“Sulton Husayn Mirzo Boyqaroning zamoni ajab zamona edi...
6
Shuningdek
Zahiriddin Muhammad Bobur husayn va A.Navoiy davriga
“Oltin davr” (“asri
tilloyi”)ni “Sulton Husyn Mirzo Boyqaro zamonasi
” deb yuqori baho beradi.
Afsuski XVI asr boshlarida A.Navoiy (1501) vafoti va Mirzo Husayn vafoti (1506)dan
so’ng Xurosonda Temuriylar davlatining inqirozi boshlandi. Temuriylarning so’nggi
vakili sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davrini aytish mumkin.
5
Naim Norqulov, Ilyos Nizomiddinov. MINIATYURA TARIXIDAN LAVHALAR. G’afur G’ulom nomidagi adabiyot
va san’at nashriyoti. TOSHKENT - 1970
6
Zahiriddin Muhammad Bobir. Asarlar, uch jildlik, II jild, “Toshkent” badiiy adabiyoti nashriyoti, 1965, 258-bet.
171
4.Bobur Hindiston taxtida besh yil (1525-1530) hukmronlik qildi. Boburdan
so’ng katta o’g’li Humoyun 25 yil (1531-1556) va Humoyunning o’g’li Akbar 50 yil
davomida (1556-1605) imperiyaga hukmronlik qildi.
Humoyun mo’jaz san’at ixlosmandi edi. U Tabrizda vaqtinchalik istiqomat
qilgan vaqtida Mir Sayid Ali Tabriziy va Xoja Abdusamat Sheroziylar ijodi bilan
tanishib ularni o’z saroyiga taklif qilgan. So’ng ular Hindistonda tasviriy san’ati
maktabiga asos soldilar.
Humoyunning vafotidan so’ng taxt uning o’g’li Akbarga o’tdi. Akbar san’atni
qadrlovchi mahoratli rassom bo’lgan. Akbar farmoni bilan “Amir Hamsa rivoyatlari”ni
rasmlar bilan bezatish uchun Behzod maktabining 50 san’atkori jalb etilib, 12 jildlik
rivoyatlar to’plami 1700 mo’jaz sur’atlar bilan bezatilgan.
7
Temuriylar davridagi san’atning rivojlanishi nafaqat sharq xalqlari, balki butun
dunyo san’atida kata o’rin egallaydi. Bu davrlarda ijod qilgan musavvirlar va ular
chizgan sur’atlar bugungi kungacha to’liq o’rganildi deb aytishimiz qiyin. Chunki
dunyo mamlakatlaridagi ko’plab kutibxonalarda va shaxsiy kolleksiyalarda
saqlanayotgan mumtoz qo’lyozmalar to’liq jamlanib o’rganilmay qolmoqda. Bugungi
kunda yurtimizda Temuriylarning san’atga qo’shgan xissalari haqida tarixchi va
san’atshunoslar tomonidan ilmiy izlanishlar to’xtovsiz olib borilmoqda va ilmiy
maqolalar orqali jamoatchilikga yetkazilmoqda. Jumladan O’zbekiston Badiiy
Akademiyasining akademigi professor Akbar Hakimov va Zuxra Rahimovaning bu
yo’ldagi ilmiy izlanishlari, maqolalari katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Shuningdek
temuriylar davri san’atini organisda ozdekiston fanlar akademiyasi. “Temuriylar davri
davlat muzeyi” xodimlari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan 1996 yildan boshlad har
yili ilmiy konferensiyalar o’tkazib kelinishi kata ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham temuriylar
davri san’ati va K. Behzod ijodini o’rganish, taladalarga etqazish yzasidan illmiy
konferensiyalar tashkil qilish an’anaga aylangan deyishimiz mumkin. Shuningdek
“Miniatyra va xattotlik” yo’nalishida ta’lim olaytgan talabalarga temurieylar davri
san’ati haqida nazariy bilimlar barobarida ixtiasoslik fanlari doirasida mavzularga
amaliy kompozitsiya islash vazifalarining bajarilishi o’quvchilarga temuriylar davri
san’ati haqidagi bilimlarini oshishiga xizmat qiladi.
7
Miniatyura kompozitsiyasi, o’quv qo’llanma, Sabirov Mirxamid Muhamedjanovich. “Lesson press” nashriyoti, 2019,
14-bet.
172
Do'stlaringiz bilan baham: |