Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



418 
taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan 
yangi avlod shakllantiriladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha 
sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada 
oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini 
oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni 
talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat 
xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring 
qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish 
kerakligini anglatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg‘or 
tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga 
ega. Bu borada O’zbekiston Respublikasida qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq 
ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi 
to’g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash 
xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga 
qo’yilishini 
misol 
sifatida 
keltirish 
mumkin. 
Qariyb 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o’rganish 
sohasida yetakchi tashkilot bo’lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat 
siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o’rganish maqsadida ta’lim sohasida keng 
miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko’rib 
chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o’zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958- 
yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko’plab mavzular bo’yicha o’ttizdan 
ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o’tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), 
o’qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot 
texnologiyalari bo’yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo’nalishlarda o’quvchilarning 
bilim va ko’nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini 
baholab kelmoqda. Ushbu xalqaro tadqiqotlardan PIRLS xususida ma’lumot beradigan 
bo’lsak, PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – 
matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro 


419 
tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarni boshlang‘ich 
maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda 
o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga 
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi 
sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari 
uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotida ishtirok etayotgan davlatlar dastlab o’z oldiga bir qator savollarga 
javob olishga harakat qiladi: 
- boshlang'ich maktab bitiruvchilari boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan
solishtirganda qanchalik yaxshi o’qiydilar?
- boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligi qanday darajalarga ega?
- o’qish holati so’nggi 5 yilga nisbatan yaxshilandimi?
- to’rtinchi sinf o’quvchilari o’qishni yoqtirishadimi?
- jamiyat asosi bo’lmish oila savodxonlikka qanday hissa qo’shadi?
- bugungi kun maktablarida “O’qish” fanini o’qitish jarayoni qanday tashkil
etilgan?
- boshqa davlatlarga nisbatan “O’qish” fanini o’qitish jarayoniga ko’ra farqli
xususiyatlar bormi?
- agar boshqa davlatlarga nisbatan farq qiladigan xususiyatlar bo’lsa, bu
xususiyatlar 
qanday?
- turli davlatlarda faoliyat yuritayotgan boshlang'ich sinf o’qituvchilari
tomonidan qo’llaniladigan o’qitish usullari hamda o’z mamlakatining boshlang‘ich
sinf o’qituvchilar tomonidan qo’llaniladigan o’qitish usullarini taqqoslash?
Bundan ko’rinib turibdiki, PIRLS - boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qib 
tushunish ko’nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni 
xalqaromiqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o’qish va o’qitishni yaxshilash uchun 
ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro 
baholash dasturi. O’quvchilarning o’qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab 
qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va 
amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o’quvchilarning o’qishdan 


420 
olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko’proq e’tibor qaratadigan 
zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni 
namoyon qilishdan o’zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va 
vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. 
PIRLS yosh o’quvchilarning sinfdan va sinfdan tashqari o’qishining ikkita keng 
qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish va 
ulardan foydalanish uchun o’qishdir. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Ta’lim sifatini 
baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasiga nima 
beradi? 
- milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar 
tomonidan 
darsliklarning 
yangi 
avlodini 
yaratishda 
qo‘llaniladi; 
- tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro 
standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish 
imkonini bеradi; 
- O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda 
xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring 
tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro 
standartlarga moslashuviga olib kеladi; 
- milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi;
Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish, nafaqat O‘zbekiston, balki, jahon
hamjamiyatida o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini
baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda egallagan
bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish va uni baholashga o‘tishda muhim vosita bo‘lib
hisoblanadi.

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish