Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО авторов:
 Madaminova Yarkinoy Saparboyevna 
UrDU “Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi 
Iskandarova Nilufar Sotimboyevna 
Qoraqolpog‘iston respublikasi, Beruniy tumani, 38 maktab “Texnologik ta’lim” fani 
o‘qituvchisi 
Название публикации:
«TA’LIMDA 
AXBOROT VA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ZAMON TALABI» 
Annotatsiya:
Maqolada ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash 
to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni 
qo‘llashning ahamiyati, metodikasi ochib beriilgan. 
Kalit so’zlar:
Texnologiya, innovatsion, axborot, pedogogik, ta’lim, metodlar. 
 
Bugungi kunda mamlakatimizda fan-texnikaning rivojlanishi natijasida ishlab 
chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish va dasturiy vositalar orqali 
boshqarish tobora kengaymoqda. O’quv jarayonida o’qitishning zamonaviy 
vositalarini va pedagogik texnologiyalarni qo’llash o’quvchilarning o’quv-bilish 
faoliyatini yuksak darajada tashkil etish, o’qituvchi va o’quvchilarni mehnati 
jadalligini oshirish imkonini beradi. Ayniqsa, zamonaviy didaktik elektron vositalar va 
qurilmalarni, ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayonida 
oqilona qo’llash o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish darajasini sezilarli darajada 
oshiradi, darslarda ularning individual va guruhiy ishlarini tashkil etish imkoniyatini 
kengaytiradi, o’quv materiallarini o’zlashtirishda aqliy faolligi va tashabbuslarini 
rivojlantiradi,hamda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi. 
Hozirgi davrda ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarning yangilanayotganligi 
mutaxassislardan bilimlarini muntazam yangilab va kengaytirib borishlarini va kasbiy 
muammolarni mustaqil echish qobiliyatlariga ega bo‘lishni talab etadi. Buning uchun 
ta’lim jarayonini yangi o‘quv-adabiyotlari va didaktik vositalar bilan ta’minlash, 


427 
zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni xamda faol ta’lim metodlarini qo‘llash, ishlab 
chiqarish bilan manfaatli korparativ hamkorlikni rivojlantirish muxim ahamiyatga ega.
Oliy ta’lim o‘quv yurtlarida o‘qituvchilarning global internet tarmog‘i, multimedia
tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion 
pedagogik texnologiyalarni egallashi va ularni o‘quv jarayonida faol tatbiq etishga oid 
chora-tadbirlar o‘z ifodasini topgan. Bu esa, o‘z navbatida, professor-o‘qituvchilarning 
o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlariga, o‘quv jarayoniga ilg‘or uslublarni keng joriy 
etishga, kasb madaniyati va maxorati, ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishiga zarur 
shart-sharoitlar yaratadi. Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi axborotlashtirish 
jarayonini xarakterlaydi. Zero, axborotlashtirish barcha ishtimoiy tuzilmalarni qamrab 
oladi.U axborotni egallashning tizimli-faoliyati jarayoni sifatida tushiniladi.Axborot 
esa boshqarish va rivojlanish resursi hisoblanadi. Axborotlashtirishning asosiy 
maqsadi informatika vositasi yordamida axborot jamiyatini yaratishdir va shu asosda 
sivilizatsiya taraqqiyotini davom ettirishdir. 
Hozirgi paytda ta’lim muassasalarida o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalanib, 
ta’limga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etib, ta’lim 
samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchaymokda. 
Darslarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashdan bosh 
maqsad, dars jarayonida o‘quvchini tinglovchidan dars jarayonini ishtirokchisiga, 
ma’lumot tarqatuvchi manbaga aylantirishdan iborat. Bu jarayonning yana bir muhim 
jihati darslarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari tadbiq etilganda 
o‘quvchilarda juda katta hajmdagi ma’lumotlarni tez va puxta o‘zlashtirish imkoniyati 
paydo bo‘ladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar 
o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil 
qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. SHu bilan 
birga, ta’lim jarayoniga ta’lim texnologiyalarning to‘g‘ri tadbiq etilishi o‘qituvchining 
bu jarayonda asosiy tashkilotchi, boshqaruvchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat 
yuritishiga olib keladi. 
Innovatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim 


428 
hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini 
qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi va shu 
bilan birgalikda bu usullar faqat pedagog va o‘quvchilarning birgalikda faoliyati 
ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Ana shunday pedagogik birgalikdagi harakatlar 
jarayoni esa ta’lim samaradorligini belgilaydi. 
Ta’lim texnologiyasining asosini ham o‘qituvchi va o‘quvchilarning belgilangan 
maqsaddan kafolatlangan natija sari yo‘naltirilgan hamkorlikdagi harakatlari tashkil 
etadi. Bu harakatning samarasi esa bevosita ta’lim texnologiyasi tanlanishi va o‘zaro 
hamkorlik natijasiga bog‘liq. 
Ta’limga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etish, o‘qitishning 
innovatsion usullaridan foydalanish ta’lim samaradorligiga erishish va ta’lim 
oluvchilarnig o‘zlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda berilgan ma’lumotlarni uzoq 
vaqt yodda saqlab qolish imkoniyatini yuzaga keltiradi. 
SHu o‘rinda o‘quv jarayonini oldindan loyihalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomoni, joy va sharoit, eng 
asosiysi, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyoji va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta 
olishi kerak. SHundagina, o‘qituvchi dars jarayonida yuqorida qayd etilgan 
kafolatlangan natijaga erishishi mumkin. Umuman, bu jarayonlarni amalga oshirishdan 
asosiy maqsad o‘quvchilarni ta’limning markaziga olib chiqish, yuqorida aytilgani singari 
ta’lim oluvchini ta’lim jarayonining tinlovchisidan bevosita shu jarayonni ishtirokchisiga 
aylantirishdan iborat. 
Bundan maqsad, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga ta’lim oluvchilar 
faoliyatini kuchaytiruvchi metodlar bilan boyitgan xolda amalga oshiriladi. Bu esa, 
ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi ko‘tarilishiga olib keladi. SHuni alohida 
ta’kidlash lozimki, ta’limga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq 
etish va ta’lim samaradorligini oshirish amaldagi o‘qitish usullari, ta’limning tashkiliy 
shakllari va ta’lim mazmuni asosida bunyod etilishi lozim. CHunki zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar asosini yaxlit pedagogik jarayon tashkil etadi. 
Ta’limga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etishda; dars 
jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning 


429 
qiziqishini oshirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib 
turilishi, o‘quv materialini kichik- kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini 
ochishda o‘qitishning innovatsion usullarini qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy 
mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. 
Ta’limning interfaol usullaridagi ahamiyatli jihatlardan yana biri shundaki, oddiy 
munozarada bahslashuvchilar ko‘proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat 
qiladilar. 
SHunday qilib, o‘quv-tarbiya jarayonida innovatsion ta’lim usullaridan foydalanishda, 
ta’limga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etishda, ta’lim 
samaradorligini oshirishda didaktik talablarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Bu 
jarayonni to‘g‘ri tashkil etish talabalarda mustaqil fikrlash, ta’limga qiziqish va o‘zaro 
pedagogik hamkorlikni shakllantiradi talaba faoliyatini dars maqsadlariga erishishga 
yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Jamiyatning rivojlanishi o‘qituvchidan innovatsion ahloqni, ya’ni pedagogik 
faoliyatda faol tizimli ijodni talab etadi. Innovatsion ahloq – bu moslama emas, balki 
o‘z individualligini, o‘zini namoyon etishning maksimal rivojlanishidir. O‘qituvchi 
kimdir o‘z ideallari qismlaridan voz kechsa, u o‘zining ahloqiy va intellektual 
butunligini buzadi, o‘z erkinligini yo‘qotadi va baxtsiz bo‘ladi degan fikr bilan 
singdirilgan bo‘lishi lozim. Erkinlik o‘ziga shaxs sifatida bo‘lgan hurmatni anglatadi. 
Jamiyatda insonni innovatsion faoliyatni to‘xtatishga majbur qiluvchi bir necha 
maxsus usullar “mavjud”. O‘qituvchi innovatsion faoliyatni amalga oshirishda xalaqit 
beruvchi psixologik to‘siqlarni, “komplekslarni” anglashi, boshdan kechirishi va 
ulardan qutulishi lozim. 
Shunday qilib, o’quvchilarni va bo’lg’usi mutaxassislarni kasbiy tayyorgarlikni 
oshirishda axborot texnologiyalardan va zamonaviy pedagogie texnologiyalardan 
foydalanishda pedagogik tamoyillar asoslanishi o’qitishning har bir metodi 
axborotlilik va funksional-didaktik darajasi, ya’ni undagi ma’lumotning dasturda 
o’rganilishi ko’zda tutilgan materialga muvofiqligi, bu ma’lumotning ma’lum 
mazmunini ochib berishda yechiladigan xususiy metodik masalalarga mosligi nuqtai 
nazardan baxolanishi kerak. 


430 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish