Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Adabiyotlar: 
1.
E. Qilichev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro. 1999/ 
2.
Mengliyev B.R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo. 
Leksikologiya-semasiologiya. Leksikografiya. I qism Qarshi. 2004 


352 
ФИО автора: 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti 
universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi

Xaydarova Parizoda Shukurjon qizi 
Название публикации:
«AMIR TEMUR O'GITLARINING TARBIYAVIY 
AHAMIYATI. ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI» 
Anotatsiya: Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va 
madaniyat, maorif qaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va 
XV asr o’rta Osiyoda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, 
Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. 
Kalit so'zlar: feodal hokimlar; beklik; nizolar; feodal tarqoqlik; ilm-marifat; falsafa; huquq. 
Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo’g’ul istilochilari 
tomonidan vayron etildi. Fan - madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo’lgan 
Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo’g’ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. 
Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda 
xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y 
berdi. Natijada sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. 
XIV asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o’rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy 
qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o’rtasida nizolar kuchayishi natijasida 
mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo’linib ketdi. Beklar va amirlar o’rtasida o’zaro kurash 
kuchaydi, mamlakat urush va talon-tarojlar iskanjasida qoldi. 
Shunday og’ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og’ir yukini Amir Temur o’z yelkasiga oldi va qariyib 10 
yil (1360-1370) davom etgan og’ir kurashdan so’ng mamlakatni mo’g’ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 
yillar mobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o’rtasida nizolarga barham 
berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog’i ostida 
birlashtirildi. 
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat 
mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar 
yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr 
tarixida alohida o’rin egalladi. 
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif 
qaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o’rta Osiyoda 
Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda 
iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. 
Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, 
muhandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish 
jabxalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, rasadxonalar, bog’u-rog’lar, madaniyat 
o’chog’lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, 
falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, targ’ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va 


353 
muhim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, AlFarg’oniy, Imom 
Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga harakat kuchaydi. 
Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug’orish ishlariga, shaharlar 
o’rtasidagi savdo yo’llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi. 
Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya, matematika, 
nafosat, tilshunoslik, lug’atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat - 
tadbirkorlik, tarjimonlik, hattotlik, jo’g’rofiya va elshunoslik kabi boshqa o’nlab dunyoviy bilimlarni o’rganish, 
shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo’lga qo’yildi. 
Amir Temur hukmronligi davrida o’rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og’zaki ijodi, 
adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo’lishida muhim omil 
bo’ldi. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning 
tarixiy mavqyeini munosib o’rniga qo’yish imkonidan mahrum edi. 
Mustaqilligimiz sharofati ila bunday noma’qulchiliklarga chek qo’yildi. Tarixni xolisona o’rganish, tarixni 
soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga 
ega bo’ldik... 
Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan 
o’chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini 
yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini 
unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi. Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik 
chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aklu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy 
san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib 
yetishdi». 
Darhaqiqat, marhum prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, insof-iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir 
Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-kudrat zo’rlik, 
zo’ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda jahon ilm ahli, mashhur 
muarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni 
qo’shib, uni e’zozlab, ulug’lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar. «Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir 
Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni 
jamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar barobar hurmat qilish, ular bilan samimiy 
muomalada bo’lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak 
insoniy fazilatlarga ega bo’lgan. 
U yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtni mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida 
buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka 
ko’tarib, dunyoga mashhur qildi. 
O`tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o`gitlari, tafakkur mevalari, ijodiy yutuqlarini o`rganish 
xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan bir qatorda, yosh avlodning barkamol inson bo`lib 
yetishishida muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq murafakkirlaridan biri, 
o`zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini 
o`rganish, undan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Alisher 
Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk 
shaxs , milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g`ururi ,sha`n –u sharafini dunyoga 
tarannum qilgan o`lmas so`z sa`natkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa , olamda turkey va forsiy tilde so`zlovchi biron bir 


354 
inson yo'qki , u Navoiy sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa , “Agar bu ulug` zotni avliyo desak , 
mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni ”, I.A.Karimov Buyuk alloma, shoir Alisher 
Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo`lsa ham, o`zining bu haqidagi fikrlarini 
deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya 
masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda 
hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina 
hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun 
ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har 
tomonlama namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod 
tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham 
muhimdir. Har bir o`qituvchi-pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali 
bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi, o`quvchilar bilan bo`ladigan 
munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala 
madaniyati, o`zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida 
namoyon bo`ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor “Bola – shirin so`zning 
gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher 
Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so`z ko`ngillar uchun bamisoli 
asaldir”. Shuning uchun ham o`qituvchi har on nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o`zining psixologik, 
estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim.
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy 
qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.Allomaning pedagogik qarashlari o`zidan 
oldin o`tgan olimlarning bu boradagi ilg`or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy 
Sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo`riqlariga asoslanadi.Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor 
berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko`rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik 
tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O`z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil 
etadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Hoshimov K. , Nishonova S. , Inomova M. , Hasanov R. Pedagogika tarixi. – T. : O’qituvchi, 1996.
2. Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. – T. : Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashiryoti, 2001.
3. Niyozov G’. , Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg’ulotlari. – T. : NOSHIR, 2011. 
4. Alisher Navoiy. Asarlar. O’n besh tomlik. – Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1968 yil. 
5. O’zbek pedagogikasi antologiyasi – T. : O’qituvchi, 1995 y. 


355 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish