Международный научно-образовательный электронный журнал


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Karimova V.M., Akramova F.A. “Psixologiya”. 1-qism. Ma’ruzalar matni. – 
Toshkent: TDIU,
2
. Maxsudova M. Umumiy psixologiya. (ma’ruzalar matni) N. 2002. 
3.G`oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
4.G`oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001 
5. G’oziev E. Psixologiya. T. “O’qituvchi” nashriyoti. 2003. (darslik)


941 
ФИО автора:
 Shabatova Rabig’a Janasbay-qizi 
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Boshlang’ich taʼlim 
yo’nalishi talabasi
Название публикации:
«YANGI O'ZBEKISTON MA'RIFATLI JAMIYATINI 
YARATISHDA YOSHLARNING O’RNI» 
Annotasiya: 
Ushbu maqolada vatan, vatanparvarlik tuyg’usini tariximizga nazar 
tashlagan holda tushuntirilib berilgan. Yangi O’zbekiston tushunchasi va Yangi 
O’zbekistonimizning shu kungacha bosib o’tgan tarixiy yo’llari, ulug’ 
ajdodlarimizning qilgan buyuk ishlari namuna sifatida aytib o’tilgan. Biz, yoshlarning 
Yangi O’zbekistonning yanada taraqqiy etishiga qo’shadigan hissamiz haqida to’xtab 
o’tilgan.
 
Kalit so’zlar: 
Vatan, Vatanparvarlik tuyg’usi, Yangi O’zbekiston, Abdurauf Fitrat, 
mustaqillik, Yangi O’zbekiston Strategiyasi, Uchinchi Renessans, Vatan taraqqiyoti.
 
Vatan. Naqadar aziz va mo’tabar so’z. Bu so’zni eshitar ekanmiz, tug’ilib o’sgan 
Ona zaminimizni, ta
ʼ
lim-tarbiya olgan ulug’ dargoh maktabimizni, yaqin insonlarimiz 
bag’rida o’sgan oilamizni anglaymiz. Inson bu dunyoga kelib, birinchi qadam 
tashlagan, ulg’ayib kamolga yetgan muqaddas go’sha. "Vatan" so’zini tilga olganda, 
insonning qalbida Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usi uyg’onadi. Bu tuyg’u 
Vatanparvarlik deb nomlanadi. Vatanparvarlik yoki milliy g’urur bu sevgi, sadoqat va 
unga bog’lanish tuyg’usi. 
Ammo, bu tuyg’u bizni boshqa odamlarni yomon 
ko’rishimizga bevosita sabab bo’lmaydi. Aksincha, o’z yaqinlarini sevgan odam 
uchun, boshqa odamlar ham kimlarningdir bolasi, onasi, singlisi ekanini anglash 
osonroq bo’ladi. Yo’qorida keltirilgan iqtiboslardagi umumiy yanglishlik ham aynan 
shunda. Ya’ni, ular vatanparvarlik tuyg’usi boshqalarning vatanini yomon ko’rishga, 
hatto ularga qarshi urushishga
undaydigan his sifatida talqin qilingan. Shundaymikan?
Urush misolida olaylik, mana. Urushda qo’liga qurol olib kurashayotgan 
tomonlarning
qaysi birida vatanparvarlik hissi bo’ladi? Albatta, o’z vatanini himoya qilayotganida, 
bosqinchilik qilayotganida emas! Bosqinchini qo’liga qurol olib , qon to’kishga majbur 


942 
qilgan narsa vatanparvarlik tuyg’usidan boshqa har narsa bo’lishi mumkin! Ammo, 
vatanparvarlik siyosiy qurol emas, balki, insoniy tuyg’udir. Albatta, ko’pgina boshqa 
tuyg’ular kabi, vatanparvarlik tuyg’usini ham osongina manipulyatsiya qilish mumkin. 
Lekin, birov boshqa odamning sevgisini o’z manfaati yo’lida o’yinchoq qilib o’ynasa, 
sevgi bu yaramas narsa degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu gaplarim bilan men bu zotlar 
mutlaqo nohaq demoqchi emasman, ammo vatanparvarlik aslida pok va insoniy tuyg’u 
ekanligini eslatib o’tmoqchiman, xolos. Hoyi-havas, shonu-shavkat, boyligu
- mansab 
va boshqa shunga o’xshash narsalar ulug’langan hozirgi zamonda haqiqiy insoniy 
tuyg’u noyob matohga aylanib qolyapti, vafo ham, sadoqat ham, do’stlik ham. Agar 
siz tug’ilib o’sgan uyni eslaganda yuragingiz ichiksa, O’zbekiston degan so’zni 
eshitganda entikib ketsangiz, demak sizga shu noyob tuyg’ulardan biri – vatanparvarlik 
begona emas ekan. Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’usi insonga ona allasi, bobolar 
o’giti, ota ibrati, oila tarbiyasi, ustoz-murabbiylar ta'limi bilan singadi. Kishi bu tuyg’u 
vositasida o’z atrofidagi odamlarni, narsa-hodisalar mohiyatini bilishga intiladi. 
Vatanparvarlik tuyg’usi og’ir damlarda kishiga kuch-quvvat beradi, o’z xalqini 
sharaflashga, ajdodlar an'anasiga sodiq bo’lishga da'vat etadi.
 

Mehribon va rahmli Yaratgan Egamga behad hamd-u sanolar hamda behisob 


shukronalar bo‘lsinki, O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga vatan 
ayladi. Bu muqaddas tuproq jahonga qanchadan
-
qancha daholar, olimlar, yozuvchiyu-
shoirlarni yetishtirib berdi. “Vatan ne? deb so‘rganlarga bir kaftgina tuproq berdim!” 
deydi shoir. Shu sabab ham vatanga muhabbat ostonadan, ona zamindan boshlanadi. 
Tanimiz ham tuproqniki – kamtarniki, demak. Har insonning o‘z kindik qoni to‘kilgan 
tuprog’ini – ona diyorini sevishi balki shundandir.Vatan! U – beminnat. U – 
bag’rikeng. U – suyuk. Ba`zan baralla aytgim keladi: 
-Vatan mening tomirlarimda!... 
Haqiqatan ham, ona vatanimiz O‘zbekiston doimo biz bilan, jo‘sh uradi tafti 
tomirlar ichra. Hech eshitganmisiz, vatani tashlab ketgan odamni? Yo‘q, also bunday 
bo‘lmagan, aksincha doimo hamroh bo’lib kelgan. Shuning uchun “Ona vatan” 


943 
deganimiz shubhasiz to‘g’ri, albatta. Ona vatan tuyg’usi bu – shu aziz yurtga chin 
farzand bo‘la olish, unga pokiza muhabbat hamda yuksak ehtirom ila qarash demakdir. 
Ana shu tuyg’u kabi chin insoniy hislarga ega bo‘lgan odam o‘z vatanini sevmasligi, 
vatanidan yiroqda bo‘lganida uni qo‘msamasligi mumkin emas. Men vatanimdan 
minnatdorman. Quyosh sevgan yurt farzandi ekanimdan behad baxtiyorman. Vatanim 
menga nima berdi?
- Baxt berdi. Har kuni iqbol ulashdi. Bag’rida insoniylikni tuyib ulg’aydim. Vatan 
menga o‘zimni-o‘zligimni tanitdi, kimligimni angladim. Vatan tuyg’usi, vatan 
muhabbati tomirlarim uzra jo‘sh ura boshladi. Vatan qo‘llarimga qalam tutdi. Uning 
madhini bita boshladim. Vatan menga insonlikni, odam bo‘lib yashashni o‘rgatdi. Shu 
yurtda buyuk bobolarimni tanidim. 
Shu o’rinda shuni aytishim joizki, aziz va jonajon yurtimiz nimalarni boshdan 
kechirmadi deysiz. O’z o’rnini topib, jahon sahnasida O’zbekiston degan nomni 
mustahkamlaguncha nimalarga duch kelmadi, nimalarni yengib o’tmadi. Mustaqillik
yo’lida o’zini qurbon qilgan, jon fido qilgan, shahid bo’lgan ajdodlarimizning tinimsiz 
kurashlari, tunlarni tongga, kunlarni tunga ulab qilgan mehnatlari evaziga bugun biz 
tinch va osuda hayotga erishdik. Bugun O‘zbekiston – yoshlar mamlakati! Har bir 
farzandining orzu-istaklari uchun qanot bermoqda. Ammo, bu dorulomon kunlarga 
erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan - qancha musibatlar tushmagan deysiz. 
O‘zbek xalqi qanchalar og’ir kechmishlarni boshidan kechirsa-da, doim erk istadi, 
ozodlikka intildi, yaxshi kunlarni orzuladi va erishdi. Ma`rifatparvar adib 
vatandoshimiz Abdurauf Fitrat o‘z kitobida vatanining qayg’usi va taqdiri haqida 
shunday yozadi: 
“Ey ulug’ Turon… Sen mening vatanimsan… 
Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq – mening o‘limim. Sening uchun o‘lmoq – 
mening tirikligimdir. Panohim, sajdagohim, umidim! Yotlaring seni shu kuygami 
soldilar? Zolimlar seni kimsasizmi ko‘rdilar? Yo‘q, sen kimsasiz emassan. Mana, men 
chin ko‘nglum bilan sening yo‘lingda o‘lurg’a rozi… Men sening uchun yasharman, 


944 
sening uchun o‘lurman. Ey turklikning muqaddas o‘chog’i! O‘lim – sening o‘limingni 
istaganlarga, nafrat – seni ko‘mgani kelganlarga!”. 
Chin ma`rifatparvar adib Abdurauf Fitrat esa qalbidagi bu chin vatanparvarlik hissi 
va vatanga bo‘lgan ta`masiz muhabbat unga – ona suti, ona allasi, ona bag’ri va ona 
mehr-muhabbati bilan singigan bo‘lsa ajab emas. Fitrat she’rlarini mutolaa qilar 
ekanman, “Vatanni qanday sevadilar?”, degan savolga beixtiyor javob topaman. Bu 
muqaddas zaminda yana ko‘plab buyuk daholar o‘tganki, ularning asarlarini o‘qish-
o‘rganish vatanni yanada qadrlash va asrab-avaylashga chorlaydi. 
Hozirgi kunda yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik 
va mas
ʼ
uliyat hisini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda yangi O’zbekistonni barpo 
etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida olib borilayotgan 
bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishlarini ta
ʼ
minlash, ularda izlanuvchanlik, o’zi 
tanlagan sohaga mas
ʼ
uliyat hisini oshirish hamda ijodkorlik bilan yondashish 
tuyg’ularini kamol toptirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning faoliyati, erishgan 
yutuqlarini yurtimizdagi barcha yigit-qizlarga ibrat va namunaga aylantirish Yangi 
O’zbekistonimizning oldiga qo’ygan asosiy maqsadlari
d
an biridir. Bu uchun bo’lsa 
mamlakatimizda yashovchi har bir insonning bilim saviyasi yuqori bo’lishi, 
ma
ʼ
rifatparvar va yuksak ma
ʼ
naviyatli bo’lmog’i lozim. Bunday ajoyib kunlarni 
ko’rishning nasib etishi xalqimizning asrlar davomida o’ylagan orzu-umidlari, 
Vatanimiz dushmanlariga qarshi kurashgan mard, jasur ota-bobolarimiz qilgan say-
harakatlari natijasi hisoblanadi. Shuningdek, Prezidentimiz Sh. Mirziyoevning "Yangi 
Strategiyasi" kitobida yozilishicha : "Uzoq o’tmishdan hozirgi davrgacha milliy 
tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli g’oya va amaliy harakatlarda o’z 
ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi O’zbekiston 
tushunchasida jamuljam bo’ladi." Haqiqatdan ham, bugungi farovon turmushda 
yashashimiz faqat bitta kishini harakati emas, balkim, necha asrlar davomida 
qanchadan - qancha insonlarning ona yurtga degan muhabbati mahsuli sifatida 
boshlaridan kechirgan murakkab, qiyin davrlarga qaramay, shunday serquyosh 
o’lkamizning kashf etilishi uchun bor kuch-g’ayratlarini ishga solishi natijasida, 


945 
albatta. Avvalo, biz Yangi O’zbekiston iborasida Xalq manfaatlarini hamma narsadan 
ustun qo’yish tushiniladi. Yangi O’zbekistonda mehr-oqibat, kattaga hurmat, kichikga 
izzat, o’zaro do’stlik, bir-birimizga yordam berish kabilar mujassam bo’ladi. Bunday 
yurtni hali ham taraqqiy ettirish biz, yoshlarning qo’lida. Chunki, o’z ishlarimiz bilan 
Yangi O’zbekistonimizning ravnaqiga o’z hissamizni qo’shish orqali keyingi yosh 
avlodga namuna bo’lamiz. Shu orqali ular ham biz yurgan yo’ldan shahdam qadam 
tashlaydilar. Bu bo’lsa Yangi O’zbekistonimizning barqaror rivojlanishi, 
yangilanishlarning bo’lishidan darak beradi. Bu yo’lda butun mamlakatimizda islohot 
va yangilanishlarning keng ko’lamli tarzda olib borilishi, raqobatning kuchayishi, 
bunday oliy maqsadlarning amalga oshishida zamonaviy qarashlarga asoslangan 
jamiyatning barpo etilishini aytib o’tish joizdir. Shuningdek, bu islohotlarning barchasi 
inson uchun, uning hayoti, huquq va erkinliklari, qadr-qimmati, ehtiyoj va 
manfaatlariga qaratilgan. Demak, biz, yoshlar, nima uchun shunday aziz yurtda yashar 
ekanmiz, uning yanada taraqqiy etishi uchun o’z hissamizni qo’shmasligimiz kerak? 
Albatta, bunday muqaddas go’shada yashab turib, ozgina bo’lsa ham o’z hissamizni 
qo’shishga harakat qilmasak, bu Vatanimizning tuzini yeb, unga tupurgan hisoblanadi. 
Vatanimizdan kópgina Vatan tarraqiyotiga óz hissasini qóshgan allomalar 
yetishib chiqqan bo’lsa, ulardek bo’la olmasak ham, kichkinagina harakat 
qilmaydiganlar ham bor? Bizning alloma - bobolarimiz faqat olamshumul kashfiyotlar 
yaratibgina qolmay, yurtimiz nomini butun dunyoga taratishda ham beqiyos xizmatlar 
qilgan. Chunki, ular vatan tuyg’usi har ishda, har qadamda madadkor bo’lsin deb, o’z 
ismi - shariflariga tug’ilgan joylarining nomini qo’shib yozganlar. Buxoriy, 
Zamahshariy, Samarqandiy, Shoshiy, Toshkandiy, Farg’oniy, Marg’noniy, Xorazmiy, 
Termiziy, Nasafiy singari nomlar shu tarzda paydo bo’lgan. Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, 
Chólpon kabi ajdodlarimizning ulkan hasrat bilan yozilgan maqola va she'rlarini 
o’qiganda Vatan tuprog’ida turib, Vatandan judolik dardi bilan yashash qanchalik og’ir 
dard ekanini his etamiz.
Prezidenimiz tomonidan Yangi O’zbekiston ma'rifatli jamiyatni yaratishda 
yoshlarni oldiga qo’ygan vazifalarini belgilap berdi. Bularning barchasi Vatanimizni 


946 
yanada taraqqiy ettirish uchun, albatta. Shunday ekan, Yangi O’zbekistonimizning 
taraqqiyotining hali ham ilgarilashiga biz, yoshlar, o’z hissamizni qo’shmasak, kim 
qo’shadi?
Demak, Prezidentimizning yoshlarga bildirgan samimiy ishonchini oqlab, Yangi 
O’zbekistonimizning yanada farovon hayotga erishishida, rivojlangan davlatlar 
qatoridan oldinga chiqib ketishida, yangi demokratik jamiyatni barpo etishda, kelajak 
poydevorini qurishda bor imkoniyatlarimizni ishga solaylik. Yangi O’zbekistonimizni 
biz har qadamda, yurtimizning har kunlik faoliyatida sezib, ko’rib turibmiz. 
O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan biz yoshlarning tarbiyasiga, barkamol avlod 
boʻlib yetishishimizga bog’liq. Shu ma'noda, milliy istiqlol g’oyasini qalbimiz va 
ongimiz bilan his etishimiz, milliy qadriyatlarni, tariximizni sevib o’rganishimiz, 
ularga sodiq bo’lishimiz kerak bo’ladi. O’zbekiston deb atalgan, tuprog’ida oltin 
gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, har tongda bulbullar madhini o’qib 
tamom qilolmaydigan bir yurtda yashayotgan ekanmiz, biz o’zimizni baxtli deb 
bilmog’imiz kerak. Keksalarimiz aytganidek, shukronalar bilan yashamog’imiz kerak. 
O’zbek adabiyotshunoslarining yirik vakili, O’zbekiston Qahramoni Ozod 
Sharafuddinovning shunday fikrlari bor: “Aziz vatandosh! Siz bilan biz o’zbeklarning 
o’z g’ururi bor. Bugun biz dunyo xalqlarining saflaridan o’rin olishga harakat 
qilmoqdamiz. Lekin, biz g’ururimiz har qancha baland bo’lmasin, o’z qadrimizni har 
qancha baland qo’ymaylik, o’zimizni hech kimdan yuqori qo’ymoqchi, bironta xalqni 
kamsitib, pastga urmoqchi emasmiz. Biz yaxshi bilamizki, Alloh jahon ayvonida 
o’zining hamma bandalarini teng qilib, barobar qilib, do’st qilib yaratgan. Ha, 
shunday, biz hamma xalqlarga birodarmiz, lekin, hech kimning oldida tili qisiqlik 
joyimiz ham yo’q. Shuning uchun “qayga borsam g’oz yururman, boshda do’ppim 
gerdayib”, deyish uchun to’la asosimiz bor. O’zbekning dovruģini eshitmagan, 
“O’zbekiston” degan jannatmakon yurtning ta'rifidan xabar topmagan bir jon 
qolmasin.” Shuning uchun ham faqat O’zbekiston deb gerdayganimizda, shu go’zal 
yurtning ravnaqiga qo’shgan jinday hissamiz uchun qaddimizni tik tutib bir gerdayib 
qo’yaylik. Shu aziz Vatanda tug’ildik, o’sdik imkonimiz boricha Vatan ravnaqi yo’lida 


947 
kuch - g’ayratimizni, bilim-salohiyatimizni ayamaylik. Uni sevishimiz, ko’z 
qorachig’idek asrashni burchimiz deb bilamiz. Shunday ekan, vatan ravnaqi uning 
farzandlariga, unda yashovchi har bir yosh avlodga, ularning ma'naviy va jismoniy 
kamolotiga bevosita bog’liq. Bu, o’z navbatida, har bir yurtdoshimizning zimmasidagi 
yuksak fuqarolik mas'uliyatini his etishga, o’z manfaatlarini shu yurt, shu xalq 
manfaatlari bilan uyg’unlashtirib yashashga da'vat etadi. Shunday ekan, mehri daryo, 
haqiqatparvar yurtni sevmay bo’ladimi?!

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish