Международный научно-образовательный


Maktabgacha talim tashkiloti psixologining ota-onalar bilan hamkorligi



Download 3,95 Mb.
bet167/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   208
Maktabgacha talim tashkiloti psixologining ota-onalar bilan hamkorligi. Bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir. Bolalar oilada tarbiyalanadi va unda yuz beradigan voqealar ularga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila:

Ularning jismoniy jihatdan barkamol bo‘lishini, ovqat, kiyim-kechak, uy-joy bilan ta’minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi;
Ularning hissiy bardamligini, jumladan, mehr ko‘rsatadi, qo‘llab-quvvatlaydi, nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi Ularning rivojlanishi shart-sharoitlarini ta’minlaydi.
Pedagoglar bolaning dastlabki tabiyachisi sifatida oilaning yetakchi rolini tan olishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bola maktabgacha talim tashkilotining kichik guruhiga kelgunga qadar oilaviy(sog‘lom yoki nosog‘lom) muhit bola ongiga singishib bo‘lgan bo‘ladi. Bola tashqi muhitni, atrofdagilarning unga nisbatan munosabatini, tengdoshlari bilan muloqotni, talim jarayonidagi ilk bilimlarni to‘g‘ri va o‘ziga qiziqarli tarzda qabul qilishi pedagog-psixologlarning oila bilan hamkorligida to‘g‘ri tashkil qilinishi shubhasiz. Uydagi ta’lim-tarbiyaning turli- tuman sharoitlari ta’sirida bolalar rivojlanishining alohida sohalari bo‘yicha erishilgan natijalarning har-xilligini qayd etish muhim. Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarga xos ana shu xususiyatlarni ta’lim jarayonida albatta e’tiborga olish, ularni ota-onalar xohishiga binoan aqliy rivolashtirishga emas, balki umumrivojlantiruvchi vazifalarni hal etishga, bola shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirgan ma’qul. Ijtimoiy-psixologik muhofaza, bola yutuqlarining muvaffaqiyati unga kim va qanday ta’sir etayotganiga bog‘liq. Vaqtining katta qismini bola maktabgacha talim tashkiloti va uyda o‘tkazadi, shuning uchun pedagoglar va ota-onalarning ta’siri bir-biriga zid bo‘lmasligi, aksincha, bola tomonidan ijobiy va faol qabul qilinishi kerak. Bunga pedagoglar va ota-onalar hamkor va hamfikr bo‘lib, tarbiyaviy muammolarni bahamjihatlik bilan hal etish orqaligina erishish mumkin. Pedagoglar ta’lim jarayonini tashkil etishda va bevosita pedagogik jarayonning o‘ziga ota-onalarni jalb etishni, ularga bolalar bilan rivojlantiruvchi o‘zaro aloqalar shakllarni o‘rgatish, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga doir metodik yordam berishni nazarda tutadigan oilalar bilan ijtimoiy-pedagogik ishlarning ahamiyatga katta e’tibor berishlari lozim. Samarali faoliyat yuritish va oilani MTT ishiga jalb etish uchun pedagoglar o‘zlari
tarbiyalayotgan bolalarning birlamchi vazifalarini bilishlari, ularning oilasi va yaqin qarindoshlari haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
  • Maktabgacha talim tashkiloti psixologining maktab, mahalla va oilaviy polikilinikalar bilan hamkorligi.

Maktabgacha talim tashkilotiga ilk qadam qo‘ygan kichkintoy haqidagi ayrim malumotlarni tashkilot psixologi bola yashayotgan mahalladan uning oilaviy ahvoli, mahallada tutgan o‘rni, ota-onasining ruhiy holati haqidagi malumotlarni olishi va shu manbalar asosida bola bilan talim- tarbiyaviy ishlarni olib borishlari mumkin.
Oilaviy polikilinikalarining ahamiyatli tomoni shundaki, poliklinika shifokori bolaning ona qornida rivojlanishi, tug‘ilgandan keyingi ahvoli, rivojlanish bosqichlarining normal holatda kechayotganligi haqidagi malumotlarni jamlab boradi. Agar bolaning ruhiyatida yoki ota-onaning ruhiy ahvolida muammolar bo‘lsa poliklinika shifokori va maktabgacha talim tashkiloti psixologining hamkorligi bola salomatligi uchun juda muhim.
Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, bola yoshidan oshgach ilk go‘daklik davri tugaydi. 1 yoshdan 3yoshgacha bo‘dgan davr odatda ilk yosh davr deb ataladi. Inson ontogenezida uning ana shu 1 yoshdan 3 yoshgacha davri alohida ahamiyat kasb etadi.chunki bu davrda shaxs sifatiga xos eng muhim sifatlar, harakter xislati, atrof muhitga, o‘zgalarga munosabat kabi o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bundan tashqari maktabgacha yoshidagi 1-3 yoshli bolalarning ikkita yutug‘i ona tilini o‘zlashtirib olishlari va ushbu yoshda nutqning jadallik bilan rivojlanishi kuzatiladi. Bola ikki yoshga to‘lganda harakatlarning nomlarini ham bilib oladi. Bu yoshda bola lug‘atida so‘z miqdori o‘n beshtacha bo‘lishiga qaramay bola atrofdagi voqeliklarni anglash darajasi yuqori bo‘ladi. Bola uch yoshga to‘lganda bola lug‘atidagi so‘zlar miqdari 1500-2000 taga oshib boradi. Bolaning nutqi rivojlanishi bilan bir qatorda jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom rivojlanib borishi sog‘lom oilaviy muhitga ham bog‘liq. Nosog‘lom muhitda kamol topayotgan bolada atrof muhitga nisbatan agresivvlik holatlari kuzatilishi mumkin. Aytaylik, bazi onalar ilk yoshdagi bolani betartiblik qilmasliklari uchun bolaga qichqirish, taqiqlash bazan kaltaklash holatlarini ham kuzatish mumkin. Ammo bu kabi usullar bilan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi. Eng avvalo bolani haqoratlamaslik va kaltaklamaslik lozim..aks holda bolada paydo bo‘ladigan qo‘rquv, ko‘plab ruxshunoslarning fikricha, bolada o‘rab turgan dunyoga nisbatan shafqatsiz munosabat shakllanishiga, hamma narsaga kuch bilan erishish mumkinligi haqida tasavvur paydo bo‘lishiga olib keladi, shuningdek bolaning ko‘zi o‘ngida onaning etiborli obro‘si ham butkul tushib ketadi. Ammo bolaning injiqliklariga erk berib qo‘yish ham kerak emas, chunki bu uning o‘zi istagan narsaga har doim aynanshu usul bilan erishishga o‘rganib qolishi lozim. Shu sababli birinchi navbatda, injiqliklarning sababini aniqlash kerak, agar bola nohaq
bo‘lsa, unda qo‘rquv hissini uyg‘otmasdan faqatgina mulzam qilish, xotirjamlik bilan tanbeh berish kifoya. Ilk yoshdagi bola injiqligining sababini bilmasdan turib, biror bir chora ko‘rish ijobiy natijaga olib kelmaydi. Agar bolakay quloq solishni umuman xoxlamasa, jazavaga tushib qolib, oyoq qo‘llari bilan yer tepina boshlasa, uni koyish va tanbehlarsiz tinchlantirishning bitta yaxshi usuli- indamaslik. Albatta bu bola uchun juda qattiq jazo. Bola onasining etibori uchun o‘z harakatlari noto‘g‘riligini tushunib yetadi. Psixolglarning takidlashicha, ota-ona bola oldida muammolarga yechim izlashdan ko‘ra u bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qilishi, unga shirin so‘zlar bilan murojaat qilib “sen yaxshisan” deyishi, uni yaxshi ko‘rishini takidlab turishi lozim. Bu esa bola ruhiyatini optimallashtirib o‘ziga nisbatan ishonchni oshirar ekan. Ota-onalar ilk yoshdagi bolalari uchun jamiyatda, oilada o‘rnak bo‘lishlari lozim. Zero: farzandlarimiz bu bizning ko‘zgudagi aksimiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yiladigan “Davlat talablari”. 2018-yil 3-iyul.

  2. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligining 2018 yil

  1. Nazarova F. “Maktabgacha talim muassasalarida psixologik xizmat va meyoriy hujjatlar”. 2017 y

  2. M.Norbosheva “Go‘daklik va ilk yosh davr psixologiyasi” uslubiy qo‘llanma. 2013 y

  3. Nazirova G.M “Maktabgacha talim muassasalarida talim-tarbiya jarayonini tashkil etish” o‘quv qo‘llanma 2014 y

  4. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.Azamova “Maktabgacha pedagogika” F. –T.; “Manaviyat” 2013 y.


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish