34
xarakterni ochish uchun xizmat qiladi “Tobutdan tovush” komediyasining bosh
qahramonlari Suxsurov, Nusrat, Netayxon, Obidjon, Xojar, Qori kabi obrazlarning
xarakterini ochib berishda remarkaning o’rni katta bo’ldi.
Remarkalarning dramatik asardagi vazifasiga ko’ra
turli nomlar bilan atash
muhimdir. Jumladan quyidagi remarkani joy tasviri remarkasi deb atash o’rinlidir.
“Machitga devor qo’shni Nusrat Suxsurovning hashamatli hovlisida mehmonxona.
Uning bir eshigi hovliga ikkinchisi ko’cha eshigiga tomon ochiladi. Burchakda
kattakon qora pechka. Pechka mehmonxonadan yoqiladi. Divan. Qoziqda salla bilan
to’n. Bu yerda tun bo’yi ichkilik bo’lgan. Xontaxtada konyakdan bo’shagan shishalar,
keragidan ko’proq ryumka, qolgan – qutgan ovqat.” Keltirilgan remarkadan bosh
qahramonning yashash sharoiti qay darajada ekanligini guvohi bo’lamiz, qahramon
tasviri berilmay turib remarkadagi bu holat orqali kitobxonga asosiy ma’lumot beriladi.
Keltirilgan remarkadan faqat joy tasviri emas, balki qahramon xarakterining qirralari,
didi, saviyasi, moddiy va ma’naviy ahvoli haqida ma’lumot beriladi.
Joy tasviri remarkasi har qanday badiiy asarda berilishi tabiiy. Shuningdek, joy
tasviri remarkasida drama voqealari sodir bo’ladigan joyning umumiy tasviri berilishi
talab etiladi. Remarkaning ko’p qismi drama boshlanmasida aytiladi. Holat tasviri
remarkasida bosh qahramonning tashqi qiyofasi tasvirlanib obrazi ochib beriladi. Agar
bosh qahramonning holat tasviri, harakat tasviri bo’lmaganda edi, bosh qahramonning
mantiqsiz harakatlarining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Harakat tasviri remarkasida
drama qahramonining faoliyati jarayonidagi harakatiga
munosabat bildiriladi,
ko’rsatma beriladi. Dramada harakat tasviri remarkasining ahamiyati katta, chunki
unda harakat birinchi o’rinda turadi. Dramada muallif qahramonning harakat
jarayoniga aralasha olmaganligi uchun ham, ularning
har bir harakati muallif
remarkasida beriladi.
“Yusuf Suxsurovning bir oyog’ini quchoqlaganicha qolgan; fartuk tutib olgan
Qori Sichqon poylatgan mushukday jag’ini xontaxtaga qo’yganicha pishillab yotibdi.”
Ushbu remarkada bosh qahramon xatti-harakatining ko’rinishi tasvirlangan bo’lsa,
holatni tasvirlovchi holat tasviri remarkasi, “ust-boshi, aft- angori bir ahvolda shu ko’yi
35
uxlab qolgan bo’lsa kerak, oyoq-qo’lining o’ziga bo’ysunmaganiga hayron bo’lib”
jumlalarida ifodalangan.
Holat tasviri remarkasida bosh qahramonning taashqi qiyofasi tasvirlanib
obrazning to’laqonli talqini uchun xizmat qiladi. Bu remarkani bosh qahramon
obrazining shakllanishida ahamiyati katta. Remarka nafaqat bosh qahramonlarning
harakatlarini ochishga, balki dramadagi boshqa obrazlarning ham saviyasidan darak
beradi: “Suxsurov (shishalardan ichkilik topolmagach,Yusufni uyg’otadi). Yusuf tur!...
Voy boshim. Tur magazinga chiqib kel!” Bu tasvirlardan ko’rinadiki, remarka har
ikkala obrazni dunyoning hoy-u havaslariga uchgan, davlat, boylik ularning ko’zlarini
ko’r qilgan nafs kushandalari ekanligini ochib berishga xizmat qilyapti. Remarkani
dialoglar o’rtasida berilishi bosh qahramon harakatini aniq bajarilishini ta’minlaydi.
Sh. Boshbekovning “Temir xotin” dramasida bunga yaqqol guvoh bo’lamiz.
Qo’chqorning bog’lanib turganini ko’rgan Qumri fig’oni oshib: Qumri: (yig’lamoqdan
beri bo’lib) Bu sho’xliklaringiz, o’n olti yildan beri (tomog’ini ko’rsatib)
meni bu
yerimga keldi. “Tomog’ini ko’rsatib” replikasidan Qumrining hayot tashvishlari,
erining qilgan nojo’ya xatti-harakatlaridan to’yib ketganligini, sabr-kosasi
to’lganligidan yashashning ham u uchun hech qanday ma’nosi qolmaganligini
ko’ramiz. Muallif o’z remarkasida Qumrining aynan shu holatini o’rinli o’ziga xos
ravishda talqin etadi.
Muallifga muvaffaqiyat keltirgan asosiy narsa ham uni remarkalar orqali
harakat va holatlarini aniq berilganligidadir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, remarka dramaning
asosiy hamda eng muhim
unsuridir.
Do'stlaringiz bilan baham: