Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 3)



Download 19,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/412
Sana23.05.2022
Hajmi19,54 Mb.
#607425
TuriСборник
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   412
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 3



969 
1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri 
rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo'lsa-da, e’tibor 
bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Masalan, fonetik 
ko'nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim 
tamoyili tildan olib boriladigan mashg'ulotlarda eshituv va ko'ruv ko'rsatmaliligini 
ta’minlashni va nutq organlarini m ashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o ‘qishni, 
ichida gapirishni) talab etadi.
2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik m a’nolarini) tushunish 
tamoyili. So‘zni, m orfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum 
voqea-hodisalar o'rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish 
tamoyiliga amal qilishning sharti tilning ham m a tom onlarini, tilga oid barcha fanlar 
(grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat) ni o‘zaro bog'langan holda 
o'rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina 
o'rganish, o'zlashtirish mumkin. Sintaksisni o'rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, 
orfografiya fonetika, grammatika, so'z yasalishiga suyanadi va hokazo. So'zni 
morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma 
tomonlari birbiri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, o'qitishda buni albatta hisobga olish 
kerak.
3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili. Til — juda murakkab hodisa, uning 
tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo'lsa-da, uning qonuniyatlarini, 
o'xshashliklarini o'zlashtirm ay turib, uni yodda saqlab bo'lmaydi. Bola gaplashish, 
o'qish, eshitish bilan til materiallarini yig'adi, uning qonunlarini o'zlashtiradi. Natijada 
kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi. 4. Nutqning 
ifodaliligiga baho berish tamoyili. 
Metodika fan sifatida ona tili o‘qitish metodikasi boshlang‘ich ta’lim standard 
belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini 
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon 
qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirishga oid metod va usullami ishlab chiqadi.


970 
Maktabda ona tili o‘qitish metodikasining bunday yo‘nalishi haqiqatni bilish 
qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari belgilab berildi: 
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
- umumiyo‘rta, shuningdek, o ‘rta maxsus kasb-hunar ta ‘lim ining majburiyligi;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasbhunar 
kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta ‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
- bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator 
imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu Yangiliklardan ko’plari ommaviy maktablarda 
amalga oshirilmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda. Sinov davrida, 
birinchidan, o’quvchiga, uning darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o’quv mehnatiga, 
u duch kelayotgan qiyinchiliklarga, uning ko’nikma, faoliyat, malakalarini va 
rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish metodikasiga ko’proq ahamiyat berilmoqda: 
o’qituvchi mehnati haqidagi fan o’qituvchi va o’quvchi mehnati haqidagi fanga 
aylantirilmoqda. Ikkinchidan, ta’lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o’stirish, 
mustaqilligini va o’quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal 
qilinmoqda. Uchinchidan, mavjud ta’lim tizimidagi tekshirishlar bilan bir qatorda 
o’qitishning istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib 
borilmoqda. Shunday qilib, fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi fanining o’z fani, 


971 
vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo’lib, bir qator fanlar o’rtasida uning ma’lum o’rni 
bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda. 
K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv fanlari tizimida ona tiliga katta
 
ahamiyat berib, uni markaziy vayetakchi fan hisoblaydi. “Ajoyib o’qituvchi 
bo’lganona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi. Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p 
narsa o’rganadiki, ko’p narsa bilib oladiki, yigirma yil qunt bilan metodik jihatdan juda 
to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi. Ona tilini ulug’ 
pedagogligiham ana shundadir”, – deydi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda 
ona tilini
 
o’rganishga katta ahamiyat beriladi 
Metodika fan sifatida ona tili o‘qitish metodikasi boshlang‘ich ta’lim standard 
belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini 
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon 
qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin m uloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirishga oid m etod va usullami ishlab chiqadi. 
Maktabda ona tili o‘qitish metodikasining bunday yo‘nalishi haqiqatni bilish 
qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi.
Ona tili o‘qitish metodikasi fani ham ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarini va 
usullarini ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi. 
Umumiy o‘rta ta’limning bir bosqichi bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim 1-4-sinflarni 
o‘z ichiga oladi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning yangicha 
tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur: 
- o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta‘limga 
tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; 
- ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy 
majmualarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va 
hokazo.
Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish 
bo‘yicha ta ‘kidlangan ko‘rsatm alar, uzluksiz ta’limni ta’m inlash borasidagi 


972 
islohotlarni amaliyotga tatbiq etish boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi 
oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 

Download 19,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish