Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

References: 
1. ZT Nishanova and others “Pedagogical psychology of developmental psychology 
psychology ”T .: 2018. 
2. M.G.Davletshin, SH.Dostmuhammedova, M.Mavlonov, S.Tuychieva “young 
periods and pedagogical psychology ”T .: 2004. 
3. A. V. Petrovsky "General Psychology". Tashkent. ―Teacher‖ - 
1992y. 
4. H. Ibragimov, U. Yuldashev, H. Bobomirzaev ―Pedagogical psychology‖. 
Tashkent - 2007


206 
ФИО автора: 
Axunova Saodatxon Adilovna 
Qo’qon shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi 
Название публикации:
«TADBIRKORLIK YO’NALISHLARINI TANLASHGA 
O’RGATISH VA TASHKIL ETISH (TA’LIM MUASSASASI MISOLIDA)» 
Annotatsiya:
Tadbirkorlik - bu ish o'sishining ko'ngli. Kichik biznes 
uyushmasining ma'lumotlariga ko'ra, tadbirkorlar tomonidan boshlangan kichik 
bizneslar har yili iqtisodiyotga qo'shilgan yangi ish o'rinlarining 75 foizini ta'minlaydi. 
Tadbirkorlikka yo'naltirilgan tadbirkorlik sub'ektlari uchun doimo ehtiyoj va mavqega 
ega bo'ladi. 
Kalit so’zlar:
Tadbirkorlik, Kichik biznes, iqtisodiyot 
KIRISH 
Tadbirkor sifatida ishlash boshqa birov uchun ishlashdan ko'ra ancha farq qiladi. 
Tadbirkorlar biznesning qanday vazifalari va kelajakka qanday kirib borishi haqida 
to'liq nazorat qilishadi. 
Tadbirkorlik darajasiga ega tadbirkorlik majmualari savdoni va menejmentda ish 
bilan ta'minlanishi mumkin. 
Tadbirkorlarning ko'‘chiligidan farqli o'laroq, tadbirkorlar uchun minimal ta'lim 
talablari mavjud emas. Biroq, bu darajani olish yaxshi fikr emas degani emas. 
Tadbirkorlikka e'tibor qaratishni xohlagan tadbirkorlik mutaxassislari bakalavr yoki 
hatto MBA darajasida xizmat qilishadi. Tadbirkorlikni o'rganish istagida bo'lgan 
tadbirkorlik sub'ektlari uchun turli dasturlar mavjud. 
O’rta maxsus kasbiy tahlim tizimida kasbiy tayyorgarlikni o’tayotgan va o’tab 
bo’lganlar uchun ҳam tadbirkorlik soҳasi o’zgacha aҳamiyat kasb etadi. Tahlim 
olganlar o’z bilim va ko’nikmalarini, nafaqat amaldagi korxonalardagi ish jarayonida
qo’llashni, balkim o’zlari tomonidan, o’z yaqinlari va tanishlari bilan tashkil 
qilinadigan mustaqil ishlarida tadbiq etishni orzu qiladilar. Ҳar bir yosh kasb-ҳunar 
kolleji bitiruvchisida tadbirkor bo’lish niyat va orzusi bor. Biroq bu orzuni amalga 


207 
oshirish u qadar oddiy ish emas. Ikkinchi tomondan qaraganda bu u qadar murakkab 
ҳam emas.
Hozirgi kunda har bir ta’lim muassasasida o’quvchilarni tadbirkorlikka 
qiziqtirish hamda yo’naltirish maqsadida “Biznes asoslari” fani kiritilgan.
O’n minglab odamlar ҳar yili o’z ishlarini boshlaydilar va tadbirkorlik soҳasiga 
qo’shilib ketadilar. Bularning barchasi oddiy imkoniyatlarga ega, oddiy odamlar 
ҳisoblanadi. Nima uchun kasb-ҳunar kolleji bitiruvchisi bo’lgan yoshlar ҳam bu 
soҳada o’zlarini sinab ko’rmasligi kerak? Axir, tadbirkorlik soҳasi ayniqsa yoshlar 
uchun, ko’plab imkoniyatlarni o’zida mujassam qilgan, sirli mamlakat ҳisoblanadi. 
Bularning ichida o’zini nomoyon qilish imkoniyati, meҳnat qilish imkoniyati, kurash 
va tavakkal qilish bilan boғliq qiziqarli faoliyat bilan shuғullanish, faol ishlash, o’z 
mablaғlarini ishlab topish, qaror qabul qilish, ularni qaerga sarflash yoki ulardan 
qanday foydalanish kabi imkoniyatlar bor. Bundan tashqari, ularda kelajagini o’z 
qo’llari bilan qurish imkoniyati ҳam mavjud. Albatta tadbirkorlik soҳasida ishlash, 
kasbiy bilim va ko’nikmalardan tashqari, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, mashuliyatlilik, 
vazifalarini sidqidildan bajarishga intilish, tarmoqda ishlay bilish va niҳoyat tavakkal 
qila olish kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo’lishni talab etadi. Biroq, bu fazilatlarning 
ko’piga, tadbirkorlik faoliyati davomida erishish mumkin.
Eng avvalo tadbirkorlik faoliyati nima? Tadbirkorlik
faoliyatining 
asosiy 
maqsadi, biznesning boshqa turlari bilan o’zaro aloqadorlikda, o’z istehmolchisini 
yuqori sifatli va raqobatdoshlarga nisbatan arzonroq baҳodagi tovarlar bilan 
tahminlash ҳisoblanadi. Bunday maqsad va yo’nalishlarga rioya qiluvchi kompaniya, 
o’z tovari sifatidan tejaydigan yoki tovar ҳamda xizmat ko’rsatish baҳosini sezilarli
darajada orttiradigan kompaniyaga nisbatan odatda, katta daromad qiladi va o’z 
mijozlarining ishonchini qozonadi.
O’z biznesini mustaqil ochish uchun ko’plab turli sabablar mavjud: mustaqil 
qaror qabul qilish, erkin va mustaqil bo’lish, katta muvaffaqiyatlarga erishish niyati 
yoki ishsiz qolmaslik hohishi. 


208 
Tadbirkorlikk yo’nalishlariga ta’rif berishdan avval tadbirkorlik shaklari 
to’g’risida tushuncha bermoqchiman. 
Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va 
yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va 
konsalting turlarini ajratish mumkin. 
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga 
bo`linadi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak 
xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab 
chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi. 
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) 
turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`’ yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda 
yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. 
SHu bilan birga, korxonalar uchun ҳam kasanachilar meҳnatidan foydalanish 
qulay, chunki ular 2014-yilning 1-yanvariga qadar meҳnat shartnomasi asosida 
kasanachilarga to’lanadigan mablaғlarga teng miqdorda, meҳnatga ҳaq to’lash 
fondidan yagona ijtimoiy to’lovni to’lashdan ozod yetilgan. Agar korxona kasanachi 
meҳnatidan foydalanmasdan fuqaroni ishchi xodim sifatida qabul qilsa, unga 
ҳisoblangan ish ҳaqiga nisbatan 25 % miqdorida yagona ijtimoiy to’lov to’lanishi 
kerak, ushbu xizmatni kasanachi meҳnatidan foydalanib tashkil yetsa, u ҳolda 25 % 
miqdorida yagona ijtimoiy to’lovni to’lashdan ozod yetiladi. Mazkur imtiyoz bilan 
birga agar kasanachilik bilan shuғullanayotgan jismoniy shaxslarni jalb qilgan ҳolda 
kichik korxonalar ko’rinishida ishni tashkil etsalar, xodimlar sonining cheklangan 
mehyorlarini 30 % ga oshirishga ruxsat yetiladi.
Kasanachi o’zining uyida meҳnat faoliyatini ko’rsatayotgan bo’lsa, turar 
joylarni yashash uchun mo’ljallanmagan joylar toifasiga o’tkazish talab yetilmaydi, 
yahni ortiqcha ҳujjatlar yiғib ҳokimiyatdan noturar joy obekti sifatida ruxsatnoma olish 
kerak emas. Agarda fuqarolar o’z turar joyidan kasanachilikdan tashqari tadbirkorlik 


209 
faoliyati bilan shuғullanishda foydalanmoqchi bo’lsa, o’rnatilgan tartibda noturar joy 
obyekti sifatida ruxsatnoma olishi shart.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-maydagi Qaroriga 
ko’ra, kichik korxona o’z uylarida ishlayotgan (kasanachilik bilan shuғullanayotgan) 
fuqarolar bilan, qonun ҳujjatlarida belgilangan xodimlar sonining cheklangan 
normatividan ko’pi bilan 30 % oshgan miqdorda meҳnat shartnomalari tuzganda, 
kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar 
mazkur korxona uchun saqlanib qoladi.
O’z-o’zini band qilish bu – barcha ishlarni o’zi bajarib butun foydani ҳam o’zi 
boshqaradigan shaxslar. Bunga oilaviy do’konlar, agentlar, tahmirlash ustalari, 
ҳisobchilardan boshlab, vrachlar va ҳuquqshunoslargacha barchasi kiradi. Bu 
tadbirkorlar to’liq bandlik sharoitida ishlashadi, chunki boshqa ҳech kim ularning 
korxonasiga jalb etilmagan.
0‘z-o‘zini band qilish tamoyillari asosida karyerasini qurishni mo‘ljallaganlar, 
odatda, quyidagi besh sababdan kelib chiqishadi: shaxsiy qoniqish, mustaqillikka 
intilish, foyda olish, bandlik kafolati va shaxsiy mavqe. 
Ayrim odamlar uchun o‘ziga ishlash bilan bogliq asosiy katta taqdirlanish — bu 
shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish o‘z hayoti bilan o‘zi xohlagan narsani ijod qilish 
imkoniyati borligida ifodalanadi. 0‘z-o‘zini band qilish sizga har bir ish kunini 
o‘zingizga rohat bag'ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi. 
Masalan, rasm olishni yaxshi ko‘rsangiz, siz o‘zingizni xususiy studiyangizni tashkil 
etishingiz mumkin. Har safar mijoz o‘z foto’ortretidan qoniqqanini bildirganda, siz 
ham shaxsiy qoniqish his qilasiz. 
Siz o‘zingiz yashaydigan jamoaga yordam berganingizdan ham qoniqish 
olishingiz mumkin. 0‘z-o‘zini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar 
yetkazib beradi, xizmatlar ko‘rsatadi hamda ularga ish o‘rinlarini taqdim etadi. Ular, 
shuningdek, boshqa mahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, 
mahalliy banklardan qarzga ‘ul olishadi, soliqlarni to‘lashadi. 


210 
0‘z-o‘zini band qilishning yana bir afzalligi mustaqillikdir. Mustaqillik — bu 
boshqalar tomonidan nazoratning yo‘qligi. Siz o‘z bilimingiz, ko‘nikmangiz va 
qobiliyatingizni o‘zingiz xohlagan tarzda qo‘llashingiz mumkin. Boshqa 
ishlaydiganlarga nisbatan, o‘z-o‘zini band qilgan odamlar ko'‘roq erkinlikka ega. Ular 
o‘zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlaming roziligini olmasdan 
qaror qabul qilishlari mumkin. 
Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo‘ljallaydigan asosiy 
taqdirlanishlardan biri bu foydadir. Foyda — bu barcha xarajatlarni to‘lagandan keyin 
qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. 0‘z-o‘zingizni band qilib, siz 
o‘z daromadingizni boshqara olardingiz. Juda ko'‘ hollarda korxonaga ko‘‘roq vaqt va 
ko'‘roq harakat bag‘ishlash kattaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga 
ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi. 
Ko‘‘gina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo‘lishni istagan odamlar tomonidan 
tashkil etiladi, chunki yollan- gan mehnatda bunga erishib bo‘lmaydi. Bandlikning 
kafolati, ish borligi va daromad to‘lanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog‘liq 
bo‘lmasligingizga imkoniyat beradi. 0‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan 
bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda 
ishdan ketishi mumkin emas. 
Mavqe — bu alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi 
o‘rnini ifodalash uchun qo‘llanadigan atama. 0‘z-o‘zini band qilgan odamlar 
iste’molchilar bilan o‘rnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot 
vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor bo‘lishadi. Buning 
natijasi sifatida, ular ko‘‘gina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo‘lib, 
bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g‘ururi uzviy bog‘liq; 
ko‘‘gina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o‘z 
ismlarini ko'rib g‘ururlanishadi. 


211 
0‘z imkoniyatlariga bog‘liq holda o'zini o‘zi band qilgan kishilar istalgan xildagi 
va kattalikdagi korxonani ochishi mumkin. 0‘zini o‘zi band qilish xodim va izdosh 
emas, balki insonga ish beaivehi va yetakchi bo‘lish imkoniyatini ham beradi. 
Siz nafaqat o‘z-o‘zini band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz 
kerak, balki u bilan bog‘liq yoqimsiz narsalardan ham xabardor bo‘lishingiz kerak: 
investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli, ishonchsiz yoki ‘ast daromad, ko‘‘ 
vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarish zaairati. 
0‘z-o‘zini band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yo‘qotish xavfi 
bogMiqdir. «Investitsiya qilingan sarmoya» atamasi tadbirkor o‘z xususiy korxonasini 
tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda, biznesda tavakkalchilik qancha 
yuqori bo‘lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko‘‘roqdir. Agarda, korxona 
yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa, foyda katta bo'lishi mumkin. Agarda, korxona 
omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo‘qoti!ishi mumkin, 
tadbirkor o‘z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg‘armasini bekorga 
yo‘qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga ‘ul 
bergan bank, ta’minotchilar va shaxslarga to‘lovlarni qaytarishga yillar ketishi 
mumkin. 
Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki ‘ast 
daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli oMaroq, 
foyda miqdori oydan oyga o‘zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona 
uchun ham o‘rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy 
ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat ko‘‘incha 
birinchi olti — o‘n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi. 
Tadbirkorlar o‘z ish vaqtini haftada qirq soat bilan cheklamaydi, ular kelish-
ketish vaqtini ko‘rsatadigan avtomatda kartochkasini belgilamaydi. Ko‘‘gina o‘z-
o‘zini band qilgan tadbirkorlar kuniga o‘n to‘rt soat va undan ko‘‘roq, haftasiga olti 
yoki yetti kun ishlashadi. Ko‘‘ hollarda korxona egasi ertalab birinchi bo‘lib ishga 
keladi va kechqurun oxirgi bo‘lib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining 


212 
ixtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun qulayiik nuqtayi nazaridan belgilanadi. 
Masalan, ko‘‘ do‘konlar 800 dan 2100 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar o‘z biznes- 
larini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb 
hisoblashadi, biznes bilan shug‘ullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin 
bajarishingiz majbur bo‘lgan ishlar zamrati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni o‘z zimmangizga olishga tayyor 
bo‘lsangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyatlar bor. Mulohazali 
tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan 
aniqlashga imkon beradi. Tavakkalchilikjuda ‘astbo‘lgan biznes kam daromad keltiradi 
va o‘z g‘oyalaringizni va ularni amalga oshirishni cheklab qo‘yadi. 
0‘z biznesingizni boshlash — jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish 
ehtimol vaqtingizni ko‘‘ qismini olar. Keyinchalik korxona egasi tomonidan 
biznesdagi sidqidillik va shaxsiy manfaatdorlik juda o‘zgarishi mumkin. Kichik 
biznesning ko‘‘lab barqaror korxonalarida kundalik majburiyatlarni boshqaruvchi 
yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga qanchalik shaxsan jalb bo'lishni 
xohlashingizni va kelajakda (aytaylik, 6 yildan keyin) qanchalik astoydil ishlashingizni 
aniqlashingiz kerak. Ehtimol, siz o‘z biznesingiz ichida to‘la yoki qisman boiishni 
istarsiz yoki butunlay chetga chiqishni xohlarsiz. 
Sizga odamlar bilan ishlash yoqadimi yoki hamisha yakka o‘zingiz ishlashni 
istaysizmi? Yoki siz qayerdadir ularning o'rtasida to'xtaysizmi? Kichik biznesda 
shaxslararo muloqot (aloqa)ning uch turi — iste’molchilar bilan, xodimlar bilan va 
yetkazib beruvchilar bilan muloqot mavjud. Ko‘‘ kichik korxona- larning egalari 
xodimlar va yetkazib beruvchilarning muloqotiga e’tiroz bildirishmaydi, chunki 
mulkdor ularga nisbatan foydaliroq mavqeda turadi. Biroq mulkdor-iste’molchi 
munosabatlari sizning biznesingiz turiga qattiq bog‘liqdir. Masalan, ko‘chmas mulkni 
sotishda hujumkorlik, hatto agressivlik muhimdir. Agar sizga yakka tartibda sotish 
yoqmasa, bu narsa talab qilinadigan biznesni tanlamang. Biznesning boshqa ko‘‘lab 
turlarida sotishga yondashuv ko‘‘roq shaxsdan tashqaridadir. 


213 
Chakana savdoda muvaffaqiyat ko'‘incha iste’molchi bilan shaxsiy aloqadan 
ko'ra, yaxshi tovarlarga, maqbul narxlarga va omadli reklamaga bog‘liq bo‘ladi. ‘ochta, 
Internet yoki elektron ‘ochta orqali buyurtma berish shaxs ishtirokisiz savdoning oxirgi 
misolidir, bunda siz hech qachon iste’molchini ko‘rmaysiz (iste’- molchi buyurtma 
beradi, mulkdor tovar jo‘natadi). 
Biznesingiz barqaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga qancha ko‘‘ daromad 
olmoqchisiz? Siz bir oyda 130 ming so‘m, 375 ming so‘m, 550 ming so‘m yoki ko‘‘roq 
ishlamoq- chimisiz? Bu masala bo'yicha oldindan qaror qabul qilish muhim, chunki 
biznesning har xil turi har xil daromad ta’minlash imko- niyatiga ega. Daromad nuqtayi 
nazaridan, tez xizmat ko‘rsatish restorani bir imkoniyatga ega, kichik ishlab chiqarish 
biznesi esa mutlaqo boshqa daromad bera oladi. 
0‘zingiz uchun daromad ko'rsatkichini juda baland darajada, aytaylik, oyiga olti 
yuz ming so'm, deb belgilash juda ham havas qilgudek bo‘lsa kerak. Ko‘‘ bizneslar 
uzoq muddatli kelajakda juda muvaffaqiyatli bo'lish imkoniyatiga ega, boshqalari esa 
hech qachon juda katta foyda beradigan bo‘la olmaydi. Shaxsiy daromad olish borasida 
maqsadni belgilashning yoMlaridan biri quyidagi savolgajavob to’ishdan iboratdir: 
«Aytaylik, hozirgi ‘aytdan olti yil o‘tgandan so‘ng men qanday oylik (yillik) daromad 
olishni xohlayman?» 
Odamlar o‘z mavqelarini u yoki bu tarzda oshirishga intilishadi. Ammo 
bizneslarga ham ma’lum mavqe mansub. Obro‘li faoliyat sohalari va unchalik obro‘ga 
ega bo'lmagan sohalar mavjud. 
Masalan, axlat yig‘ish obro‘li ish emas. Ayrim odamlar o‘z bizneslarining 
mavqeyi baland bolishidan juda manfaatdor, boshqalari esa bunga umuman e’tibor 
berishmaydi. Biznesning u yoki bu turini tanlashingizda, bu mulohaza juda muhim 
bo‘lishi mumkin. Siz uchun mavqeyi umuman qoniqarli bo‘ladigan biznesni tanlash 
kerak. 
Siz odamlar bilan qanchalik yaxshi ishlay olishingiz to‘g‘risida qanday 
fikrdasiz? Muloqotdan xursand bo‘Iasizmi yoki aksincha, doim yakka ishlay 


214 
olarmidingiz yoki qandaydir o‘rtaroqdamisiz? Biznesda amalda uch turdagi asosiy 
shaxslar orasidagi aloqalar mavjud: iste’molchilar bilan aloqalar, xodimlar bilan 
aloqalar va ta’minotchilar bilan aloqalar. Kichik korxonalar egalarining ko‘‘chiligi 
xodimlar va ta’minotchilar bilan aloqalarga e’tibor berishmaydi, chunki ular bu 
munosabatlarda ‘sixologik eng qulay tomonni egallaydilar. 
Biznes egalari va iste’molchilar orasidagi munosabatlar esa, biznesingizning 
turiga qarab, keng doirada o'zgaradi. Masalan, ko‘chmas mulkni sotish, ma’lum 
darajada shaxsiy jur’atni talab etadi. Agar shaxsiy sotuviar varianti sizga rohat 
keltirmasa, usiz bo‘lmaydigan biznes turini tanlamang. Ko‘p korxonalar shaxs 
ahamiyati kamroq sotuviar variantini qo‘llashadi. 
Chakana savdoda ko‘pgina korxonalar uchun, masalan, sotuvlardagi 
muvaffaqiyat, iste’molchilar bilan yaxshi shaxsiy aloqalar o‘rnatilishidan ko‘ra, yaxshi 
tovarlar borligi, loyiq narx va reklama borligiga koL’roq darajada bog‘liq. Shaxs 
ahamiyati vo'q sotuvlarning eng yorqin misoli — bu ‘ochta orqali savdo, bu yerda siz 
umuman xaridoringizni ko‘rmaysiz (xaridor buyurtma yuboradi, korxona egasi esa 
unga tovarni yuboradi). 
Kichik korxonani bar’o etish katta hajmdagi og‘ir ish bajarilishini talab etadi. 
Haqiqatan ham, dastlabki bir necha yil bu sizdan butun uyg‘oq vaqtingizni sarflashni 
talab etadi. Ammo, uzoq kelajakda, kichik korxonani egasi tomonidan boshqaruv 
jarayonlarga kuch bag‘ishlash va shaxsan jalb etilish darajasi keng doirada o‘zgarishi 
mumkin. Ko‘pgina barqaror bolgan kichik korxonalarda har kunlik boshqaruv faoliyati 
taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin. 
Shaxsan jalb etilishning qaysi darajasini siz ma’qul ko‘rishingiz va o‘z 
korxonangizga kelgusida (masalan, hozirgi ‘aytdan olti yil o‘tgandan keyin) qanday 
kuchni bag‘ishlashni xohlashingizni. 
lull qiling. Siz bundan keyin ham korxonangiz ishlariga to‘liq qatnashadigan 
bo‘lib qolishingiz, umuman ma’qul bo’lmadi, ammo balkim, siz qisman qatnashishni 
ma’qul ko‘rarsiz yoki korxonani shaxsan boshqarishdan mutlaqo voz kecharsiz. 


215 
Ko‘p gina kichik korxonalar dushanbadan jumagacha, ertalab soat 900 dan 
kunduzi 1700 gacha ish grafigini o‘zlari uchun qabul qila olishmaydi. Agarda oddiy 
ish haftasi sizga ko‘proq mos keladi, deb hisoblasangiz, biznes turini tanlashda 
ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak. Agar siz ishlab chiqarish, ulgurji savdo yoki oddiy ish 
rejimli biznesning qandaydir boshqa turi bilan shug‘ul- lanmoqchi bo‘lsangiz ham, 
doimo oddiy ish kuni chegarasidan tashqarida bajarilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina ishlar 
qoladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.
“Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, 
ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida” PQ 5087-son 2021 yil 21 aprel.
2.
O‘zbekiston Res’ublikasining Soliq kodeksi. T., «Oliy Majlis 12-sessiyasi», 
2021yil 23 avgust.
3.
O‘zbekiston Res’ublikasi Prezidentining 21.04.2021 -yil PQ-5088-son “Yoshlar 
sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning
tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash”.
4.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish