‘l va adir mintaqalarida (tog‘ oldi, tog‘ osti) tog‘ о‘lkalariga nisbatan yanada yaqqolroq namoyon bо‘ladi.
Suv eroziyasiga bevosita ta’sir etadigan tabiiy holatlardan eng dolzarblisi bu yog‘in- sochinlardir. Yomg‘irlar yer yuzasida suv oqimi hosil qiladi va tuproq yuvilishini asosiy omilidan biri bо‘lib hisoblanadi. Ustki oqim tuproqning suv singdiruvchanligi yetarlicha bо‘lmagan tuproqlarda kuchli yomg‘irlar va qor erishi davrida yon bag‘irlarda paydo bо‘ladi. Havodan tushgan yog‘in suvining yillik miqdori eroziyaning faqat ma’lum qadar xavfi borligini aks ettiradi. Yog‘in-sochinning yil mavsumlari bо‘yicha taqsimlanishi, yomg‘ir tomchisining yirik va mayda bо‘lishi kо‘proq ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bо‘lish ehtimoli shunga bog‘liq bо‘ladi. Yog‘in-sochinning miqdori va xususiyati tog‘li о‘lkalarda qor tо‘planishi va uning vaqti-vaqti bilan erishi, tuproqning harorati va suv maromi kabilar eroziyasi jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi omillardir.
О‘lkamizda iqlimning tik zonalliligiga xos kо‘rinishlar hisobga olinib, lalmikor dexqonchilikning rayonlashtirish sxemalari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchi, eng takomillashganini donchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimi G.A.Lavronov taklif qilgan. Bu sxemada 3 ta vertikal mintaqa ajratilgan, bunda lalmi ekinlarni о‘sishi va rivojlanishi uchun namlikni, ya’ni atmosferadan tushadigan yog‘in miqdori e’tiborga
olingan: yog‘ingarchilik namlik yetmaydigan (och tusli bо‘z tuproqlar poyasi) yog‘ingarchilik yarim yetarli (tipik bо‘z tuproqlar) va yog‘ingarchilik yetarli bо‘lgan erlarga ajratgan (tо‘q tusli bо‘z tuproqlar va kam ishqorsizlangan jigarrang tuproqlar) shular jumlasidandir.
Iqlimni eroziya jarayonlari rivojiga yana bir ta’siri – bu kuchli shamoldir. Shamol eroziyasini (deflyasiyaning) vujudga kelishida asosiy omil ─ chang-bо‘ronlar hisoblanadi. Eroziyaning keskin kuchayishi shamolning tezligi, yо‘nalishi, yog‘ingarchilik miqdori, mavsumiyligi, harorati va takroriyligiga bog‘liq. Kuchli chang-bо‘ronli holatlar kо‘proq yer yuzasidagi unumdor tuproq zarrachalarini chang- tо‘zonga aylantirib havoga kо‘taradi va eroziya - deflyasiya holatini hosil qiladi.
О‘zbekiston mintaqasida shamol eroziyasi bо‘yicha ilmiy- tadqiqot ishlari olib borgan olimlar Q.Mirzajonov, SH.Nurmatov, M.Hamrayev, A.Qayumovlarning ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s tezlik bilan esgan shamol, deflyasiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm balandlikda 12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol eroziyasi rо‘y bergani ta’kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga о‘simliklar ham uchirilib uzoq-uzoq joylarga, yо‘llarga, suv havzalariga keltirib tashlangan.
Xulosa qilib yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Bugungi dolzarb muammolardan biri chuqur bilimga ega bо‘lgan yosh kadrlarning xalqimizning asosiy boyligi bо‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish asosiy vazifalardan biri bо‘lib qolishi kerak.
Foydalanilayotgan adabiyotlar



  1. Muhamedov T. Tuproq eroziyasi dehqonchilik uchun ofat, T., 1973; Muxitdinov K.

  2. Muxitdinov K., Oʻzbekistonda tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash choralari, T., 1976;

  3. Mirzajonov K.M va boshqalar. Eroziyaga uchragan tuproqparda yuqori hosil olish, T., 1980.

3. Мирзажанов К.М. Ветровая эрозия орошаемых почв Узбекистана и борьба с ней. Ташкент: ФАН, 1973. - 234 с.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish