Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №20 (том 5)



Download 20,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/402
Sana11.07.2022
Hajmi20,94 Mb.
#774459
TuriСборник
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   402
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Ноябрь 2021. Том 5

Kirish: 
Tarkibida o’simliklar uchun zarur oziq moddalarni tutuvchi va dehqon 
tomonidan tuproqqa kiritiladigan moddalarga o’g’itlar deyiladi. Ular, o’z navbatida, 
mineral va mahalliy o’g’itlarga bo’linadi. 
Mahalliy sharoitlar (tomorqa, xo’jalik) da tayyorlanib, shu joyning o’zida 
ishlatiladigan o’g’itlar mahaliy o’g’itlar deb yuritiladi. Tarkibida oziqa elementlari 
miqdori kam bo’lganligi sababli ularni olis masofalarga tashib ishlatish maqsadga 
muvofiq emas. 
Mineral o’g’itlar sanoat miqyosida tayyorlanadi va o’simliklar uchun zarur oziq 
moddalarni asosan noorganik shaklda tutadi (mochevina, kalsiy sianamid, oksamid, 
mochevina-fomaldegid kabilar bundan mustasno). Mineral o’g’itlar tarkibidagi oziq 
element soniga ko’ra oddiy va kompleks og’itlarga bo’linadi. 
Asosiy qism: 
Azot o’simlik uchun zarur oziq elementlaridan biri hisoblanadi. U 
barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofil, 
fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. 
O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo’ladi, 
lekin uning sur’ati va harakteri o’sish hamda rivojlanishning turli davrlarida turlicha 
kichadi. Masalan urug’ning unish jarayonida endosperm ava urug’ palladagi zaxira 
oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil 
bo’ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organic 
birikmalarning sintezida ishtirok etadi.
O’simliklar tomonidan azotning o’zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida 
ketadi va amiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan 
aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayon aminlanish jarayoni 
deb ataladi. O’simliklardagi aerob va anaerob nafas olishning birinchi bosqichida 
uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan pirouzum, shovulsirka, 
a
-ketoglutar 
va boshqa ketokarbon kislotalar bevosita aminlanishga ancha moyildir. 
Ketokislotalarning ammiak ta’sirida to’g’ridan-to’g’ri aminlanishi o’simliklardagi 
aminokislotalar sintezining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Bu ikki bosqichli jarayon 
bo’lib, birinchi bosqichida ammiak va ketokislotadan iminokislota hamda suv 
ikkinchi bosqichida esa iminokislotaning qaytarilishidan aminokislota hosil bo’ladi.
O’simliklarda fotosintez jarayoni yashil barg hosil bo’lgach, oqsil sintezi tashqi muhit 
(tuproq) dan yutiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar 
jadal rivojlanib, tana qo’yadigan davrda o’zlashtiriladi. Ayni paytning o’zida 
oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi: yosh, o’sayotgan a’zolarda oqsil sintezi 
ustunlik qilsa, qari, o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq 
namoyon bo’ladi. 
Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida 
azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, 


685 
asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh 
a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakillanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar 
jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetiloyatgan urug’larga 
oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi.
Turli o’simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta 
o’simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh 
barglar) azotga boy bo’lib, poya va ildizlarda uning miqdori birmuncha kamdir.Azot 
bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir 
ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simlikning o’sishi keskin sekinlashadi. 
Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg’ayadi. Poyasi ingichka 
tortib, yaxshi shoxlanmaydi. Hosil organlarining shakillanishi, rivojlanishi va 
donning quyilishi yomonlashadi. Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o’simliklarda 
oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o’simlikning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, 
uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to’q yashil 
tusdagi barglar shakllanadi, o’sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojlanishi 
yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ortadi. Lekin o’sish 
davrida bir tomonlama, faqat azotli o’g’itlardan foydalanish hosilning pishib 
yetilishini kechiktiradi, o’sish organlari kuchli rivojlanib, o’simlikning “g’ovlab 
ketishi” ga sabab bo’ladi.
Oqsil miqdorini ortishi esa hosil sifatini yaxshilaydi, ammo azotli moddalar 
miqdorining ortishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, 
qand lavlagi o’suv davrining oxirida azot bilan mo’l oziqlantirilsa, ildizda ko’p 
miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to’planadi, ildizmevadagi qand 
miqdorini esa judayam kamaytirib yuboradi. Hosil sifati, shuningdek, qo’llaniladigan 
azotli og’it turiga ham ko’p jihatdan bo’g’liq. Chunki ammiakli azot bilan 
oziqlantirilgan o’simlik hujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot 
qo’llanilganda esa oksidlovchilik qobilyati kuchayadi.
O’simliklarda agrotexnologik jarayonlardan keyin qancha miqdorda azotli 
o’g’itlardan foydalanilanish quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
Agrofon 
Hosildorlik 
ga/ts 
Azot 
me’yori 
ga/kg 
Tuzatish 
koeffitsienti 
Azotning 
differentsiyyalangan 
me’yori ga/kg 
Makkajo’xoridan 
keyin 
30 
250 
1.2 
300 
Xaydalgan 
bedapoya 
30 
250 
0.6 
150 
Beda poya 
haydalgandan 
keyin ikkinchi 
yil 
30 
250 
0.8 
200 


686 
Bedapoyadan 
keyingi uchinchi 
va undan keyingi 
yillar 
30 
250 
1.0 
250 
D.N.Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o’simliklar hayotida 
ammiak hamda nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Lekin 
o’simliklarning ammiak yoki nitrat shakldagi azotni o’zlashtirishi qator ichki va 
tashqi omillarga, xususan, ekinning biologik xususiyati, uglevodlar bilan 
ta’minlanganlik darajasi, tuproq muhiti, mikro- va makroelementlarning mavjudligi 
bilan chambarchas bog’liq. 
Tuproq muhiti mo’tadil bo’lsa, o’simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga 
qaraganda yaxshi o’zlashtiradi, nordon muhitda esa, aksincha, nitrat shakildagi azot 
o’gitini oson o’zlashtiradi. Tuproqda kalsiy, magniy va kaliyning miqdori ko’p 
bo’lishi ammiak azotini, fosforning mo’lligi esa nitratlarning o’zlashtirishi uchun 
qulay muhit yaratadi. Tuproqda molibden tanqisligi nitratlarning qaytarilish xossasini 
sekinlashtiradi va o’simlikning ayni sharoitdagi azotni assimilatsiyalashini cheklab 
qo’yadi.
Urug’dagi azotning asosiy qismi (yalpi miqdorda 90% ga yaqini) oqsillar tarkibiga 
kiradi. O’simlik oqsilida 14-18%, o’rta hisobda 16% azot mavjud. Demak, urug’dagi 
azotning nisbiy miqdori oqsil miqdoriga bog’liq va uning taxminan 1/6 qismini 
tashkil etadi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’ida oqsil, binobarin azot miqdori ko’p, 
boshoqli ekinlar urug’ida esa nisbatan kam bo’ladi. 

Download 20,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish