Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet193/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   208
ФИО автора: Anvarova Zohida Akromjon qizi SamDu filologiya fakulteti adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti) yo’nalishi 1-kurs magistranti
Название публикации: «MIF VA AFSONA JANRLARINING QORISHIQ JIHATLARI (o’zbek adabiyotshunosligi ilmiy manbalar asosida)»


Annotatsiya: Mif va afsona janrlarining ko’plab qirralari o’zaro farqlanadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan o’xshash jihatlarga ham ega. Mif ma’lum ma’noda afsonalarning yuzaga kelishi uchun asos bo’lgan. Ushbu maqolada mif va afsonaning qorishiq jihatlari ilmiy manbalarga tayanib tahlilga tortilgan.
Kalit so'zlar: mif, afsona , qorishiqlik, xalq og’zaki ijodi, mifologiya, ibtidoiy miflar, shahar afsonalari, tarixiy afsonalar, diniy afsonalar, totemistik miflar, antropogenik miflar.
Adabiyot shunday kata ummonki unda ko’plab mavjlar-sohalar mavjud. Uning tarkibidan ajralib chiqayotgan to’lqinlar – sohaning ayrim qirralarini ochib berish uchun xizmat qilayotgan fanlardir. Albatta, har bir fanning o’z o’rganish obyekti va predmeti mavjud. Folklorshunoslik va Mifologiya ham butun bir sistema sifatida mayda tarmoqlardan , ya’ni o’z usul va janrlaridan iborat. Bu ikki fanning o’zaro bog’lab turgan janrlaridan bir mif hamda afsonadir. Mifologiya miflar haqidagi fan27, shu sababli fan markazida turuvchi asosiy janr hamdir. Uning o’ziga xos jihatlari, turlari va namunalari, tub ildizi va ko’plab jihatlarini ham qamrab oladi. Afsona mif kabi xalq og’zaki ijodi janrlar qatoriga kiradi, lekin u mukammal tarzda folklorshunoslikning o’rganuvchi janrlaridan biri sanaladi. Shuni aytib o’tish joizki, ko’plab ilmiy manbalarda mif va afsonani bir tushuncha sifatida ishlatish hollari kuzatilgan. To’g’ri, ma’lum bir davr adabiy muhiti uchun aynan bir tushunchaning turli maqsadlarda qo’llanishi, boshqa bir ilmiy atamaning mavjud bo’lmaganligi, yoki o’sha davr uchun fanga olib kirilmaganligi sabab bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda esa mif va afsona atamalari o’zining muqim bir tahliliy tushunchalariga va alohida takrorlanmas, farq qiluvchi ma’nolariga ega ekanligi o’z tasdig’ini biroz bo’lsada topgan.



27Jo’rayev M., O’rayeva D. O’zbek mifologiyasi. –T., 2019. 12-bet.
Folklorshunos olim M. Jo’rayevning ilmiy izlanishari buning yorqin misolidir. Shu bilan birga mif va afsonani o’zaro ayro tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Ikki tushunchaning bir-biriga o’xshash va bir-birini taqazo qiluvchi bir qancha jihatlari mavjud. Mif haqidagi ilk ilmiy talqinlar jahon madaniyati tarixining antik davridanoq yuzaga kela boshlagan edi. 28 Dunyo tamaddunining bu davrida insoniyat ongli tarzda ilmiy mushohada yurishitish bilan bir qatorda ayrim bir xil deb o’ylagan tushunchalarni farqlash zarurligi haqida ham tafakkur qila boshladi. Lekin o’zbek adabiyotida uning afsonadan ayro tushuncha sifatida qarashlarning paydo bo’lishi XXI asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. “Qadimgi dunyo afsona va rivoyatlari” kitobi muallifi N.A.Kunning fikricha: “Miflarning yaratilishining o’zi insonning yodga va o’z-o’zini bilib olishga qo’ygan ilk qadami edi.” Bu mifni afsonadan avval paydo bo’lgan xalq ijodi janri ekanligining tasdig’idir.
Afsona o’zbek xalq og’zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo’lib, insonning dunyo va o’zini qurshab turgan voqelikni anglash, tushunishga qaratilgan tushuncha va tasavvurlari mujassamlashgan voqea va hodisalar badiiy to’qima asosida hikoya qiladi. 29 Mif va afsonani birlashtirib turuvchi yana bir jihat ularning badiiy to’qimadan iborat ekanligi. Ikki janrda ham ilmiy bilim aks etmaydi, balki odamning tabiat haqidagi umumiy tasavvurlari o’z ifodasini topadi. Bu qirralar ularning ibtidoiy jamoalarning ilk tasavvuri mahsuli ekanligini isbotlaydi. Shu bilan birga ushbu janrlarning o’zaro farqlanuvchi yana bir jihati yuzaga chiqadi. Miflar - biz hozirda afsona deb ataydigan muqaddas rivoyatlar xarakterini qabul qiladi, Mif bilan afsona o’rtasidagi farq tushunarli: mif – tafakkurning beixtiyor shaklidir, afsona – ongli ijodning mahsulidir.30 Bu fikr ikki tushunchaning biri tobora ongli tafakkurga yaqinlashib borganligini ko’rsatadi, lekin mif inson ongining evrilishlari natijasida paydo bo’lgan. Axir, olam haqidagi tasavvurlarning paydo bo’lishiga ham fikrlashning– ongning o’sib borishi natijasi emasmi? Umuman olganda, bu ikki janr ham tafakkurning mahsuli sanaladi. Biri ibtidoiy fikrlash tarzining ayrim jihatlarini





28 Мелетинский Е.М. Мифология// Мифы народов мира. Т.И. – М., 1982 , 16-17с.
29 Jo’rayev M. Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – T.; 2017. 146-bet.
30 Фрейденберг О.М. Миф ил литература древности. М.:Главная редакция восточной литературқ, 1978, с.119.
ko’rsatsa, ikkinchisi nisbatan rivojlangan nisbatan aqliy ijodning mahsuliga aylangan. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, mif tafakkuning ilk ildizlaridan biridir. Ibtidoiy odamning ongidagi dastlabki o’zgarishlarning mahsulidir. Bu tushunchalar aql bovar qilib bo’lmas darajada xayoliy va fantastikdek tuyuladi, lekin o’z davri uchun odamlarning haqiqati aynan shundan iborat edi. Mifning atama sifatida kelib chiqishi yunon adabiyotiga borib taqaladi, tarjimasi ham aynan “afsona” degani ekan, ammo bu uning mohiyati afsonaga teng degani emas. Umuman olganda esa, ma’lum bir jihatlari bilan mif va afsona bir-biriga o’xshash jihatlarga ega. Bu ikkisini et va tirnoq kabidir. Bir-biridan ajratib bo’lmaydi, shu bilan birga ikki bir tushunchani anglatmaydi. Xuddi, mif tarkibida afsonaviy qahramonlar, afsonada esa mifologik obrazlar ishtirok etgani kabi. Insoniyat mif yaratishni maqsad qilib qo’ymaydi, balki ma‘lum kultlar, udumlar, urf-odatlarni bayon qilish natijasida miflarning ayrim turlari kelib chiqadi…Badiiy adabiyotning ilk ko’rinishi – og’zaki shakli mifdan boshlangan. Mif qaysidir xalqlarda yozma shaklda saqlanib qolgan bo’lishi ham mumkin.31 Ko’plab xalq adabiyotlarida miflarning yozma shaklini uchratish qiyin. Bunday manbalar faqat nisbatan hozirgi kunda dunyo bo’yicha rivojlangan davlatlar sifatida tan olingan xalqlarning adabiyotidagina uchraydi. O’z-o’zidan bu elatlarning qadimgi davrlarda, ya’ni mifologik tasavvurlar paydo bo’lgan davr va undan keyingi paytlardagi hududiy siyosiy vaziyatiga ham borib taqaladi. Lekin ko’plab xalqlarda afsonalar yozma shaklda saqlanib qolgan. Miflarning ayrim parchalari ularning tarkibiga singib ketgan va yaxlid ko’rinish kasb etgan. Mif to’liq maqsadsiz yaratilgan ijod maqsuli emas. U ham afsona kabi ma’lum niyyat asosida paydo bo’lgan. Mifdagi maqsad – tabiat hodisalarini tushunishni osonlashtirish bolsa, afsonalarning maqsadi insonni tabiatning ajralmas bir bo’lagi ekanligini isbotlashdir. Shunday qilib, dunyoning, insoniyatning, tabiatning, odamlarning paydo bo’lishi haqidagi eng qadimgi sodda hikoyalarni miflar deb atash qabul qilingan. Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og’zaki ijodining eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda tarixiy hayotda ro’y bermagan bo’lsa-da, ro’y berishi mumkin bo’lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to’qima bu





31 Rahmonov N. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.:, 2014. 10-bet
janr asarlarining asosiy xususiyati hisoblanadi. Shuning uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga tenglashtirganlar. Ayrim afsonalar esa miflarga o’xshab ketadi…Shuning uchun ham afsonalar miflardan keyin, ertaklardan oldin paydo bo’lgan degan taxminni bildirish mumkin.32Miflarda tasvirlanayotgan voqealarning asosida uydurma yotsada, afsonalar ham uydurma asosida quriladi. Miflardagi voqealar aql bovar qilmas darajada mubolag’aviy bo’lsa, afsonadagi tasvirlar hayot haqiqatiga yaqinroqdir. Miflarda allaqachon bo’lib otib ketgan hodisalar fantastikasi berilsa, afsolanarda yuz berishi mumkin bo’lgan, yoki bo’lishi xohlagan voqealar fantastikasi beriladi.
T. Mirzayev o’zining “O’zbek folklori” kitobida miflarni: “…qadimgi odamning voqelikka bo’lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir”,-deya aytib o’tadi. Ong avvalo tafakkur degani, ongsiz bo’lish uchun o’ylamaslik, mulohaza qilmaslik, fikrlamaslik zarur. Ibtidoiy odamda ongning ilk ildizlari paydo bo’lishni boshlash hamona, avvalo, o’zini o’rab turgan tabiat haqida tasavvurlar shakllana boshlagan. Afsonada bo’lgani kabi mifda ham ong kurtaklari bor edi, shuning uchun odam atrofdagi hodisalarga nisbatan reaksiya hosil qilgan. Olim o’zining yana bir qarashida afsonani mif bilan bir tushuncha sifatida talqin qiladi: afsonalar mazmun jihatdan, asosan, axborot yetkazuvchi o’ta sodda sujetli uydirmalardan tashkil topadi. Ulardan ijod qilgan millatning koinotdagi quyosh, oy, yulduz, sayyoralarning paydo bo’lishi. Geografik nomlarning izohi, turli-tuman tarixiy voqealar, rasm-rusumlar sharhi o’zining ifodasini topadi,33- deya ta’kidlaydi. Bu mulohazadan afsona va mifning yana bir qorishiq jihati- sodda sujetdan iborat ekanligi yuzaga chiqadi. Lekin tabiat hodisalari bilan bog’liq hikoyalarni mif, turli –tuman tarixiy voqealar, rasm-rusum sharhi ifodalanganlarini afsona desa to’g’riroq bo’ladi. Mif va afsona o’zining tarkibiy turlari jihatidan ham ma’lum qorishiqliklarga ega. Jumladan, ibtido haqidagi miflar 34(olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo bo‘lishi to‘g ‘risidagi miflar) tuzilishi jihatdan tarixiy klassik afsonalarga tortadi. Faqat afsonalarda ko’proq tarixiy dalillarga





32 Madayev O., Sobitova T. Xalq og’zaki poetik ijodi. – T.:, 2010. 49-bet.
33 Mirzayev T. va b., O’zbek folklori. – T.:, 2017. 35-bet.
34 Jo’rayev M. Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – T.; 2017.
tayaniladi. Antropogenik miflar (g‘ayrioddiy xislatga ega bo‘lgan afsonaviy personajlar haqidagi miflar) mazmun jihatdan diniy afsonalarga tortadi, chunki bunday afsonalar qahramoni ham tarixiy shaxs bo’lishiga qaramay ayrim mubolag’aviy tasvirlarni qamrab oladi. Kult miflari (muayyan e’tiqodiy inonchlar bilan bog’liq miflar, masalan, hosildorlik kulti) ham ayrim jihatlari bilan diniy miflarga tortadi, chunki ikkisida ham ma’lum e’tiqod bilan bog’liq qarashlar tasvirlanadi. Totemistik miflar (totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida kelib chiqqan) shahar afsonalari bilan ma’lum ma’noda qorishadi. Totemistik miflarda ajdod sifatida olinayotgan qaysidir mavjudod urug’ yoki qabilaning, ayni damda odamning kelib chiqishi uchun asos sifatida olingan bo’lsa, shahar afsonalarida ma’lum bir hududda yashayotgan urug’ yoki qabilaning kelib chiqishi, o’sha hudud nomi sifatida saqlanib kelayotgan odamning ajdod sifatida olinayotgani bilan bog’liq.
Miloddan avvalgi III asrda yashagan yunon falsafasi Yevgemer mifologik personajlarni o’tmishda yashagan tarixiy shaxslarning ilohiylashtirilgan obrazi deb hisoblangan. Platon esa mifni voqelikning falsafiy-ramziy talqini, deb baholagan. Mifni afsonaga afsonani mifga qorishtiradigan asosiy unsur bu obraz tushunchasidir. Ikkisida ham shaxs obrazi ulkan kuchga, tugammas qudratga ega bo’ladi. Miflarda afsonaviy obrazlar uchragani kabi, afsonalarga ham mifologik obrazlar kiritilgan.
Ular bir vaqtning o’zida bir-birini to’ldiradi va bir butun janr namunasi shaklanishi uchun asos bo’ladi. Mifni ibtidoiy odam ma’naviy olamining muayyan ehtiyojlari, ya’ni o’z dunyoqarashini bayon etish zarurati yuzaga keltirgan, 35afsona esa ana shu dunyoqarashning rivojlantirishni taqazo etgan.
Bu mulohazalar mif afsonaning asosi ekanligini bildiradi, lekin ikkisi aynan bir xil tushuncha bo’lmagani kabi, ayro yashay olmadi ham. Faylasuf olim A.F.Losen aytganidek: “ Fan mifdan tug’ilmaydi, ammo mifsiz ham yashay olmaydi. Zero fan doim miflashgan.





35 Jo’rayev M. Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – T.; 2017. 31-bet.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. Jo’rayev M. Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – T.; 2017.

  2. Jo’rayev M., O’rayeva D. O’zbek mifologiyasi. –T., 2019. 12-bet.

  3. Kun A.N. Qadimgi yunon afsona va rivoyatlari. – S.; Zarafshon. 2005.

  4. Madayev O., Sobitova T. Xalq og’zaki poetik ijodi. – T.:, 2010.

  5. Mirzayev T. va b., O’zbek folklori. – T.:, 2017. 35-bet.

  6. Rahmonov N. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.:, 2014.

  7. Мелетинский Е.М. Мифология// Мифы народов мира. Т.И. – М., 1982.

  8. Стеблин – Каменский, М.И. МиФ. – Л: Наука, 1976.

  9. Фрейденберг О.М. Миф ил литература древности. М.:Главная редакция восточной литературқ, 1978, с.119.


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish