Ключевые слова:
школа, здоровый образ жизни, физическая культура,
затвердеть, здоровое поколение.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin demokratik va erkin
huquqiy jamiyat barpo etish yo’lida mustaqil fikrlovchi, aqliy, ma’naviy-axloqiy va
jismoniy jihatdan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyati kun tartibidagi muhim
masalalardan biri etib tayinlandi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
674
qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi
mazmunida insonni intellektual va ma’naviy–axloqiy jihatdan tarbiyalash,
o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Sog’lom turmush kechirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya
va sportning ahamiyati katta. Bu borada A.K.Atayev, G.I.Bagdanov, V.I.Gluxov,
N.I.Muhammedov, M.T.Toirova, H.Q.Yo’ldoshev, T.Haydarov, F.Xo’jayev va boshqa
olimlarning tadqiqotlarida tavsiyalar berilgan. Masalan: ”Chunonchi, taraqqiy etgan
mamlakatlarda sog’lomlashtirishga asosan jismoniy tarbiya va sport omillari bilan
erishayotgani hech kimga sir emas. Demak, biz ham o’sib kelayotgan yosh avlodni
jismonan har tomonlama uyg’un kamol toptirish muqaddas burchimizdir”. [
F.Xo’jayev, T.Usmonxo’jayev ”Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari ”
T.’’O’qituvchi” 1996-yil.]
I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, insonni tashqi
muhit bilan chambarchas bog’langan deb tavsiflaydi. ”Jismoniy mashg’ulot faqat u
yoki bu muskullar guruhiga ta’sir qilmay, balki butun organizmga ta’sirini ko’rsatadi.
Modda almashinuvi yaxshilanadi, to’qimalar oziq moddalarni yaxshi o’zlashtiradi,
parchalangan moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Yurak chiniqadi va
yanada chidamli bo’ladi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug’ullanuvchilar tetik,
ruhan yengil, quvvatga to’lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo’ladi. Bolalik davridan
boshlangan chiniqish mashg’ulotlari ayniqsa foydalidir” deb ta’rif bergan edi.[Gluxov
B.I.Fizicheskaya kultura ifomirovaniye zdarovogo obraza jizni. Kiyev.1989.79-b]
Respublikada ’’Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida’’ qonunning qabul
qilinishi, ”Sog’lom avlod uchun” ordenining ta’sis etilishi sportni takomillashtirishda
ilk poydevor bo’ldi.
Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O’zbekiston jug’rofiya–
iqlim xususiyatlarini o’z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarni amalga oshirishdir. Agarda muntazam ravishda o’tkazilib turilsa, kutilgan
natijalarni beradi. O’zaro o’rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya
mashg’ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy
me’yorlarga aylanadi.
675
O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport
haqidagi qonunida O’zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash
va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari
shart, degan fikr ta’kidlanadi.
Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy mavzu sifatida shaklanishiga tor
ma’nodaqaramaslik lozim. Chunki u turmush-tarzining asosiy qismi, millat salomatligi
ta’minlovchi tizimdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so’glomlashtirish faoliyatining yana bir
jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo’lgan barcha
shaxslarning o’zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir.
Bu sohada ”Sog’lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar” o’yini
”O’quvchilar spartakiadasi”ga keng o’rin berilgan.
Tarixiy manbalarga qaraganda, o’zbek xalqining milliy sport va milliy o’yinlari
aholini yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo’lgan va kishilarni faol, sermahsul
ishlashga tayyorlagan.
Bunday milliy o’zbek o’yinlarining umumiy miqdori mingdan kam emas. Bu
o’yinlarni izlab topish, o’rganish va xalq orasida o’quvchilarga mashg’ulot davomida
yangidan targ’ib qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko’tarishga, sog’lom
turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini
chuqurlashtiradi. Zero milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga
dahldor bo’lib, ularni yig’ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog’lom avlodni
tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir. Xalq harakatli o’yinlari, milliy sport turlari
asrlar davomida davrlarga mos ravishda takomillashib kelgan.
Xuddi shuningdek ”Oq terakmi ko’k terak”, ”Mushuk va sichqon”, ”Chillak”, ”Tosh
o’yini”, ”Ot o’yini”, ”O’ningni top”, ”Quvnoq g’ozlar” kabi milliy o’yinlar
o’quvchilarni chaqqon, epchil, dovyurak bo’lib yetishishiga xizmat qiladi. Shuni ham
aytish kerakki, o’yinning boshqa tarbiya usullaridan ustunligi bolalarning hamkorligini
oshiradi.
676
O’quvchilarni chiniqtirishda har bir mashg’ulotning o’z oldiga qo’ygan maqsad
vazifalari belgilab olinadi va o’quvchilarni unga yetishish uchun harakat ko’nikmalari
shakllantirib boriladi. Masalan, ”Arqon tortish”o’yini. Bu o’yinda bolalar o’zlarining
kuchini sinab ko’rib, naqadar sog’lomligini sinab ko’rishadi, shuningdek, ularning
g’alaba qilish uchun qat’iy harakat qilishga rag’bati oshadi. Tortishuv jarayonida sabr-
chidamli bo’lish ko’nikmalari ortadi. Qolaversa o’yin vaqtida bolalar fikrlashadi.
Yengilayotgan guruh a’zolari oyoqlarini tirab, kuchlarini to’plab olish va birdamlik
bilan harakat qilishga o’rganadilar. Bunda o’quvchilarni:
__sabr chidamga o’rgatish;
__o’z-o’zini boshqarishga o’rgatish;
__bolalarni fikrlashga o’rgatish;
__hozirjavob bo’lishga tayyorlash;
__o’yin davomida birdamlik va hamdardlikka o’rgatish;
__jamoa bo’lib harakat qilishga o’rgatish va shu kabi ko’nikmalar tarkib toptidiriladi.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o’z davrida badantarbiya bilan tana salomatligini
yaxshilash va mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig’ bo’lish va
boshqa hollarda keng foydalanish masalasini ko’p marta uqtirgan hamda asarlarida
ifodalangan. Shuning uchun Abu Ali ibn Sino ” Kishi salomatligida yugurmasa,
kasalligida albatta yuguradi” yoki ’’Mashqlar bilan mo’tadil shug’ullangan kishi hech
qachon dori – darmon ichishiga hojat qolmaydi”– deb bejiz aytmagan. Yoki ”Men
qoldirib ketayotgan zo’r tabiblardan biri -tozalik, ikkinchisi –parxez, uchinchisi–
badantarbiya, qolganlari–mijoz bilan kayfiyatdir”-deb yozib qoldirganlar. Olima
Kuindji N.N darslarida jismoniy tarbiya daqiqalarini albatta o’tkazish zarurligini
uqtiradi, chunki bunda o’quvchilarning markaziy nerv tizimin hamda partada uzoq
o’tirishi sababli statik taranglashgan skelet mushaklar dam olishi ta’minlanadi. [ Kunji
N.N ]
Xulosa qilib aytganda ta’lim–tarbiya muassasalarida o’quvchilarning kasalliklarga
chalinishining oldini olish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy
omillarni ko’rsatib o’tamiz:
677
___ o’quvchilarni sog’ligini ekologik va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda
chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish;
__ kasallikka qarshi va sog’lomlashtirish tadbirlarini uzviy va izchil holda o’tkazish;
__ sog’lomlashtirishga muxtoj o’quvchilarni sog’lomlashtirish muassasalariga
yuborish;
__ o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda pedagog va
tarbiyachilarning tibbiy–gigiyenik bilimlarini yetarli bo’lishini ta’minlash;
__ sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishda tibbiyot xodimlari, ota–onalar bilan
hamkorlikda ish olib borish;
__ ota–onalar va pedagoglar tomonidan o’quvchilarning kun tartibini to’g’ri tashkil
etishni nazorat qilish.
__ o’quvchilarning sog’lom ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor berish
Zotan kelajak, yosh avlod qo’lida ekan, ularning salomatligiga raxna soluvchi har
qanday muammolar kechiktirilmay o’z vaqtida hal etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |