Ключевые слова:
молодежная политика, инновационное поведение,
образовательный кластер, инновационная деятельность, общество, инициатива,
наука.
964
Key words:
youth policy, innovative behavior, education cluster, innovative
activity, society, initiative, science.
Respublika ta’lim tizimida o‘quvchilarga bilim berish va uni baholash
jihatlari,
ta’lim
klasteri
sharoitida
fanlar
aloqadorligini
ta’minlash
hamda amaldagi Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quvchilarning fanlar
bo‘yicha egallashlari kerak bo‘lgan bilim va tayyorgarlik darajalarini
belgilash, o‘quv reja, dasturlar va darsliklarni ishlab chiqishda o‘quv fanlari
xususan, matematika, fizika va shu kabi barcha fanlarni o‘qitishdagi fanlar
integrasiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa ta’limning o‘quvchilar olgan bilimlarini hayotiy faoliyatida
qo‘llashlariga yo‘naltirilgan bo‘lishini taqozo etadi. O‘zbekistonda ta’limga
kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan Davlat ta’lim standarti (DTS), malaka
talablarini ishlab chiqish zarurati: uzluksiz majburiy ta’limni barcha fanlari bo‘yicha
ta’lim
oluvchilar
tayyorgarligining
zarur
va
yetarlicha
darajasi
hamda ta’lim
muassasalarini bitiruvchilariga nisbatan
malaka
talablarini aniq belgilab olish, ta’limning barcha bo‘g‘inlarida innovasion
ta’lim klasterini ta’minlashga qaratilgan.
DTSni takomillashtirish o‘quv jarayonida fanga oid va tayanch
kompetensiyalarni
tanlash,
ularni
shakllantirish
va
belgilangan
kompeteniyalarni
shakllanganlik
darajasini
aniqlashda
xorij
tajribalaridan samarali foydalanish orqali amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Sababi, mehnat bozoridagi talabning tez o‘zgarishi, ish beruvchilarning
faqatgina uning bilimi, ko‘nikmasi va malakasigagina emas, balki ularning
shaxsiy sifatlariga ham e’tibor qarata boshlaganligi bilan belgilanishi
ta’lim tizimidagi yondoshuvlarni ham o‘zgartirishni taqozo etayotganligini hayotning
o‘zi ko‘rsatib bermoqda.
Xususan, J.Raven, I.A.Zimnaya va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqot
ishlarida shaxs kompetensiyasini shakllantirish va takomillashtirish tushunchalari,
yetakchi pedagog-psixologlar I.Ya.Lerner, V.V.Krayevskiylarning ilmiy qarashlari,
ta’limda
tayanch
kompetensiyalar
tarkibini
ifodalash
va
uni
965
shakllantirish
jarayoni
muammosi
xorijiy
nazariya
va
amaliyotida
E.F.Zeyer,
V.I.Baydenko
va
boshqalar
tomonidan
kasbiy
ta’limga
tadbiqlari tahlil qilindi. Kompetensiyaning naqadar muhimligini, muttasil
ravishda takomillashtirilib boruvchi zamonaviy talablar inobatga olinishi,
o‘quvchilarning
mantiqiy
fikrlashlari
o‘sishi,
bilim
olishga
bo‘lgan
qiziqishning ortishi hamda bitiruvchilarning majburiy ta’limdan keyingi bosqichlarga
tez moslashuvchanlik xususiyatlarining samarali namoyon bo‘lishida ko‘rinadi.
O‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan 5 ta:
-kommunikativ;
-axborot bilan ishlash;
-shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish;
-ijtimoiy faol fuqarolik;
-umummadaniy;
-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyalarini dars jarayonida rivojlantirish uchun ularni faoliyat
shaklida berish uslubi tanlandi.
Mazkur
kompetensiyalar
o‘quvchining
yosh
psixofiziologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir o‘quv predmetini o‘qitish
jarayonida shakllantirilib borilishini inobatga olib, ta’limning amaliyotga
yo‘naltirilganlik
prinsipini
joriy
etish
o‘quvchilarning
fanlarga
oid:
jarayon
va
hodisalarni
kuzatish,
tushunish
va
tushuntirish;
tajribalar
o‘tkazish va xulosalar chiqara olish kompetensiyalarini shakllantirish ko‘zda tutildi.
Shu nuqtai nazardan o‘quvchilarning dars paytidagi fanga oid kompetensiyalarini
shakllantirish muhim jihatlardan hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta’lim klasteri sharoitida o‘quvchilarda kompetensiyalarni
rivojlantirish
dinamikasini
o‘rganish, tanlangan usul, metod va ta’lim
texnologiyalarning
samaradorligini
aniqlash
xususida
olib
borilgan
tadqiqot xulosalari haqida qisqacha fikr yuritamiz.
Oliy va o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarning tayanch va fanga oid
kompetensiyalarining dastlabki holati aniqlashda, tegishli anketalar va o‘quv
966
fanlariga oid test topshiriqlaridan foydalanildi. Talabalar va o‘quvchilar
kompetensiyalarini
shakllanganligi
yuzasidan
o‘tkaziladigan
nazorat
ishlarida
fanining
xususiyatlaridan
kelib
chiqib,
qisqa
muddatda,
ko‘pchilikni tashxislash maqsadida test sinovlari tanlandi. Ulardan ko‘pchilik
qismi javoblari tanlanadigan, bir qismi esa, javoblari yoziladigan qilib
tanlandi va har bir test ma’lum bir bilimni, ko‘nikma yoki malakani
egallaganligini
tashxislay
olishiga
alohida
e’tibor
berildi.
Fanlarga
oid
umumiy
kompetensiyalarning
shakllanganligini
testlar
vositasida
tekshirish, tayanch kompetensiyalar shakllanganligini tashxislash maqsadida esa,
fanlar tarkibiga singdirilgan, aqliy rivojlanganlikni ko‘rsatadigan topshiriqlar berish
mumkin.
Tadqiqot jarayonida fanlardan tuzilgan testlar ko‘proq fanga oid umumiy
kompetensiyalarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatini aniqlashga qaratildi. Xususan,
talabalarning
fanlarni
o‘rganishga
bo‘lgan
tayyorgarlik
darajasini
o‘rganishda ularning tanlagan kasbi ham hisobga olindi. Masalan, quyidagi
kabi testlar:
1. Sizlarga ma’lumki insondagi kasalliklarni aniqlash uchun meditsinada
kompyuter tomografiyasi
ishlatiladi. Bu asbobni devorlari metall to‘r bilan
qoplangan xonaga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |