640
Ingliz-Amerika «huquqiy oilasi» yoki «umumiy huquq» tizimi (AQSh, Kanada,
Avstriya, Britaniya hamdo‘stligi mamlakatlari va boshqalar) kontinental «huquqiy
oila»dan farq qilib, asosiy huquq manbayi sifatida qonunni emas, balki sud
pretsedentini, ya’ni sud qarorida mavjud bо‘lgan qoidani e’tirof etadi.
Diniy-an’anaviy «huquqiy oila» (Yaponiya, Hindiston, Xitoy va hokazo) asosiy
huquq manbayi sifatida diniy qoidalarni e’tirof etadi. Garchi ushbu «huquqiy oilalar»
bir holda faqat qonunlarga, boshqa holda — pretsedentlarga, ya’ni sud qarorlariga,
uchinchi holda diniy-huquqiy me’yorlarga asoslansa-da, hayot ularga nisbatan shunday
talablarni qo‘yadiki, ularni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Shuning uchun «huquqiy
oilalar» qonunlarini sud pretsedenti qoidalari bilan, diniy-huquqiy me’yorlarni esa
qonun va kodekslar bilan ancha moslashuvchan holda biriktiradi. Mazkur hodisalar
davlat qonunlarni yaratar ekan, hayot talablari bilan hisoblashishga majburligi va
shartligini isbotlaydi.
Наr qanday jamiyatda va davlatda huquq tizimi obyektiv ravishda yaratiladi,
zero, birorta qonun chiqaruvchi buni shaxsiy xohishi va ixtiyori bilan amalga oshira
olmaydi. Bunday o‘zboshimchalikni hayotning o‘zi rad etadi.
Huquq kishilar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat etilgani sababli, uning
tizimi qonun tomonidan hayotda haqiqatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarga
bog‘liq holda quriladi. Qo‘llanilayotgan huquq normalari ommaviy tartibga, ya’ni
mazkur huquqiy tizimning umumiy prinsiplariga zid kelgan ba’zi hollarda xalqaro
huquqni qo‘llash cheklanadi. Bu qoida ommaviy tartib haqidagi qo‘shimcha shart deb
nomlanadi.
Tashqi savdo bitimlaridan (masalan, xorijiy element bilan oldi-sotdi
shartnomasidan) kelib chiqadigan majburiyatlarni yanada samarali ijro etish uchun
xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar — bunday shartnomalar tomonlarining huquqiy
maqomini aniqlash zarurati vujudga keladi. Ularga nisbatan odatda quyidagi tartib
turlari qo‘llaniladi:
— milliy tartib, bunda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy maqomi
o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari maqomiga tenglashtiriladi;
641
— eng katta qulaylik tug‘dirish tartibi, bunda qonunlar orqali turli xorijiy
davlatlar rezidentlarining huquqiy holati uchun o‘xshash huquqiy holat belgilanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlariga
quyidagilar kiradi:
1) universal tusga ega (ya’ni inson huquqlari va barcha asosiy erkinliklari hurmat
qilinadi);
2) umum qabul qilingan (ya’ni barcha davlatlarda rioya qilinadi);
3) irqi, jinsi, dini, tili va boshqalardan qat’i nazar hammaga ta’sir qiladi;
4) qonunlarda ushbu masala yuzasidan milliy modellarni ishlab chiqish uchun
turtki bo‘lib xizmat qiladi.[1]
Xulosa qilib aytganda bugun huquq jamiyat hayotining turli sohalari —
iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va
shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtayi
nazardan bu funksiyalarni 2 turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ
(qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. Huquqning regulyativ funksiyasi
jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini
oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi
ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. [2]
Huquqning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy
taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy
va ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va
shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi.
Huquqning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning Huquqni muhofaza etish
faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari Huquq
sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda
qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish huquq buzilishlari faktini aniqlash, ularni
tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi.
Bugun hayotning o’zi insonlarga maslahatchi, sinovchi bo’lmoqda. Har qanday
vaziyatda qonun va adolat o’rnatilgan huquqlar to’liq ishlaydigan joydagina
rivojlanish, tenglik va tinchlik hukmronlik qiladi.
642
Do'stlaringiz bilan baham: |