Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Название публикации:
«MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ 
TILINI O’QITISH METODIKASI» 
Annotatsiya: ushbu tadqiqot ishida bolalarga ingliz tilini o’rgatish ya’ni 
bolalar uchun ingliz tilini o’rganish usullari o’yinlar, inglizcha 
mashg’ulotlar, yangi metodlar orqali bolaning nutqini rivojlantirish. 
Kalit sozlar:videorolik,kunlik o’yin,og’zaki nutq,multimediya,imo-
ishora,rasmlar,multfilmlar. 
So’nggi bir necha yil ichida chet tilini o’rganish o’z-o’zini 
rivojlantirishning bir usuli emas ,balki zarurat bo’lib qoldi. Chet tili nafaqat 
maktablar, universitetlarda, balki ko’plab maktabgacha ta’lim 
muassasalarida ham ta’limning majburiy- tarkibiy qismiga aylandi. 
Shuningdek, ota- onalar ham jamiyatda chet tiliga bolgan talabni til 
nafaqat zamonaviy insonni tarbiyalashning omili, balki uning jamiyatdagi 
ijtimoiy va moddiy farovonligining asosi ekanligini bilishadi.20 yil oldin 
tilni bilish faqat ba’zi sohalarda talab qilingan bo’lsa , bugungi kunda barcha 
sohalarda ingliz tilini bilish zarur.
Bolalarda ingliz tilini o’rganish ancha qulayroqdir. Yangi o’qitish 
metodikasi bolalarga qaratilgan.Endilikda ota- onalar ham o’z farzandlarini 
tilni o’rganishni iloji boricha erta boshlashga intilmoqda. Maktab yoshidagi 
bolalarni сhet tiliga o’rgatishning asosiy maqsadlari ; 
Bolalarda chet tilida boshlang’ich muloqotini shakillantirish;


61 
O'z maqsadlariga erishish, hayotiy aloqa aralashuv shartoitida fikr va
hissiyotlarini ifoda etish uchun chet tilidan foydalanish qobilyatini 
rivojlantirish; 
Chet tillarini yanada yaxshi o’rganishga ajoyib munosabat yaratish;
Boshqa mamlakatlar hayoti va madaniyatiga qiziqish uyg’otish;
Bolalarni o’qitish – bu maktab o’quvchilari va kattalarga qaraganda 
mutlaqo boshqacha uslubiy yondashuvni talab qiladigan juda qiyin masala. 
Agar kattalar chet tilida gaplashsa, bu uning boshqalarga o’rgatishi kerak 
degani emas. Uslubiy jihatdan passiv darslarga duch kelganda, bolalarda 
uzoq vaqt chet tiliga bo’lgan qiziqishi so’nib qoladi va o’z qobilyatlariga
bo’lgan ishonchlarini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilan tajribali mutaxasislar ishlashi kerak.
Qishloq joylardagi maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari odatda 
ingliz tili muhitidan ancha uzoq bo’lgan sharoitda o’sishadi va bolalarning 
fikrlashi mavhum shaklda qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarini 
o’zlashtirish jarayoni doimo hissiyotlarga tayangan holga kechadi. Shuning 
uchun bog’cha yoshidagi bolalarni o’qitishda ingliz tili o’qituvchilari oson 
metodikalar orqali o’quvchilar atrofidagi buyumlardan kartochkalardan va 
boshqa o’quv qo’llanmalaridan to’liq foydalanishadi. “Banana” va 
“apple”kabi so’zlarni o’qitishda o’qituvchilar banan va olma kabi mevalarni 
ko’rsatib va ularning rangini , tamini bildiruvchi so’zlarni ham o’rgatib 
ketish mumkin.bolalar o’quv mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun xonadagi 
narsalar orqali ularni chet tilida qo’llanilishini o’rganib boradi 
Albatta, 
o’qitish 
mobaynida 
buyumlardan 
foydalanishda 
o’qituvchilarning metodikasi katta ro’l o’ynaydi. Misol uchun tegishli 
so’zlarni o’rganayotganda, siz avvalo buyumni bolaga ko’rsatib uni 
gapirishga undaysz, o’quvchilar so’zlarni talaffuz qiladi va ular talaffuz 
qilgan so’zni mustahkamlash uchun kartochkalardagi rasmlardan 
foydaslanib yana bir bor yangi so’zni takror talaffuz qildiriladi. So’zlarni 
o’qititishda o’quvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va o’quvchilar 
e’tiborini jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so’zlarni talaffuz 
qilib doskaga suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin 
bo’ladi. 


62 
Shuning uchun hozirda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega 
bolish talab qilinadi. Bu nafaqat o’qitishning qiyinvhiliklarini 
qisqartiribgina qolmay balki o’quvchilarni o’rgangan bilimlarini asta sekin 
mustahkamlashga yordam beradi. O’quvchilar ingliz tilini o’rganish 
jarayonida o’zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o’quv 
mashg’ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda 
o’rganishga motivatsiya uyg’onadi. Hozirgi kunda xitoylik bog’cha 
yoshidagi bolalar yangi bilimini qabul qilish imkoniyati juda ilgarilab 
ketganligi sababli bog’chalardagi o’qitish dasturlari shunga mos ravishda 
intensivlashtirilgan. 
Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni 
tushunmasada, multfilmdagi qahramonlarning harakati orqali ular 
ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun 
qiziq va samarali yo’l hisoblanadi.
Hozirgi kunda barcha bog’chalar multimediya qurilmalari bilan 
ta’minlangan. Bolalar uchun ingliz tili qo’shiqlaridan tortib she’r va 
hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda. Bu zerikarli til 
darslarini qiziqarli kunlik o’yinga aylantiradi. Har bir guruhda 15 ga yaqin 
tarbiyalanuvchi bo’lib, tarbiyachi muntazam har bir bolani 
psixologiyasidan kelib chiqqan holda ularga tarbiya uslubi qo’llaniladi. Imo 
ishoralar, yuz ifodalari orqali:o’qituvchi bolalarga gapirganda yoki buyruq 
berganda masalan:turing, kitobni och, doskaga qarang kabi gaplarni 
ishlatganda imo-ishoralardan foydalansa bolaga bu gaplar tushunarli boladi. 
Imo- ishora ingliz tilining eng muhim o’rganish usulidir. Deyarli barcha 
tarbiyachi tayorlov jarayonida hayvon ishoralari eng oson usul ekanligini 
biladi. Kuchukcha- tarbiyachi egilgan holda, kerak bo’lsa tilini chiqari 
bolalarga it qiyofasini shakillantirib beradi. Quyon – qo’lchasini ko’ksiga 
egib qo’ygan holda sakrab ifoda etadi. Maymuncha –biroz egilib yurgan 
holatda o’z qiyofasini namoyish etadi. Taqlid qilish hislati bo’lgan bolalar 
uchun bu judayam qiziq tuyulib, shu zahoti korsatigan hayvon nomini 
aytishga harakat qiladi, bu esa yangi o’tilgan so’zni eslab qolishga asos 
bo’ladi.
Bolani yoshlik chog’idan boshlab ingliz tiliga bo’jgan qiziqishlarini 
oshirib borish kerak, uni xato bo’lsada gapirishga undash lozim, ana 
shundagina tarbiyalanayotgan bola o’z oldidagi to’siqlarni yengib o’tib 


63 
qo’rqmasdan gapira oladi. Agarda biz chet tili darsini dars emas, balki o’yin 
shakliga keltirsak kichik yoshdagi bolalarning qiziqishi yanada oshadi. Shu 
bilan birgalikda ularning aktivlik darajasi ham o’sib boradi. O’yinning 
turlari juda ko’p, misol uchun tarbiyachi “qopda nima bor” o’yinini bolalar 
bilan o’ynashi mumkin. Xonadagi kichik buyumlarni xaltaga solib, 
bolalarga birma bir olishiga ruxsat beradi va bolalar bu buyumlar nomini 
ingliz tilida aytadi.
Aslida chet tilini o’rganishni bolaning juda yosh davrlardan boshlagan 
maqul hisoblanadi.kichik yoshdagi bolalarning miya faolyati kattalarga 
qaraganda yangi malumotlarni ancha tezroq qabul qilish imkoniyatiga 
egadir. Masalan, 
maktbgacha talim yoshidagi bolalarga chet tilini o’qitishda asosan 
o’yin, rasmlar, qo’shiqlardan va multfilmlardan foydalanish samarali usul 
hisoblanadi.
Adabiyotlar: 
1.
David A.J, Eggen, P, kauchak. Methods for teaching. 
Promoting student learning 2002
2.
Feng wang, Applying technology to inquiry -based 
learning in early childhood education. 
3.
https://monster-evo.ru/uz/studentu/metodika-obucheniya-
angliiskomu-yazyku-detei-doshkolnogo-vozrasta-metodiki/ 


64 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish