Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/402
Sana03.03.2022
Hajmi20,94 Mb.
#481069
TuriСборник
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   402
Bog'liq
a62191 d9da4dd4d7a94a5fb747db07c9ca292b

Kalit so’zlar: 
Maktabgacha yosh, o’zini-o’zi anglash, ijtimoiy muhit, o’ziga 
baho berish. 
Аннотация:
В статье подчеркивается важность социальной среды в 
самосознании и самосознании дошкольников. 
Насколько нам известно, период дошкольного возраста охватывает период 
от 3-4 лет до 6-7 лет. Взгляды на принятие решения о восприятии как духовного 
и социального существа. Он также предоставляет теоретическую информацию о 
процессе самосознания у детей дошкольного возраста. В статье проводится 
сравнительный анализ самооценок детей старшего детского сада и их оценок 
воспитателями по гендерным различиям. 
Ключевые
слова:
дошкольный возраст, самосознание, социальная среда, 
самооценка. 
Resume:
The article emphasizes the importance of the social environment in the 
self-awareness and self-awareness of preschoolers. 
As far as we know, the period of preschool age covers the period from 3-4 years 
to 6-7 years. Views on decision making about perception as a spiritual and social being. 
It also provides theoretical information on the process of self-awareness in preschool 


679 
children. The article provides a comparative analysis of self-assessments of children in 
senior kindergarten and their assessments by educators for gender differences. 
Keywords:
Preschool age, self-awareness, social environment, self-assessment. 
Mavzuning dolzarbligi: 
Insonning psixik rivojlanishi uning shaxs sifatida 
shakillanishi, o‘zini-o‘zi anglashi, o‘zini jismoniy - ma‘naviy hamda ijtimoiy mavjudot 
sifatida anglashning qaror topishi bilan bog‘liq. O‘zini -o‘zi anglashning rivojlanishi 
har bir bolada o‘ziga xos tarzda kechadi. Biroq barcha bolalarda odatda hayotning 
birinchi yili oxiriga kelib o‘zini - o‘zi anglashning paydo bo‘lganini tasdiqlovchi 
belgilar kuzatiladi. Bola o‘zini , o‘z tanasini uni o‘rab turgan fazodan ajrata 
boshlaydi.O‘zini -o‘zi anglashning keyingi rivojlanishi bolaning o‘z xoxishlari va 
umuman faoliyati motivlarni anglashi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uch yoshli bolaning 
nutqida "Men kiyinayapman" , "Men ovqatlanyapman", " Men o‘ynayapman" degan 
gaplarning paydo bo‘lishi va tez- tez uchrab turishi bu quvonarli holdir.O‘zini uchinchi 
shaxs olmoshi bilan ifodalashdan "Men" olmoshini ishlatishga o‘tishi ilk bolalik 
davrining eng muhim yutuqlaridan biridir. 
Rus psixologlaridan A.N.Leontev esa o‘z tajribalaridan shunday xulosaga 
keladi. Faqat maktabgacha yoshda bolaning bir harakatini boshqasiga ongli va mustaqil 
ravishda bo‘y sindirish imkoniyati birinchi marta paydo bo‘ladi. Uning fikriga ko‘ra 
bo‘ysinish mumkin bo‘ladi. Chunki aynan shu yoshda birinchi navbatda motivlar 
ierarxiyasi vujudga keladi. Bunda muhimroq motivlarni ajratish va ularga unchalik 
ahamiyatsizlariga bo‘ysunish asoslanadi. Yana bir rus psixologi K.M.Gurevich 
tadqiqotida 3-4 yoshli bolalar jozibali maqsadga erishish uchun allaqachon qiziq 
bo‘lmagan va hatto juda yoqimsiz harakatlarni bajarishga qodir ekanligini aniqlagan. 
Shunday qilib D.B.Elkonin fikriga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalik davrida 
kattalar bolaning oldida namuna sifatida paydo bo‘ladi. D.B.Elkonin nuqtai nazaridan 
maktabgacha yoshdagi bolaning axloqiy irodaviy sohasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
harakatga moyilligi va kattalarning ma‘lum bir harakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
bilvosita talabi o‘rtasidagi to‘qnashuvning ifodasidir. Xulq-atvor, o‘zboshimchalik deb 
ataladigan narsa aslida o‘z harakatlarini namuna sifatida ko‘rsatadigan tasvirga 
bo‘ysunishdan boshqa narsa emas; birlamchi axloqiy g‘oyalarning paydo bo‘lishi bu 
kattalar tomonidan baholanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvor modellarini 
o‘zlashtirish jarayoni. Maktabgacha yoshdagi bolada ixtiyoriy harakatlar va xatti-
harakatlarning shakillanishi jarayonida shaxsiy deb atash mumkin bo‘lgan yangi xulq-
atvor paydo bo‘ladi. Ya‘ni mazmuni kattalarning ijtimoiy funksiyalari bo‘lgan 
yo‘naltirilgan tasvir vositasida amalga oshiradi. 
Bizningcha bolada uning ichki axloqiy holatlarining paydo bo‘lish jarayoni, 
umuman D.B.Elkonin tomonidan to‘g‘ri ko‘rsatilgan garchi u konkretlashtirish va 


680 
qo‘shishni talab qilsada darhaqiqat kattalar maktabgacha yoshdagi bola uchun namuna 
bo‘lib qoladi va kattalar qo‘yadigan talablar odamlarga va bolaning o‘ziga shuningdek, 
u bir vaqtning o‘zida beradigan baholarni bola asta- sekin o‘zlashtiradi va o‘ziga xos 
bo‘ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi kamol topishida o’zini-o’zi anglash darajasi 
bola kelajagida jismoniy sog’lom, ruhiy barqaror va ijtimoiy yetuk shaxs bo’lib 
jamiyatda o’z o’rnini topishiga yordam beradi. O’zini-o’zi anglash darajasini 
shakllanishini naqadar dolzarb ekanligini anglashimiz hamda endi tug’ilajak emrion 
davridan shunga yetarli shart-sharoitni qilishimiz, tashqi ijtimoiy ta’sirlarning bevosita 
va bilvosita bog’liq ekanligini anglasak hamda barcha faoliyatda bola shaxsini faqat 
o’stirib va tarbiya beribgina qolmasdan o’zligini anglashiga ko’maklashsak haqiqatdan 
ham olimlar takidlaganidek barkamollikka erishish imkoniyatini qo’lga kiritishimiz 
mumkin. Anglash jarayonini oz’-o’zidan shkallanadigan jarayon deb ayta olmaymiz. 
Bu jarayon fiziologik o’sish, kognitiv rivojlanish , ijtimoiy takomillashib borishning 
asosiga bog’liq deb ayta olishimiz mumkin. Ushbu bog’liqlikning qaysi biridadir 
yetishmovchilik yoki buzilish bo’ladigan bo’lsa bu anglash jarayoniga ham o’z ta’sirini 
o’tkazadi. Shuningdek anglash jarayonining o’zi ham ushbu bog’liqlikka uzviy ta’sir 
o’tkazadi deb ayta olamiz. Negaki barchasi bir-biri bilan o’zaro ta’sir natijasida va 
dinamik o’zgarishda bo’ladi.
Maktabgcha yoshadagi bolaning har bir davrida kechadigan psixik 
qonuniyatlarni hamda fiziologik rivojlanishlarni bilsak ushbu yoshdagi bola bilan 
to’g’ri munosabatda bo’la olamiz.Ushbu davrda bolada har bir yoshga xos fizilogik 
hamda psixologik rivojlanishing kechishi haqida hozirda ota-onalar hamda 
tarbiyachilar yetarlicha bilimga ega bo’lishsa, hamda o’zaro bola ta’lim tarbiya 
jarayonida hamkorlikda harakat qilishsa, boladagi har qanday xatti-harakatni to’g’ri 
qabul qilib yo’naltirish usullarini aniqlay oladi. Negaki bola yoshga xos rivojllanishda 
o’ziga xos inqirozni boshdan kechiradi.
Maqolamizning tadqiqot qismida F. Varga va V. Stolinning “Ota-ona va 
pedagoglarning bolalarga bo’lgan munosabatlari” so’rovnomasi; V.A.Soninning “Men 
bu olamda kimman” metodikasi; Leongardning “Shaxs aksentuatsiyasini o'rganish 
metodikasi” (ota-ona,tarbiyachilar uchun); Luskanovaning “O’quv motivini aniqlash” 
metodikasi (Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun); R. Jelening proektiv metodikasi; 
V. G. Shurning “Zinachalar” proektiv metodikasini tanlab olindi. Tadqiqotimizda 60 
nafar oiladan 60 nafar ota-ona va ularning farzandlari, tadqiqot o’tkazilgan 
maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan 15 nafar tarbiyalanuvchilar 
ishtirok etishgan. 


681 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish