Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 
 
Yuqoridagi jadvalga asosan Qashqadaryo viloyatining yuqori va o’rta zonalarida 
intensiv bog’lar soni ko’p va bunga asosiy sabab ushbu zonalarning ekologiyasi ( 
iqlimi, releyfi, tuproq unumdorligi yuqorligi) yaxshligidir. Qarshi vohasi sharoitida 
ham intensiv bog’lar tashkil qilingan va ushbu bog’larda pakana va yarim pakana olma, 
nok, olxo‘ri, gilos va shaftoli ko‘chatlari ekib yetishtirilmoqda. Asosan intensive 
bog’larda olma ko’chatlarini ekish keng yo’laga qo’yilgan. Buning boisi olma 
daraxtining ko’chatlari tez hosilga kiradi, gektariga ko’chat soni qalin ekilishi (2000-
2500 dona) sababli hosildorlik yuqori buladi.


635 
Bunda olma navlari payvandtagga payvand qilinib ko’chatzorlarda ko’paytirilib 
ekiladi. Intensiv mevali bog‘larda ekilayotgan olma ko‘chatlarining asosiy navlari 
Golden Delishes, Star Krimson, Renet Simirenko va boshqalardir.
Qashqadaryo viloyati sharoitida ekiladigan pakana va yarim pakana mevali 
daraxtlarning hosildorligini o’rganish maqsadida 2016-2018 yillari Qarshi vohasi 
atrofida joylashgan Bog’obod massivida barpo etilgan intensiv bog’larni o’rganish 
maqsadida bir qator kuzatuv tajribalari olib borildi.
Olib borilgan kuzatuv natijalarimizga ko’ra barpo etilgan intensiv bog’lar asosan
olma navlaridan iborat bo’lib bular bir qator zararkunandalr bilan zararlanishi ma’lum 
bo’ldi. Kuzatuvlarimizni davom etirgan holda zararkunandalardan olma shirasi, 
do’lana girdak kuyasi va olma mevaxo’ri zarar keltirishi aniqlandi. Olma mevaxo’ri 
Laspeyresia pomonella
olma, nok, behi kabi mevalarga zarar yetkazadi. Olmazorlarda 
uning yetkazgan zarari 85-90 foizni tashkil etadi. Bu zararkunanda lichinkasi yashirin 
hayot kechirganligi bois, qo‘llaniladigan kimyoviy dorilarning samarasi past bo‘ladi. 
Olma mevaxo‘ri yiliga to‘rt marta avlod berib rivojlanadi. Uning qishlovdan chiqish 
vaqti Qashqadaryo sharoitida aprel oyining ikkinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi. 
Ushbu zararkunandaning miqdorini tabiiy kamaytirishda entomofaglarning 
ahamiyati katta. Hammasi bo’lib, MDH davlatlarida 190 taga yaqin olma qurtining 
yirtqich va parazit entomofaglari mavjud. Shu jumladan, O’zbekistonda 30 gaga yaqin 
turi bor. Asosan parazit yaydoqchi entomofaglar kata ahamiyatga ega. Shulardan faol 
parazitlik qiluvchi ixnevmonidlar oilasiga mansub 
Liotryphon punctulatus 
va braconid 
– 
Microdus rufipes
turi endoparazit, ya’niichki parazit hisoblanadi. Olma 
mevaxo’rining bu yaydoqchilar bilan zararlanishi kuz oylarida 30 % dan yuqori 
darajada ekanligi kuzatildi.
Olma qurti g’umbagi – 
Nosema carpocops
nematodasi bilan zararlanishi 
tajribalarda kuzatildi. Olma mevaxo’rining g’umbagi va qurtini kamaytirishda ma’lum 
darajada yirtqich qo’ng’izlardan jujelitsalar ham kata ahamiyatga ega. Ko’proq 
uchraydigan jujelitsalar avlodlaridan 
Bemlidion, Harpolus, Ophonus, Pterostiohus va 
Solathus
kabilar hisoblanadi.


636 
Bog’larda vegetatsiya davrida 30 tadan ortiq turdagi jujelitsalar uchrashi va ular 
11 avlodni tashkil etishi aniqlandi. 
Kuzatuv olib borilgan maydonlar sharoitida kimyoviy ishlov berilmagan mevali 
bog’larda 22 tur bog’ kuyalarida 33 tur entomofaglar aniqlangan bo’lsa, doimiy ishlov 
beriladigan bog’larda 7 turdagi kuyalarda 8 tur entomofaglar aniqlandi. Kuyalar 
miqdorini kamaytirishda yuqori darajada faol parazit – 
Bracoidaye 
oilasiga mansub 
Apanteles bicolor
turi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda girdak kuyasi miqdorini 10,7-
11,0 % ga
Achrusosharella farmosa
turi ham kamaytiradi. Barglarda kovak hosil 
qiluvchi kuyalar entomofaglarining asosiy qismini 
Bracoinadae, Zchneumonedae, 
Eulophidae va Tachini
dae oilalarga tegishli parazitlar tashkil qiladi.
Parzitlardan tashqari kuyalarni yo’q qilishda yirtqich hashorotlar ham katta rol 
o’ynaydi. Bularga yirtqich tripslar, vizildoq qo’ng’izlar, yirtqich qandalalar va boshqa 
kushandalar kiradi. Olmazor bog’larda kimyoviy pereparatlar bilan ishlov 
berilmaganda, parazitlar va yirtqich kushndalar hamda foydalai organizmlar 
yordamida 60-70% kovak hosil qiluvchi kuyalarning qurti va g’umbakalarini yo’q 
qilishi kuzatildi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish